Mavzu: Aholi farovonligini oshirishda tijorat banklarining roli.
Reja.
Kirish.
1. Tijorat banklari haqida tushuncha va uning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati.
2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining zamonaviy xizmatlarini maqsadi va vazifalari
3 . Tijorat banklarining aholiga koʻrsatadigan zamonaviy xizmatlari.
4. Tijorat banklarining aholi farovonligi uchun koʻrsatadigan zamonaviy xizmatlarini takomillashtirish yoʻllari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Hozirda mamlakatimizda jadal ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar kechmoqda. Har bir sohada jumladan iqtisodiyot va uning “lokomotivi” bo‘lgan bank tizimi sohasida ham xalqaro andozalarga mos, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan o‘tgan yangi islohotlarni tadbiq etish birlamchi maqsad qilib belgilangan.
Albatta, iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to‘g‘ri bog‘liqlikda kechadi. Zero, prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas. Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori1, 13-sentabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi. Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi. Albatta, bularning barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir.
So‘ngi yillarda respublikamiz bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari so‘ngi 5 yilda qariyb 5 baravar oshib 2017 yil so‘ngida 166 trln 632 mln so‘mga yetdi va yiliga o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda.2 Albatta, bundan banklarimizning kreditlash amaliyotining jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”. Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, kabilardan foydalanish amaliyotining rivojlanmaganligi kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |