Oson arab tili



Download 428,52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.05.2020
Hajmi428,52 Kb.
#56007
Bog'liq
OSON ARAB TILI 1-DARS



OSON ARAB TILI 

1-DARS 


ميحرلا نمحرلا الله مسب 

SAVOL:  Dunyoning qaysi tili eng oson til hisoblanadi? 

Savolning javobi oddiy- ARAB TILI 

Buning isboti uchun sizga aqliy hamda naqliy dalil berish mumkin. Dalillar 

Qur’ondan ham bo’ladi (naqliy dalil). Tajribalardan ham bo’ladi (aqliy dalil).  

 

Naqliy dalillar 



Alloh taolo Qur’oni Karimning bir necha yerida shunday marhamat qiladi:  

 

 ِرْكِ ذلِل َنآ ْرُقْلا اَن ْرَّسَي ْدَقَل َو 



 

Darhaqiqat, biz Qur’onni zikr uchun oson qildik. 

Ya’ni  “zikr  uchun  oson  qildik”  degani  yodlash  uchun  oson  qildik,  tilovat 

qilish uchun oson qildik, tushunish uchun oson qildik, tadabbur qilish uchun oson 

qildik deganidir.  

Shu yerda Alloh taolo Qur’oni Karimni oson qilganligini ifoda qilish uchun, 

qayta-qayta ta’kidlaydi.  

Qanday?  “LAQOD”  kalimasidagi  “LA”  –  "albatta"  ta’kid  uchun,  “QOD”- 

"albatta", bu ham bir ta’kid uchun. "

 

اَن ْرَّسَي " – "oson qilib qo'ydik" o’tgan zamonda bu 



ham  bir  ta’kid,  ya’ni  Qur’oni  Karim  zikr  uchun,  yodlash  uchun,  tilovat  uchun, 

tadabbur qilish uchun oson. Oson ekani uch marta ta’kid bilan kelgan. Alloh taolo 

Qur’oni  Karimni  oson  qilib  qo’ydik  deganidan  keyin,  kim  ham  Qur’oni  Karimni 

qiyin deya oladi. 

Boshqa bir oyatda Alloh taolo marhamat qiladi: 

 



 َنوُلِقْعَت ْمُكَّلَعَّل اًّيِب َرَع اًنآ ْرُق ُهاَنْل َزنَأ اَّنِإ 

 

Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik, shoyadki aql ishlatsangiz. 



Alloh  taolo  yuqoridagi  oyatda  "Qur’onni  oson  qildik",  dedi  va  o’sha  oson 

bo’lgan Qur’onni arabchada nozil qildik dedi. Mantiq ilmidan, logikadan oz bo’lsa 

ham  xabari  bo’lgan  do’stlarimiz  bilishadiki,  ikki  jumladagi  takrorni  tushirib 

qoldirsak,  natija  kelib  chiqadi.  Shunga  binoan  ikki  oyatdagi  takrorlangan  qismni 

tushurib qoldiramiz. Ya'ni Alloh taolo Qur’onni oson qildi, ana o’sha oson Qur’on 

arab tilida nozil bo’ldi. Demak, arab tili oson tildir. 

 

Aqliy dalillar 



Endi  tajribaga  to’xtaladigan  bo’lsak.  Avvalo  yozuv  haqida  gaplashaylik: 

Masalan,  hozirda  o’zbek  tilida,  ham  kirill,  ham  lotin  alifbosida  yozuvlar  davom 

etyabdi. Misol uchun “A” harfini olaylik. Kirillda “A” harfining kattasi ham bor,   

kichkinasi ham. Boshida, o’rtada va oxirida yozilishi har xil. Bosmasi va yozmasi 

ham har xil. Boshqa tillarni oladigan bo’lsak, masalan, hind tilidagi “A” judayam 

qiyin. Lekin arab tilidagi “A” qanday ifodalanadi, judayam oddiy {alif-ا} deyiladi, 

va  yozilishi  juda  ham  oson.  Katta-kichigi  yo'q.  Har  qanday  holati  deyarli  bir  xil. 

O'zingiz  yozib  ko'ring.  Qani?  Qaysi  biri  oson  ekan?  Kirill,  lotin  yoki  boshqa 

tillardagi “A” mi yoki arab tilidagi “A”mi? Qaysi birining yozilishi oson? Albatta, ” 

ا” ning yozilishi oson. 

Yana  bir  dalil:  birgina  "Alif"  bilan  “A”,”I”,”U”  unlilarning  hammasi  ifoda 

qilinadi. Lekin, o’zimizning o’zbek tilida “A” alohida, “I”  “U” “O“ “E” alohida 

ifoda qilinadi. Boshqa tillarda esa masalan, turk tilida birgina unlilar uchun ularning 

“İ” ham bor “I” si ham bor.  Yumshoq va qattiq unli alohida-alohida ifoda qilinadi. 

Lekin arab tilida juda ham oson.  

 



Arab tili alifbosi 

Arab tilinig alifbosiga keladigan bo’lsak, alifboda 28 ta harf bor: 

 

ظ ط ض ص ش س ز ر ذ د خ ح ج ث ت ب ا



 

ى  ه و ن م ل ك ق ف غ ع

 

 

Bu 28 ta harfni men sizlarga juday ham oson tushuntirishga harakat qilaman. 



28 ta harfning nuqtalarini olib tashlaylik. Nuqtalarni olib tashlasak 28 ta harf 18 taga 

tushib  qoladi.  Bor  yo’g’i  18  ta  qoladi.  Qanday?  ا-  bir,  ث  ت  ب-  uchalasi  ham  bir 

shaklda ifoda qilinadi,   خ ح ج bir shakl bilan ifoda qilinadi ذ د  bir shakl bilan ifoda 

qilinadi ز ر bu ham bitta,ش س bu ham bitta, ض ص  bu ham bitta,  ظ ط bu ham bitta, 

غ ع bu ham bitta shakl bilan ifodalanadي ه و ن م ل ك ق ف  bular bilan 18 ta harf. 

Alifbodagi harflarning nuqtalari keyinchalik qo’yilgan.  

Grammatikaga  keladigan  bo’lsak,  darsimizning  davomida  grammatikani 

qanchalik osonligini inshaalloh bilib boramiz. 

Keyingi darsimizning savoli?- Qur’oni Karimda nechta so’z kelgan? 

 

 



Download 428,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish