82
nogironligi bo‘lgan va psixojismoniy rivojlanishida muammolari
bo‘lgan farzandlari bor oilalar, qochoqlar va ko‘chishga majbur bo‘lgan
oilalar,
baynal-minal
askarlar
va
tinch
davrda
harbiy
harakatlar
ishtirokchilarining oilalari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalar tarbiyalanayotgan oilalar (qondosh hamda tutingan oilalar); yolg‘iz
keksalar, mehnatga layoqat-sizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning
ijtimoiy patronajini amalga oshirish;
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish
muassasalariga yo‘llanma berish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda
ko‘maklashish;
zarur hollarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironligi
bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa shaxslarni davlat ijtimoiy
muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi
hamda ushbu muassasalarga
borishda hamrohlik qilish;
nogironligi bo‘lgan yoki harakatlanishida muammolari bo‘lgan shaxs-
larga
reabilitatsion
texnik
vositalarni
olish
uchun
hujjatlarni
rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
bolali oilalarga, yolg‘iz keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
yordam beruvchi turli davlat, nodavlat, jamoat, diniy tashkilot va muassasalar
faoliyatini muvofiqlashtirish;
oilani qiyin hayot tarzidan chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni yagona
ma’lumotlar bazasiga kiritish;
ijtimoiy himoyaga muhtojlarni uzoq muddatli yoki vaqtinchalik
ijtimoiy xizmatga qabul qilish, vasiylik va homiylikni belgilash, shifoxonaga
joylashti-rish uchun hujjatlarini tayyorlashga va rasmiylashtirishga yordam
berish;
g‘ayriijtimoiy va huquqiy normalarga zid xatti-harakatlarning oldini
olish ishiga jalb etilgan tashkilotlar (ichki
ishlar organlari, ijtimoiy ta’minot
bo‘limlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari va b.) bilan
hamkorlik qilish;
mijoz uchun hordiq chiqarish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini
tashkillashtirishda ishtirok etish;
ijtimoiy
patronajga
muhtojlarni
aniqlash,
ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning sifati dinamikasi va turlarini tahlil qilish;
hududda ijtimoiy va oila siyosatini shakllantirish va takomillashtirish,
hududiy ijtimoiy dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarida
ishtirok etish;
uslubiy kengash, ijtimoiy ishchilarning uslubiy birlashmalari ishlari,
ijtimoiy masalalar bo‘yicha seminarlar tashkillashtirish va o‘tkazishda
ishtirok etish;
fuqarolar va mutaxassislarga ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahat
berish;
83
ish faoliyatiga oid zarur hujjatlarni yuritish
133
.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib
bormoqda. G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga
kiritgan ijobiy
yutuqlarini qayd qilib, ularning funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb
etadi. Ijtimoiy ish mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish amaliy
mazmun kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning funksional modelini asos sifatida qabul
qilib, uning oltita funksiyasini ta’kidlash lozim. Bular: diagnostika o‘tkazish;
rejalashtirish va yo‘naltirish; prognostika o‘tkazish; ijtimoiy terapevtik
(ogohlantiruvchi-profilak-tik); huquqiy himoya qilish; ijtimoiy-pedagogik,
psixologik, tibbiy, maishiy, kom-munikativ, targ‘ibot (reklama); madaniy, tashkiliy
jihatlardan iborat.
Ijtimoiy xizmat faoliyat sifatida ijtimoiy siyosat amaliyotini ta’minlovchi,
rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tatbiq etuvchi vositasi hisob-
lanib
134
, jamiyatdagi ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy-bilish
va
amaliy-tashkiliy kabi qismlari harakatini ta’minlaydi.
Ijtimoiy siyosatning ilmiy-bilish qismi jamiyatdagi
ehtiyojlar tahlili va
ularning anglanishini belgilab, ijtimoiy jarayonlar va ularning yo‘nalishini umum-
lashtirish uchun xizmat qiladi. Amaliy-tashkiliy
qismi esa ishlab chiqilgan kon-
septual holatlarni amalda joriy etishni ta’minlab, ijtimoiy siyosatning strategik
vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmat
funksional jihatdan inson, jamiyat manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy institutlar
faoliyatini rejalashtirish va boshqarish, ijtimoiy jarayonlardagi holatlarni o‘z
vaqtida aniqlab, mavjud resurslardan tezkor va maqsadli foydalanish uchun xizmat
qiladi. Bu masalada S.E.Hobfoll va R.S.Lilly resursga munosabat bildirib
135
, unga
moddiy (daromad, uy-joy, transport, kiyim) va moddiy bo‘lmagan (istak, maqsad)
obyekt-larni, tashqi (ijtimoiy madad, oila, do‘stlar, ish, ijtimoiy mavqe)
va ichki
(o‘zini hur-mat qilish, kasbiy mahorat, optimizm, o‘zini nazorat qilish, hayotiy
qadriyatlar, e’tiqod va b.) interpersonal belgilarni, psixik va jismoniy, irodaviy,
emotsional tas-niflarni kiritganlar.
Mualliflar resursning shaxsiy, ya’ni mikro
darajadagi yuzasiga munosabat bildirgan bo‘lib, uning makrodarajadagi doirasiga
e’tibor qaratmaganlar. Makrodoirasi oila, kasbiy, milliy, diniy, sohaviy darajalar,
jamiyatning bevosita iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalari, ularni boshqarish
nuqtayi nazaridan esa bevosita siyosiy sohaga daxldordir. Bu esa ijtimoiy
xizmatning faqat siyosat
doirasida shakllantirmasdan, jamiyatda ifodalanadigan
ijtimoiy muammolarni inobatga olish hisobidan takomillashtirib borishni taqozo
etadi. Ijtimoiy xizmatning natijaviy ko‘rsatkichi muhtoj bo‘lgan alohida inson yoki
guruh a’zolarining shaxsiy darajadagi sifat o‘zgarishlarida namoyon bo‘lishi lozim.
Bunda quyidagilar ko‘rsatkich bo‘la olishi ehtimoldan xoli emas, ya’ni
muhtoj inson yoki guruh a’zolari:
133
Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2019 йил 11
ноябрдаги “Ижтимоий ходимларнинг алоҳида лавозими бўйича тариф-малака тавсифномасини
тасдиқлаш тўғрисида”ги ID-9543-сонли буйруғи - https://regulation.gov.uz/oz/document/9543
134
Мусаева Н. К. Социальная работа как объект философского анализа. Дис. ... канд. филос. наук. –
Бишкек: Институт философии и политико-правовых исследований, 2012. – 182 с.
135
Hobfoll S. Е. &Lilly R. S. Resource conservation as a strategy for community psychology // Journal of
Community Psychology. 1993. № 21. -P. 128-148.
84
- hayotiy qadriyatlarni anglashi ko‘rinishi;
- o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqishning yuqori darajada ifodalashi;
- shaxs hayoti, yashash, sog‘liqni qadriyat sifatida anglashi;
- amaliy yordam olish madaniyatiga egaligi;
- bilim olish, uni takomillashtirishga intilishi;
- hamkorlik qilishga
tayyorligi;
- turli xil nizoli vaziyatlarda madaniy yo‘l tutishni bilishi;
- funksional savodxonligini oshirishning ifodalanganligi va b.
Yuqoridagi mulohazalardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, ijtimoiy xizmat
faoliyat sifatida jamiyat a’zolarida turli daraja va bosqichlarda tug‘ma (nasliy), ort-
tirilgan ijtimoiy nuqsonlardan xalos bo‘lish, qarovsiz qolgan, yolg‘iz va boquv-
chisini yo‘qotganlarni hayotga qaytarish, yashashini ta’minlash uchun xizmat qilib,
har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda vujudga kelgan va rivojlanib kelmoqda.
Hozir-gi davrga kelib ijtimoiy xizmat kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy
ahamiyat kasb etib, uning bir qator tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish
sohalari vujudga kelganligini ta’kidlab o‘tish joiz
136
.
Ijtimoiy xizmat (ish) kasb sifatida uning mazmun-mohiyati zamirida
Do'stlaringiz bilan baham: