Axloqiy xulq-atvor ichida burch, vijdon, qadr-qimmat, nomus
kabi tu-
shunchalar muhim kasbiy ahamiyatga ega bo‘lib, uni axloqiy jihatdan
baholashdagi muhim xususiyatlarga e’tiborni qaratamiz. Bunda muhim mezoniy
tushuncha ‒
burch
dir. Burch mohiyatiga ko‘ra, jamiyat, davlat va shaxslarga
nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida
aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam
bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch
tushunchasi ‒ burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi,
fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng
qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi, ijtimoiy ish xodimi burchi kabi kasbiy
odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri ‒ uning vaqt va
jamiyatda muayyanlashish xususiyatidir. Chunonchi, bir tuzum yo jamiyatda ijobiy
hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no
kasb etishi mumkin. Sobiq Sho‘rolar fuqarosining o‘sha davrdagi mavjud tuzum
oldidagi burchi hozirgi kunda o‘ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin
misol bo‘la oladi.
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, ya’ni yagona mafkura
hukmronlik qilgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojiaviy
hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday
jamiyatlar a’zolarining ko‘pchiligi oqni – qora, qorani – oq deb qabul qiladilar.
Buni umum-bashariy va milliy qadriyatlarni oyoqosti qilgan beshafqat sho‘rolar
sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz
minglab, hatto millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida
vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat qurilishida totalitarchilikka yo‘l
qo‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolari tomonidan burchning noto‘g‘ri tushunilishiga va
buning oqibatida ba’zi hollarda beixtiyor, omilik tufayli, ba’zan esa ixtiyoriy-
majburiy tarzda yuz beradigan omma-viy axloqsizlikka olib keladi.
Shunday holatlar ham bo‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina mayl-
istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni huzur-halovatdan, turmush lazzatlaridan
mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida,
uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat
oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor bo‘ldi: uni
mustamlaka-chilar, avval aytganimizdek, mamlakat hududidan chiqarib yuborib,
qayta kiritma-dilar. Furqat xorijda vafot etdi.
Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan sevgan kishisidan,
hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga ham majbur bo‘ladilar.
Xullas, burch axloqshunoslik mezoniy, o‘lchov tushunchalari ichidagi eng “qattiq-
qo‘l”, eng “shafqatsizi”.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |