ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Special issue
| 2022 "Challenges and Solutions of Modern Linguistics"
Analytical Journal of
Education and Development
194
OILADA KOMIL INSON TARBIYASI
Sattorova Mahliyo Dilmurod qizi, Xayrullayeva Marjona Xayrulla qizi
Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi
Annotatsiya:
Oila borki jamiyat rivojlanadi, yaxshi va oqil farzandlar tarbiyalanadiki
davlat yanada yuksalaveradi.Bu maqola orqali oilada shakllanayotgan ijobiy muhit va oila
tarbiyasining bolaga va jamiyatga qanchalik ta`sir etishini ko`rishimiz mumkin bo`ladi.Komil
insonni tarbiyalash – umumbashariy g`oya. Yani, bu –jami odamzodga xos orzu. Lekin buni
amalga oshirishda har bir xalq ozining milliy xususiyatlari,anana va qadriyatlaridan kelib
chiqadi. Shuning uchun har bir xalqning o`zi intiladigan komillik timsollari bo`ladi. Siz
kitoblarda o`qigan Alpomish, Barchinoy,Farhod, Shirin, Kenja botir kabi qahramonlar xalqimiz
tasavvurida yaratilgan barkamol siymolardir. Ular xalqning oz farzandlarini mard, pahlavon,
qo`rqmas sog`lom mukammal qilib tarbiyalash yo`lidagi orzularni ifodalaydi. «Mendan eng
katta boylik nima deb so'rashsa, bilimli, aqlli, odobli, ertangi kunini o'ylaydigan farzand ota-
onaning eng katta boyligi deb aytgan bo'lar edim, - deydi Prezident I.Karimov
Kalit so’zlar:
tarbiya, oila, farzand, jarayon, turmush, ijobiy muhit, inson, ma`rifat,
qarindoshchilik, muammo.
Oila tarbiyasi - bu umumiy ijtimoiy tarbiya jarayonining shunday bosqichiki, u insonning
keyinchalik butun umri davomida oladigan ma'rifat
va hayot saboqlari uchun asos, zamin,
poydevor vazifasini o'taydi. Oila tarbiyasi ota-ona va farzandlar, shuningdek, bir necha avlodga
mansub shaxslarning o'zaro qon-qarindoshchilik munosabatlari asosiga quriluvchi o'ziga xos
betakror ma'naviy-ruhiy jarayondir. Oila tarbiyasi bir umr davom etadigan uzluksiz jarayon
sifatida - ijtimoiy tarbiyaning bir turi bo'lib, oilaning barcha a'zolari unda faol ishtirok etadilar,
bir-birlariga o'z bilim, tajribalarini o'rgatadilar. Oilada shakllanadigan farzandlik, aka-uka, opa-
singillik ikki tirik vujudning, ikki olamning o'zaro ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olamdir.
Ittifoq iborasida,
shubhasiz, ahillik, totuvlik degan ma'nolar ham mujassam bo'lib, agar oila
chindanda tinch-totuv, ahil bo`lsa, oilaviy turmush mustahkamlanib boraveradi. Aks holda
turmush-do'zaxga
aylanadi, er va xotin bir-biriga adovatli raqiblarga aylanib, farzandlar taqdiri
va tarbiyasini mavjud bir holatga olib kelib qo'yadi, qarindosh-urug'chilik munosabatlariga putur
yetkazadi. Natijada jamiyatga moddiy va ma'naviy zarar yetadi.
Farzand – inson hayotining mazmuni, nasl-nasabini
davom ettiruvchisi, oilaning mustahkam
zanjiri. Yaxshi, solih farzand – ota-onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yеtkazuvchi
dilbandi. Farzandlar «jannat rayhonlari» dеb tavsiflanishi bеjiz emas.
Ammo u odobli, yaxshi
fazilatlar sohibi, itoatkor va qobil bo'lgandagina ota-onasiga rahmat va baxt-xursandchilik
kеltiradi. Buning aksi bo'lishidan Alloh saqlasin! Oila qurish va solih farzandlar ko'rishni orzu
qilmagan inson bo'lmasa kеrak. Farzandingizning yaxshi, odobli,
mеhnatsеvar, sog'lom bo'lib
o'sishi ko'p jihatdan onasiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun dinimiz ko'rsatmalarida bo'lg'usi
kеlinni tanlashga alohida e'tibor qilinadi. Kеlajakda tug'ilajak farzandlarga munosib ona tanlash
haqida farzand hali tug'ilmasidan qayg'uriladi. Oysha onamizdan (roziyallohu anho) rivoyat
qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): ―Farzandlaringizga munosib onani
ixtiyor qilinglar‖, dеganlar.