2. Kasbiy axloq turlari. Zamonaviy ijtimoiy xizmatchining kasbiy etikasi:
umumiylik va o‘ziga xoslik
Kasbiy axloqda xushfe’llik, xushmuomalalik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiq-
ko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Bu axloqiy me’yorlardan
kas-biy faoliyatda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Negaki, bu axloqiy
me’yorlar ijtimoiy ish xodimi uchun muhim hisoblanadi. Ularning ayrimlarini
qarab chiqamiz:
Xushfe’llik.
Ushbu axloqiy xatti-harakat ijtimoiy ish xodimi me’yoriylik
nuqtayi nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir kasb darajasi ma’lum ma’noda
un-dagi mutaxassislarning muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham
belgilanadi.
Xushmuomalalik.
Muomalaning asosiy manbayini so‘z tashkil etishi
barcha-mizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson
botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq tashqariga
chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham
bilavermaymiz. Ya’ni, og‘iz-dan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning
ruhiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi,
yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik. Shu bois ijtimoiy ish xodimi o‘z
kasbiy faoliyati davomida bu me’yorga amal qilishi muhim sanaladi. Negaki,
mijoz bilan xushmuomala bo‘lish muammoni to‘g‘ri diagnostikasini amalga
oshirish va hal qilish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
Muloyimlik.
Muloyimlik
barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul
sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik “hilmli”,
“yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Ijtimoiy
vaziyat va holatni to‘g‘ri baholashda hamda kasbiy stresslarni oldini olishda
muhim sanaladi.
Beozorlik
. Insonlarning tabiatidagi xusumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu
kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar-da,
birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga
yuklamay-dilar. Beozor mutaxassis kadrlar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz
kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar. Bu esa ijtimoiy ish faoliyatida alohida
amaliy ahami-yatga ega.
Har bir kasbning o‘ziga xos tomonlari, insonlarni o‘ziga jalb qila oladigan
qir-ralari mavjud bo‘lib, inson bu jarayonlarni kuzatib borib, shu kasbni egallashga
intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zining ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan
psixologik tomonlarni ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo‘layotgan
o‘zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Hayotiy
jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy
ravishda ijtimoiy ishga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanning paydo
bo‘lishiga olib keldi. Ho-zirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanish arafasida
turibdi. Shu bois yoshlarga ijtimoiy ish kasbini tanlashlari uchun yo‘l-yo‘riqlar
berish, keyinchalik professional mutaxassis bo‘lishga yordam berish muhim.
Bunda bo‘lg‘usi kasb egalariga axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratish
lozim.
72
Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |