Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Ijtimoiy xizmatchi kasbiy etikasining asosiy tushuncha va prinsiplari



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3. Ijtimoiy xizmatchi kasbiy etikasining asosiy tushuncha va prinsiplari
Ijtimoiy xizmat ijtimoiy institut sifatida insonlar hayotining mazmunli 
kechishini ta’minlab, ehtiyojni (talabni) qondirish natijasida vujudga kelgan. 
Ijtimoiy xizmatning tarixi umuman olganda etnogenetik muammolar bilan bog‘liq 
bo‘lib, immanent mazmunga egadir. Faylasuf olima N.Musayevaning ta’kidla-
shicha, “Ijtimoiy xizmat tarixiy-epistemologik” mazmun kasb etib
116
, individual 
sha’n, shaxsiy potensialni (imkoniyatni) dolzarblashuvi bilan bog‘liqdir. Bu 
116
 Мусаева Н. К. Социальная работа как объект философского анализа. Дис. ... канд. филос. наук. –Бишкек: 
Институт философии и политико-правовых исследований, 2012. – С.10–22. 


75 
o‘rinda, “Ijtimoiy falsafa” ijtimoiy xizmat uchun fan tarmog‘i sifatida 
“metodologik”, “gnoseologik” va “prognostik” vazifalarni bajaradi
117

“Jahondagi barcha elat va xalqlar ancha murakkab etnik jarayonni boshdan 
kechirganlar. Chunki har bir etnos uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan 
aloqada, ba’zan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib, boshqa etnoslar bilan aralashib, 
ularni o‘ziga singdirib yoki tarkibiy qism qilib olish natijasida shakllanib 
kelgan”
118
. Ana shu tarixiy davr davomida ijtimoiy xizmatning ayrim jihatlari 
shakllana borgan. 
Ijtimoiy xizmatning aksiologik ko‘rinishi islom madaniyatida mehr-oqibat 
na-munalarida, Xristian madaniyatida hamdarlik ko‘rinishida kechgan bo‘lsa
119

umummadaniy bosqichda insonning jismoniy, ma’naviy va psixologik sog‘ligida 
aniq nuqsonlar namoyon bo‘lganda yordam ko‘rsatish tarzida amal qilgan. Institut-
sional bosqichga kelib
120
, ijtimoiy xizmatning mehnat obyekti va predmeti aniq-
landi, huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi, mutaxassislar, ularning kasbiy 
darajasi shakllandi. Tijoriy bosqichda esa (bugungi kunda), muhtojlarning talab va 
ehtiyoji asosida tarmoqlarga, sohalarga ajratildi, xizmat ko‘rsatishning sifatiga 
e’tibor kuchaydi. Natijada hamkorlik, birdamlik, o‘zaro aloqalarni yarata olish 
yo‘lga qo‘-yilib, bunda streotipli munosabatlar amal qilinishi kuzatiladi. Bular 
bevosita identiklik bilan bog‘liq bo‘lib
121
, etnomadaniyatning tarkibiy elementlari 
hisob-lanmish an’analar, qadriyatlar, me’yorlar, marosimlar, udumlar, arxetiplar 
kabilarda mujassamlanib, sotsiumda hamkorlikni ta’minlash funksiyasini bajaradi. 
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishdan ko‘zlangan maqsad muhtoj insonlar iqtidori va 
ko‘nikmalarini rag‘batlantirib, ular ijtimoiylashuvi muvozanatini ta’minlash uchun 
maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy, psixologik, jismoniy masalalarda 
ama-liy yordam ko‘rsatishdan iborat. Mamlakatimizda bu borada amalga 
oshirilayotgan islohotlar xususida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-
yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanishicha: “Amaliy 
natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh 
maqsadi etib belgi-lanadi”
122
. Ma’lumki, inson manfaatlari ustuvorligini 
ta’minlashning zamirida, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish alohida o‘rin egallaydi. Chunki 
inson hayotining boshidan oxirigacha e’tibor, mehrga ehtiyoj sezib yashaydi. 
A.Maslouning ehtiyojlar nazari-yasida o‘rtamiyona inson hayotida mehrga bo‘lgan 
ehtiyojning 50 % qondirishi taxmin qilinadi
123
. Demak, har qanday insonda mehrga 
muhtojlik eng katta ehtiyoj bo‘lib qolaveradi. Har qanday holat va vaziyatda inson 
mehrga kuchli ehtiyoj sezib yashaydi. Misol tariqasida Buyuk Britaniyada 
“yolg‘izlik” bo‘yicha vazirlik tashkil etilishi va unga Buyuk Britaniya bosh vaziri 
117
 Мусаева Н. К. Социальная работа как объект философского анализа. Дис. ... канд. филос. наук. –Бишкек: 
Институт философии и политико-правовых исследований, 2012. – С.30–31. 
118
 Жабборов И. Ўзбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (Этномаданий лавҳалар) - Тошкент: Ўқитувчи, 
2003. –Б.10. 
119
Филантропия и благотворительность на различных этапах развития общества. - yourlib.net/content/view 
120
 Нурова С. С., Айтбаева П. М.Институционализация социальной работы в Кыргызстане. - 
arch.kyrlibnet.kg 
121
 Мадаева Ш. Идентиклик антропологияси. - Тошкент: Noshir, 2015. -Б.39. 
122
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси // Халқ 
сўзи, 2017 йил 23 декабрь, №258 (6952). 
123
 Maslow A. Self-actualizing and Beyond // Challenges of Humanistic Psychology. - N.Y., 1967.– P. 51. 


76 
Tereza Mey sport va jamiyat masalalari bo‘yicha vazir Treysi Krauchni 
“yolg‘izlik” bo‘yicha vazir etib tayinlanganligini keltirish mumkin. Negaki, 
mutaxassislar “Buyuk Britaniyada “yolg‘izlik epidemiya-si” avj olganligidan 
xavotirlanmoqdalar. Britaniyaning 65,6 mln. aholisidan 9 mln.dan ko‘prog‘i o‘zini 
yolg‘iz his qilmoqda”
124
, – deb ta’kidlanmoqda. 
Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni aniq tarixiy vaqt, insoniyatning hayotiy 
tajribasi bilan bog‘liq holda o‘rganish lozim. Shunday yondashuv K.Lorensda 
masalaga madaniyatshunoslik mazmunida e’tibor qaratganligini anglatadi. Negaki, 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish bioijtimoiy hodisa hisoblanib, turli darajaviy 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi mumkin. Shu kabi “ijtimoiy yordam 
ko‘rsatish” R.Samarovning muammoga madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan 
yondashuvida milliy-madaniy hayot tarzi bilan bog‘lanib, bunda qadriyatlarning 
shakllanishi, takomil-lashuvi hamda an’analarning vujudga kelishi va amal 
qilishiga alohida urg‘u beriladi. 
Ayrim manbalarda
125
ijtimoiy xizmatning kelib chiqishi va shakllanishini 
filantropik amaliyot, xristian an’analari bilan bog‘lab sharhlash kuzatiladi
126
. Bu 
borada ilgari surilgan qarashlar va mulohazalar pirovardida shuni qayd etish 
lozimki, G‘arbda ijtimoiy xizmat va ijtimoiy xizmat tizimi xristian an’analari 
asosida shakl-langan. Sharqda esa ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning genezisi 
islomgacha bo‘lgan qadriyatlar hamda islom qadriyatlari uyg‘unligida mazmun-
mohiyat kasb etdi. Mazkur masalani nazariy jihatdan asoslash maqsadida Amir 
Xusrav Dehlaviyning quyidagi baytida ilgari surilgan g‘oyasini keltiramiz: 
Aslida odamdan kam emas odam, 
Chunki barchamizning otamiz Odam
127
.
Bunda, Odam alayhissalomning yaratilish g‘oyasi dominantlik qilib, barcha 
insonlar Odam va Havoning farzandlari ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu sababli 
ham insonlar bir-birlariga mehr ko‘rsatib, o‘zaro amaliy yordam berishlari maqbul 
hisoblanadi. 
Retrospektiv tahlil va manbalarning qiyosiy tahlili natijasi sifatida ijtimoiy 
xizmatning shakllanishi va rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish