68
ma’naviy tamoyillar asosida rivojlanishga asoslangan.
Bunday rivojlanishning
maqsadi nafaqat moddiy farovonlik, balki uyg‘unlik va hamohanglikdir.
Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo‘lish va xayr-ehson qilish azaldan
turli mamlakatlar xalqlariga xosdir. Ushbu fazilatlar O‘zbekiston xalqiga ham xos
bo‘lib, milliy qadriyatlar, an’analar va urf-odatlarning asosini ifodalaydi. Ularni
esa asrash va rivojlantirish zarur. Bu odamlar, ayniqsa yoshlar ongida
insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash
zarurligi bilan uzviy
bog‘liq yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish bosqichiga chiqqan bir
pallada, ayniqsa, muhimdir. Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlari qaror
topayotgan sharoitlarda jamiyatdagi har bir kishining munosib hayot kechirishini
ta’minlash sifatida tushuniladigan milliy-davlatchilik manfaatlari ustuvorligi olib
borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyatning
barcha qatlamlari ijtimoiy birdamligi va javobgarligi
bunga erishishning zarur
omili hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari
surilgan: “Hech kim hech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo‘lmasin,
qancha mablag‘ va imkoniyat talab etilmasin, O‘zbekistonning bironta fuqarosi o‘z
holiga tashlab qo‘yilmaydi”
110
– degan gumanistik g‘oya asosida chora-tadbirlar
amalga oshirilib kelinmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan insonlarga hurmat va ehtirom
ko‘rsa-tish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy himoyaning tarkibiy
qismi bo‘lib kelganki, ular milliy an’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda
jins, yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga
xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining
turmush tarzida dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilishi singari omillar
bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy
ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois
mehr ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida
vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston
Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrir asosida qabul qilingan
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining
5-moddasida “Jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, har
kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”
111
, – deya belgilangan. Bu
esa ijtimoiy ish xodimlari mijozlar bilan ish olib borishda muhim institutsional
ahamiyat kasb etadi. Negaki, bunda ijtimoiy ish xodimi mijozlarning ta’lim-tarbiya
olish jarayoniga ham bevosita daxldor ekanligini inobatga olish lozim.
Inson o‘z yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bilan birga,
ularning g‘am-tashvishlariga hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida
mujassam etishi lozim. Aynan ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan
xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ya’ni
rivoyat va ertaklar, afsona va maqollarda,
110
Ўзбекистон
Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республикаси
мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи” -
http://xs.uz/uzkr/post/prezident-shavkat-mirziyoevning-ozbekiston-respublikasi-mustaqilligining-jigirma-toqqiz-
jilligiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-nutqi
111
Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги N ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси 2020 йил 24 сентябрь - www.lex.uz.
69
shuningdek, “Avesto”, “Qur’on”, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Mana shunday fazilatlarni shakllantirish asosida jamiyatda ijtimoiy muhofa-
zaga oid ijtimoiy foydali maqsad ommalashtirib borilgan. Shunday ezgu maqsad-
lardan birini ijtimoiy yordam ko‘rsatish ma’naviyati deb oladigan bo‘lsak, u,
albatta, muayyan ma’naviy, axloqiy muhitda shakllanadi. Ma’naviy-axloqiy muhit
esa – insonlar yashaydigan hudud-makonidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlik va barqaror siyosiy muhitni anglatadi. Barqaror ijtimoiy, siyosiy muhit
deganda hududdagi mavjud jamiyat a’zolarining tinch-totuvligi va farovonligi
tushuniladi. Shu sababli ajdodlarimiz ijtimoiy xizmat yoki beg‘araz yordam
ko‘rsatishni ma’naviy hayot,
milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, urf-
odat va an’analar tarkibiga singdirganlar.
Ta’kidlash lozimki, etnoan’ana ko‘rinishida amal qilib kelayotgan yonda-
shuvlar “oilaviy muammoni oilada hal qilish kerak”, “birovlarga dardingni das-
turxon qilma”, “norasida nogiron farzandning jabrini tortgan oila” ko‘rinishidagi
ayrim munosabatlar belgilangan tarzida ijtimoiy yordam olishda “to‘siq” bo‘lmoq-
da. Bu esa, joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlashda tashkiliy va uslubiy
jihatlari bilan qiyinchiliklar to‘g‘dirmoqda. Shu tarzdagi ma’lumotlar
Sh.Tashmetovaning
tadqiqotida
ham
kuzatilib,
tadqiqotchi
ularni
zamonaviylashtirish lozimligini ta’kidlab o‘tgan
112
.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assamble-yasining
75-sessiyasidagi
nutqida
mamlakatimiizda
amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyatiga to‘xtalib, “Maqsadimiz –
har bir insonning aso-siy huquq va erkinliklarini, salomatligi
va farovonligini
ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir”
113
, – deya ta’kidladi.
Darhaqiqat, mamlakati-mizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlardan
ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’limning barcha bosqichlarida sifat ko‘rsatkichlariga
erishish orqali ilm-fanni rivojlantirish, mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan
holda raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ustuvor vazifalar
belgilangan. Bu borada ijtimoiy ish sohasida ham bir qator amaliy chora-tadbirlar
tizimi ishlab chiqilib, ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Res-publikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar,
nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy
xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-sonli Qonunining
Do'stlaringiz bilan baham: