Pravoslav cherkovlari diniy atributlari Reja



Download 22,29 Kb.
bet1/3
Sana17.10.2022
Hajmi22,29 Kb.
#853578
  1   2   3
Bog'liq
Pravoslav cherkovlari diniy atributlari Reja


Pravoslav cherkovlari diniy atributlari

Reja:


  1. Pravoslav oqimi haqida

  2. Pravoslav oqimi bayramlari

  3. Pravoslav cherkovining asosiy xususiyatlari

Xulosa

Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u erdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta`limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta`limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi.
Cho’qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.
Badanga eleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun episkopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin.
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Ottsovskiy den»dan avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan.
Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Iso tug’ilishi, Sretenie, Isoni cho’qintirish, Preobrajenie, Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troitsa Muqaddas butning osmonga ko’tarilishi, Blagoveshanie (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogoroditsi (Isoning xochga osilishi) va hakozo.
X asr o‘rtalarida nasroniylik katolitsizm va pravoslaviyaga asta-sekin ajrala boshladi. 1054- yildan keyin, papa Lev IX Vizantiya imperiyasi cherkovini la'natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi.
Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi. Bular — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi.
Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil pravoslav cherkovini boshqara boshladi.
Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi.
Pravoslav ta'limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil etadi.
Pravoslavlar ham, katoliklar singari, nasroniylikning asosiy aqidalarini e'tirof etishadi. Ular — Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi, istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a'loga ko‘tari l ishi dir.
Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi.
Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosita muloqotni ta'minlovchi vositachi, xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir.
Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob'yektidir.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva patriarxati) bo’lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi. 

Download 22,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish