Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


Ikkinchisi – evolyutsion yondashuv



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ikkinchisi – evolyutsion yondashuv
bo‘lib, unga ko‘ra, axloq avvaliga 
primitiv shaklda paydo bo‘lgan va keyinchalik turlicha ko‘rinish olib, murak-
kablashib borgan; turli davrlarda yashagan insonlarning maqbul ijtimoiy muno-


110 
sabatlar haqidagi qarashlarini (istak va idealini) o‘zida ifodalab kelgan 
me’yorlardir. Bu o‘rinda me’yorning axloqiyligi uning ijtimoiy munosabatlarni 
qanchalik to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘ya olgani, insonlarning o‘zaro hamkorligini 
ta’minlay olgani bilan belgilanadi. Axloq me’yoriy xarakterda bo‘lgani bois, 
kishilar xatti-harakatiga ta’sir etib uni yo‘naltirib tursa-da, vaqti-vaqti bilan sharoit 
yetilgach, o‘zi ham o‘zgara boshlaydi. 
Kichik jamoalar kattalashib, urug‘lar, qabilalar, davlatlar paydo bo‘lishi, 
ishlab chiqarish va iste’mol munosabatlarining murakkablashuvi insonlarni yangi 
sharoitga moslashishga majbur qilgan. Avvaliga o‘z tug‘ishganlari bilan aloqa 
qilgan inson begonalar bilan to‘qnash kelgach, o‘z-o‘zidan yangicha me’yorlar 
shakllanadi. Sharoitga moslashuv esa axloqiy me’yorlarga ta’sir etmay qolmaydi, 
albatta. Bunda, ayniqsa, islohotchi hukmdorlar, faylasuflar va yangi vujudga 
kelgan dinlar muhim rol o‘ynagan. Sharoit pishib yetilgach, avvalgi qarashlar 
axloqsizlik deb baholangan va yangicha qadriyatlar kuchga kirgan. Axloqni 
vujudga keltirgan omil insondagi jamoaviylik va ayni shu jamoaviy tartibotga 
bo‘ysunib yashayotgan insonlarning turmush sharoiti, ehtiyojlaridir. Insonlardagi 
jamoaviylik esa boshqa jamoaviy jonzotlarda bo‘lgani kabi tabiiy yo‘sinda vujudga 
kelgan. Axloqni o‘zgartiruvchi ham yana sharoit va ehtiyojdir. Zero, bir muhitda 
ijobiy samara bergan me’yorlar, o‘zga muhitda regressiv ta’sir etishi, ijtimoiy 
munosabatlarning ildamlashiga xalal berishi mumkin. Tarixda bu kabi hollar ko‘p 
bo‘lgan, me’yorlarni mutlaqlashtirib, ularga ilohiy tus bergan, sharoitga moslasha 
olmagan xalqlar yo‘q bo‘lib ketgan yoki boshqa xalqlarga qaram va qul bo‘lib 
qolgan. Islohotchilar – o‘sha sharoit va ehtiyoj talabining ifodachisi, o‘zi yashab 
turgan muhitning mevasi, xolos. 
Yangicha me’yorlar ham vaqt o‘tishi bilan eskira boradi. Bu bilan barcha 
me’yorlar birdek o‘zgarishga uchraydi, demoqchi emasmiz. Ba’zi me’yorlar turli 
sharoitlarga nisbatan umumahamiyatliligi bilan uzoq yashaydi. Masalan, yolg‘on 
gapirmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik haqidagi me’yorlar madaniy va iqtisodiy jihatdan 
turlicha rivojlanish darajasiga ega barcha jamiyatlar uchun birdek zarur. Ya’ni 
hozirgacha birorta jamiyatda bu kabi me’yorlar regressiv ta’sirga ega bo‘lmagan. 
Biroq boshqa me’yorlar ham borki, umri u qadar uzun emas. Masalan, 
qachonlardir hukmdorlar, diniy rahnamolar-u avliyolarni tanqid qilish axloqsizlik, 
hatto jinoyat sanalgan. Biroq ilm-fan taraqqiyoti, demokratik va ochiq jamiyatning 
vujudga kelishi so‘z erkinligi, tanqidiy va xolis tafakkur ahamiyatini ko‘rsatib 
berdiki, endi yuqoridagi kabi me’yorlarga amal qilish jamiyatda turg‘unlikni 
vujudga keltirishi oydinlashib qoldi. Xudolarga insonni qurbon qilish, irqchilik va 
quldorlik o‘z vaqtida axloqan neytral xatti-harakat sanalgan bo‘lsa, bugun – 
mutlaqo aksi. Ayollar huquqlari, o‘zga din va til vakiliga teng munosabatni talab 
qiluvchi me’yorlarni inkor etuvchilar soni ozayib bormoqda. Vaholanki, bu kabi 
me’yorlar qadimda o‘z qavmiga xoinlik va munofiqlik sanalgan. 
Nafaqat axloqiy me’yorlar, shu bilan birga axloqiy qadriyat va tushunchalar 
ham o‘zgaradi, ayrimlari qadrsizlanadi, yana qaysidir birlari yangicha talqin 
qilinadi. Yoki turli qadriyatlarning ahamiyati bir-biriga nisbatan oshib yoki 
kamayib turadi. “Qahramonlik”, “vatanparvarlik”, “xiyonat” kabi tushunchalar 


111 
hamma zamon va hamma makonda doim bir xil tushunilmagan. Qaysidir davrda 
harbiy qahramonlik deya olqishlangan harakatlar boshqa bir davrda jinoyatga 
tenglash-tirilgan. Qachonlardir dushmanni butkul qirib tashlash vatanparvarlik, 
jasorat hisob-langan. Vaqt o‘tib urushga munosabat o‘zgarishi bilan bu kabi 
harakatlar urush jino-yati deb atala boshladi. Umuminsoniy qadriyatlar, jumladan, 
dini, millati, irqidan qat’iy nazar, barcha insonlar teng qadr-qimmatga egaligi 
haqidagi axloqiy tushun-chalar shakllangach, juda ko‘p qahramonliklar genotsid, 
qatliom nomini oldi. Hatto vatanparvarlikning o‘ziga-da istehzoli munosabat 
mavjud. 
Shularni hisobga olib, axloqni zamonga muvofiq o‘zgarib boruvchi dinamik 
hodisa deyish mumkin. Doim shunday bo‘ladi deb bashorat qilish fikridan 
yiroqmiz. Ammo bugungacha bu jarayonni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmagan. 
To‘xta-tishga qattiq bel bog‘lagan millatlar tanazzulga uchragan yoki taslim 
bo‘lgan. Bu kabi o‘zgarishlar, hatto eng konservativ kuch sanaluvchi dinda ham 
kuzatiladi. Bu ko‘pincha diniy matnlarni qayta talqin qilish yo‘li bilan amalga 
oshiriladigan, zid-diyatli, mo‘tadil va radikal diniy jamoalar o‘rtasida mojarolarga 
sabab bo‘luvchi jarayondir. Radikallar asta-sekin kamayib boradi va kamaygani 
sari yanada radikal-lashib, qat’iy choralar ko‘rish yo‘liga o‘tadi. Bu jarayon 
bugunning hodisasigina bo‘lmay, insoniyat shunday o‘zgarishlarni ko‘p bora 
boshdan o‘tkazgan. Radikallar aksar hollarda yengilgan, yengib chiqqanda esa 
butun qavmini turg‘un holatga tushi-rib, o‘zga xalqlarga qaram qilib qo‘ygan. 
Qachonlardir sha’niga sal nojo‘ya so‘z aytganlar ham o‘limga hukm qilingan 
Mitra-yu Yupiterlardan miflargina qolgan, xolos. Holbuki, ayni shu e’tiqod himo-
yasi yo‘lida yangi paydo bo‘layotgan dinlarning ming-minglab vakillari, masalan, 
nasroniylar ta’qib qilingan, o‘ldirilgan. Xristianlik hukmron bo‘lgach, avvalgi din 
vakillari quvg‘in qilingan, o‘ldirilgan. Atigi uch-to‘rt asr avval millionlab insonlar 
yostig‘ini quritgan, qanchadan-qancha hurfikrli insonlarning o‘tda yonishiga sabab 
bo‘lgan e’tiqodlar bugun komik aktyorlarning sevimli predmetiga aylanib qoldi. 
Bugungi islom olamidagi janjallar, shia-sunniy xunrezliklari, yosh bir ayolni 
o‘rtaga olib toshbo‘ron qilib o‘ldirayotgan erkaklarni ko‘rganimizda, bir narsa 
xayolga keladi: eskicha me’yorlar yangi sharoitga moslasha olmayapti. Zero, 
me’yor hech qachon o‘zgarmaydi, o‘zgarmasligi ham kerak deydigan o‘jar bir toifa 
bor. 
Bu yerdagi muammo axloqning dinamik, o‘zgaruvchan xususiyatga ega 
feno-men ekanini hisobga olmaslikdadir. Yechim esa, bizningcha, axloq tabiati va 
uning vujudga kelishiga doir an’anaviy teologik tasavvurlarni isloh qilish, bunda 
antro-pologiya, biologiya, evolyutsion psixologiya, tarix va sotsiologiyada 
to‘plangan inson tabiati va ijtimoiy o‘zgarishlarga doir faktlarni hisobga olish 
kerak. Tabiat, biz istaymizmi-yo‘qmi, o‘z hukmini o‘tkazadi. Istak va imkon doim 
ham muvofiq ke-lavermaydi. Ushalishi imkonsiz istak – xayolparastlik, ushalishi 
fojialarga sabab bo‘luvchi istak esa – yovuzlikdir. 
Shu o‘rinda axloqdagi progress bilan odamlarning axloqiy me’yorlarga amal 
qilishi boshqa-boshqa masala ekanini yana bir bor ta’kidlash joiz. Axloqiy 
progress axloqiy me’yorlarning umuminsoniylashuvi, jamiyatning mavjud holatiga 


