Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

teologik yondashuv.
Ushbu yondashuvga ko‘ra, axloq qachonlardir ilohiy kuch tomonidan insonlarga 
tushirilgan (o‘qitilgan, xabari berilgan) va u hukmi oliy irodasini ifodalagani bois 
o‘zgarmasdir. Ular turli muqaddas kitoblarda yozib qo‘yilgan. Ijtimoiy tartib-
intizom, kishilar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar o‘sha ilohiy me’yorlarda 
ko‘rsatilgan. Basharti bu ilohiy me’yorlar bo‘lmaganda edi, jamiyat ham, undagi 
batartib munosabatlar ham yuzaga kelmasdi. Ularsiz ijtimoiy adolat, kishilarda 
mas’uliyat va burch tushunchalari bo‘lmas, o‘g‘irlik, odam o‘ldirish, insest avj 
olar, inson insonga bo‘ri bo‘lib qolardi. Ushbu yondashuv xatti-harakatning 
axloqlilik darajasini insonning fitrati, yaratilishdan maqsadiga ko‘ra baholaydi. 
Inson nima maqsadda yaratildi va u qanday yashasa, o‘sha maqsadga xizmat qilgan 
bo‘ladi? Bu savolga ilohiy ko‘rsatmalar javob beradi. Ilohiy ko‘rsatmani faqat va 
faqat ilohiy ko‘rsatma bekor qilishi mumkin, aslo inson emas. Demak, axloqning 
mehvari – inson va uning aqli emas, ilohiy ko‘rsatmadir. 
Ushbu yondashuv, garchi sodda, tushunilishi oson, ommalashishi qulay 
bo‘lsa-da, ayrim faktlarni izohlashga ojiz. Masalan, jamoa bo‘lib yashovchi turli 
jonzotlar ham muayyan tartib asosida kun kechirishi, ov qilishi, bolasiga 
g‘amxo‘rlik qilishi, erkak va urg‘ochilari o‘rtasidagi munosabatda aniq tartibot 
borligi, 
tashqaridan 
qaragan 
kuzatuvchida 
ular 
aniq 
me’yorlarga 
bo‘ysunayotgandek taassurot uyg‘otishi sababini izohlab bera olmaydi. Yirtqich 
bo‘rilar o‘rtasidagi iyerarxik munosabatlarni olaylik, to‘da a’zosining xatti-
harakatiga qarab uning mavqeyini bilish mumkinligi hayratlanarlidir. Jamoa bo‘lib 
yashovchi primatlardagi tartibni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Ularda ham 
insonnikidek aql bo‘lganda, o‘z tartibotlarini kodifikatsiya qilishi mumkin 
bo‘larmidi? O‘sha hayvonlarga ham Xudo ilohiy kitoblar orqali axloqni 
o‘rgatganmi? Qanday qilib? Nega ularning “axloqi” biror yerda yozib qo‘yilmagan 
bo‘lsa ham, barchasi muayyan tartibga muvofiq yashaydi? Aksariyatimiz buning 
sababi – instinkt, insonga esa aql berilgan, qabilidagi javoblarni aytamiz. Nahotki, 
hayvonlarni bir tartibda, hech qanday yozilgan me’yor va ta’limotlarsiz uyushib 


109 
yashashini ta’minlayotgan o‘sha instinkt insonda bo‘lmasa? Yozuv u yoqda tursin, 
hatto til rivoj topmagan davrda ham insonlar uyushib, to‘da bo‘lib yashagan. Inson 
hali inson bo‘lmasdan avval ham jamoaviy jonzot edi. Jamoaning mavjudligi 
o‘zaro batartib munosabatlarni taqozo qiladi. Ehtimol, allaqachon shakllanib 
bo‘lgan, instinktiv asosda bir izga tushib olgan munosabatlar keyinchalik 
me’yorlar ko‘rinishini olgandir? Vaqt o‘tishi bilan bu me’yorlarning manbayi 
haqida bosh qotirgan inson ularni, deylik, ilohiy deb talqin qilgandir? 
Albatta, ushbu masalaga teologik yondashuvning turlicha variantlari bor. 
Masalan, Xudo insonga muayyan tartib asosida jamoa bo‘lib yashash qobiliyatini 
bergan (boshqa jonzotlarga ham), axloqiy me’yorlar esa o‘sha tartibotning aqlan 
anglanishi oqibatida tadrijiy vujudga kelgan deyilsa, yuqorida keltirilgan fakt buni 
inkor qila olmaydi. Chunki bunda antropomorfik unsurlar kamayadi va axloqning 
tadrijiy takomili ehtimoli tan olinadi va ayni damda ushbu jarayonga ilohiy 
“aralashuv” ham inkor qilinmaydi. Ammo ustoz shogirdiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgani 
kabi Xudo insonga axloqni bus-butun holida o‘qitgan degan tasavvur axloqiy 
me’yorlardagi o‘zgarishlar faktini izohlab bera olmaydi. Shu nuqtayi nazardan, 
axloqning vujudga kelishi haqidagi teologik yondashuvlarning barchasini butkul 
inkor qila olmasak-da, muayyan tur teologik tasavvurlarni rad etishimiz mumkin 
(dinda antropomorfizm to‘liq tugatilmaguncha, fan va din, falsafa va din 
o‘rtasidagi ziddiyat barham topishi dushvor.) 
Axloqning kelib chiqishiga doir teologik yondashuvning yana bir zaif 
nuqtasi axloqiy me’yorlar Xudoning amri ekani bilan bog‘liqdir. Xudo o‘g‘irlik 
qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik, odam o‘ldirmaslikni amr etadi. Shu bois, bular 
axloqning tamal me’yorlaridir. Savol tug‘iladi: Xudo amr qilgani uchun o‘g‘irlik 
qilish, yolg‘on gapirish, odam o‘ldirish yomonmi yoki bu qilmishlar yomon 
bo‘lgani uchun Xudo ulardan tiyilishni amr qilganmi? Boshqacha aytganda, X 
qilmishning o‘zi yomon bo‘lgani uchun Xudo undan qaytarganmi yoki Xudo 
qaytargani uchun X qilmish yomonmi? Agar Xudo amr qilgani uchun X qilmish 
yomon desak (teologik volyuntarizm), basharti amr qilmaganda, yomon 
bo‘lmasmidi? O‘g‘irlik qilish, odam o‘ldirish mumkin bo‘larmidi? Agar ikkinchi 
versiya to‘g‘ri – X qilmish tabiatan yomon bo‘lgani sababli Xudo uni taqiqlagan 
desak, uning tabiati yomon yoki yaxshiligi nimaga bog‘liq? degan savol tug‘iladi. 
Agar biz ma’lum bir qilmishning nima uchun yomonligi ustida tafakkur qilsak
tabiiyki, bunga ratsional yechim qidira boshlaymiz. Masalan, yolg‘on gapirish 
jamiyatdagi o‘zaro ishonchni yo‘q qiladi, o‘zaro ishonch yo‘qolsa, jamiyat ham 
barham topadi. Inson jamiyatdan ayro – yolg‘iz yashay olmaydi, yashash uchun 
kurashda mag‘lub bo‘ladi, insoniyat qirilib ketadi va hokazo. Bundan axloq va 
axloqsizlikni farqlash uchun aqlning o‘zi kifoya, din shart emas, degan xulosa 
chiqib qoladi. Savollar ko‘p. Bu borada chuqurlashish esa ko‘pchilikda norozilik 
tug‘diradi. An’anaviy teologik yondashuv insoniyat evolyutsiyasi va tarixiga doir 
faktlarni tizimli tarzda, ishonarli izohlab bera olmaydi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish