53
taaluqli bo‘lsa, boshqa bo‘limlari inson huquqlari bilan ishlashga taaluqli ko‘plab
misollarni o‘zida mujassamlashtiradi. AQShdagi ijtimoiy
ish xodimlarining katta
qismi mazkur Kodeksdan qo‘llanma sifatida foydalanadilar. Ushbu Kodeks ularga
o‘z kasblarini inson huquqlari bilan bog‘lashda boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat
qiladi.
Kodeksni insonning mos huquqlariga amal qilishga nisbatan qo‘llab,
AQShda ijtimoiy ish xodimlari o‘z kasblarining asosiy vazifasini bajaradilar.
Kodeksda aks etgan bo‘limlar ijtimoiy ish xodimlarini o‘z mijozlarining
huquqlariga amal qilishga chaqiradi. Garchi Kodeksning o‘zida bir marta ham
“inson huquqlari” atamasi ishlatilmasa-da, uning tili baribir inson huquqlariga doir
asosiy hujjatlar, ayniqsa, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining uslubini
eslatadi. Kodeksni inson huquqlariga doir hujjatlar bilan aynan mos kelishini,
ijtimoiy ish xodimlari nima uchun ularning kasblari
inson huquqlari bilan
mustahkam aloqada ekanligini yaxshiroq tushunadilar, hamda mazkur huquqlarga
amal qilish tamoyilini amaliyotda yaxshiroq qo‘llaydilar.
Ijtimoiy ish
insonga ham, uning ehtiyojlari qondirishga atrofdagilarning
muhim amaliyot kasb etishini e’tiborga olgan holda atrofdagilarga ham yo‘naltiril-
gan bo‘ladi. Ijtimoiy ish xodimlari nafaqat alohida odamlarga ko‘mak beradi, balki
kengroq, global darajada ham o‘zgarishlar yasashga intiladilar. Respublikamizda
olib borilayotgan demokratik huquqiy
davlat barpo etish siyosati, o‘z navbatida,
ijtimoiy ish xodimlariga bo‘lgan talabni yuzaga keltiradi va shu bilan birga bu soha
vakillariga bir qator mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish har bir tarixiy davrda yoki aniq bir siyosiy
makonda joriy etilgan me’yorlar asosida amal qilgan va amal qilib kelmoqda
92
.
Retrospektiv usul asosida uning ijtimoiy-sotsiologik tadqiqini amalga oshirish
uchun ijtimoiy xizmatga oid modellarni tahlil qilish lozim.
Ijtimoiy xizmat tizimini tadqiq etgan faylasuflar
va sotsiologlar ijtimoiy
xizmat bu ‒ maxsus fan, ijtimoiy xizmat bu ‒ amaliyot, ijtimoiy xizmat bu ‒ kasb
ekanligini ta’kidlaydi
93
. Agar ijtimoiy xizmatni kasb sifatida idrok etsak
94
, bunda
quyidagi madaniy-axloqiy omillarning mavjudligini alohida qayd etish lozim:
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning maqsadi; ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning amal qilish
maydoni; ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari; ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositalari va
madaniyati; ijtimoiy xizmatdan foydalanish madaniyati; ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
92
Albrithen A. Social Work Education in the Arab Countries // The Indian Journal of Social Work. January 2012,
73(1). – pp.45–56.
93
Yalli N. Hospital Social Work in Saudi Arabia: An Investigation of Practitioners’ Perceptions of the Common
Workplace Issues that Influence their Position and Role in Health Care. Ph.D. Dissertation. - Norwich: University
of East Anglia, UK. 2008.
Р.
112., Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. Методическое пособие. –
Ташкент: Университет, 2011.
98 с., Заслонкина О.В. Теория социальной работы. Учебно-методическое
пособие. – Орел: Издательство Орловского филиала РАНХиГС, 2015. – 168 с., Самаров Р., Рахмонов Д.
Ижтимоий иш касбий фаолият сифатида (функционал ёндашув). // Фалсафа ва ҳуқуқ журнали. - Тошкент,
2015. №2.151-156 бетлар., Хусанова Х.Т. Маҳаллий жамоаларда ижтимоий иш. – Тошкент: Niso Poligraf,
2014. - 96 б., Mafile’o T. Exploring Tongan Social Work. Qualitative Social Work, 2004. 3(3). – pp. 239-257.
94
Ганиева М.Х., Турсунов Р.Х. Культурные и исторический предпосылки оказания социальной подержки и
развития профессии “Социальная работа” // Фуқаролик жамиятини шакллантириш шароитида
ижтимоий ҳодиса ва жараёнларни тадқиқ этиш. Илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент:
ЎзМУ, 2012. - С. 179-184.
54
mezoni va tamoyillari; ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning
huquqiy asosi; ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish bosqichlari.
Ta’kidlash lozimki, jamiyat hayotini modernizatsiyalashuvi sharoitida xizmat
ko‘rsatish faoliyati paradigmalarini belgilab olishni taqozo etadi. Chunki
rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ish bir xil emas. Buning sababi ijtimoiy,
madaniy, axloqiy, etnik, diniy, moliyaviy, siyosiy va boshqa omillardir.
O‘rganilgan manbalar asosida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning
diqqatga loyiq
quyidagi modellarini qayd etish mumkin: AQSh; Yevropa (G‘arbiy va Markaziy
Yevropa mamlakatlariga taalluqli); Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan davlatlar.
Modellar iqtisodiy, siyosiy, madaniy va huquqiy kabi turli omillar
asosida
vujudga kelgan bo‘lsa-da, ularni birlashtiruvchi doktrina ‒ “Insonlarga amaliy
yordam ko‘rsatish” hisoblanadi. Shu ma’noda R.Barker
ijtimoiy xizmat
ko‘rsatishni “boshqa odamlarga qaram bo‘lib qolgan, o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila
olmaydiganlarni me’yoriy rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish
maqsadida aniq faoliyatni bajarishdir
95
”, deya ta’riflaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy xizmatning faoliyat sifatida institutlashuvi
turli mintaqalarda diniy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy omillarning ta’siri asosida
shakllangan. Yuqorida qayd etilgan maqsadlarning barchasi ijtimoiy ish kasbining
zaruriy omillari sanaladi va bu kasbning egasidan vijdonan yondashishlik talab
qilinadi. Ushbu soha vakillarini respublikamizda mavjud huquqiy-me’yoriy
hujjatlar ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respub-
likasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi
O‘RQ-406-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi
«Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun
ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-415-sonli Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini
yanada rivojlan-tirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli
Farmoni, shuningdek, Prezidentimizning “Oliy Majlisga Murojaatnoma”lari, 2018-
yil 22-yanvardagi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni
qo‘llab-quvvatlash yili Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoni,
“Nogironlarni
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi
96
va boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda ijtimoiy ish xodimiga qo‘yiladigan talab va axloqiy normalari
o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: