65
Ikkinchisi
-yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik,
ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik,
badjahllik,
bachkanalik,
dilozorlik,
andishasizlik,
bevafolik,
berahmlik,
tovlamachi-lik, behayolik singari illatlar kiradi.
Bular insonni tubanlik sari
yetaklaydi va ma’na-viyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan
kishilar umumtasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi va kasbiy faoliyatga salbiy
ta’sir etishi bilan birga axloqiy me’yor va kasbiy huquqda deviatsiyaga olib keladi.
Bu xususda ma’rifatpar-var alloma Abdulla Avloniy shunday degan edi: “Bu
sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning
go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab,
yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomon-larini anglab,
hazar qilmak, lozimdur.
Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa
olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq
va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub
ketmakdadur”
105
.
Inson hayotida kasbiy axloqiy me’yorlarning ahamiyati katta. Faylasuf olim
Abdulla Sher “Axloqshunoslik” kitobida muhim axloqiy me’yorlarni ko‘rsatib,
ular axloqiy tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli
ekanligi-ni, axloqiy me’yorlarni kundalik hayotimizda ma’lum axloqiy
tamoyillarning amal-ga oshish murvatlari ham deyish mumkinligi,
ular axloqiy
talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi
106
.
Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim o‘zini boqish, ehtiyojlarini va man-
faatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson
o‘z ehtiyojlarini, eng avvalo, oziq-ovqat, boshpana, kiyim-kechaklarga bo‘lgan
ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo
bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Kasb inson ish faoliyatining ma’lum
tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy
yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Insoniyat hayot
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish davomida yangi kasblar ham
paydo bo‘lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming),
O‘zbekistonda 6
mingdan ziyod kasblar mavjud
107
. Shuni aytish kerakki, kasb-
hunar va uning egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan.
O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi,
o‘z kasbiga ijodiy yondashuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan,
intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda.
Shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ish mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi
dolzarb va katta e’tibor berilayotgan masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shu bois 1-
chizma orqali yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishimiz
mumkin:
105
Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 томлик. 2-т. Т. Маънавият. 1998. 71-бет.
106
Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Т. Янги аср авлоди. 2004. 168-бет.
107
Жалолов А. Касб қандай танланади. – Т., 2010. –62-б