112 
yanada muvofiqroq kelishi bilan belgilanadi (Axloqiy progressni axloqning 
sharoitga adap-tatsiyasi, deyish ham mumkin). Odamlarning qanchalik axloqqa 
muvofiq harakat qilishini aniqlash esa juda mushkul. Biz odamlarning axloqli yoki 
axloqsizligi haqida hukm chiqarar ekanmiz, doimo o‘z tushunchamizdagi axloqiy 
me’yorlarga tayanamiz. Konservativ axloq tarafdori bo‘lgan odam uchun 
axloqsizlik bo‘lib ko‘ringan amal isloh qilingan yoki o‘zgacharoq axloq 
me’yorlarini dastaklaganlarga boshqacha tuyulishi mumkin. Bugungi inson 
qilayotgan ishlarni besh asr avval va besh asr keyin yashaydigan odam mutlaqo 
farqli baholashi tayin. Chunki ular axloq evolyutsiyasining turli bosqichi va turli 
miqyosidagi jamoa a’zosidir. 
Yuqorida bildirganimiz fikrlar yangilik emas. Yangi-yangi antropologik 
ma’-lumotlar, sotsiobiologiya va evolyutsion psixologiya sohasidagi tadqiqotlar va 
bunga qo‘shimcha insoniyat tarixiga doir faktlar shunga dalolat qiladi: axloqiy 
tushuncha va qadriyatlar bir vaqtda, bir avlod hayoti davomida vujudga kelmagan, 
aksincha, tadrijiy rivojlangan, o‘zgargan va o‘zgaradi. O‘tmishda – “oltin davr”da 
insonlarning hozirgidan olijanobroq, odilroq, bizdan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgani 
haqidagi tasavvurlar esa ishonarli emas.
Shunday qilib, axloq-oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. Ya’ni axloq-
ning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab-avaylab, taraq-
qiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji 
bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish