O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTET
“Bank ishi”
yo’nalishi
MAVZU: “Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi” mavzusidagi
KURS ISHI
|
Tayyorladi:
|
KBI-61-2 guruh talabasi
Abduganiyeva D
|
|
Ilmiy rahbar:
|
|
TOSHKENT 2021
Mavzu: Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi
Reja:
1. Valyuta operasiyalarining mohiyati, turlari va huquqiy asoslari
2. Тijorat banklarida konversion valyuta operasiyalarining hisobini yuritilishi tahlili
3. Тijorat banklarida konversion operasiyalarini rivojlantirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o`tilishi, mulkchilik shakllarini rivojlantirilishi, oldi-sotdi munosabatlarini faollashtirish zaruriyati, bank ishining erkinlashtirilishi, kredit hisob-kitob xizmati ko`rsatish va iqtisodiyotni moliyalashtirish yuzasidan yangi xizmatlarni amaliyotga kiritishni talab qildi.
Statistik ma`lumotlarga qaraganda oxirgi yillarda mamlaktimizda bank tizimi har tomonlama rivojlanmoqda, iqtisodiy salohiyati keskin o`smoqda, mijozlarga moliyaviy va kredit xizmati ko`rsatish sifati davr talabi darajasiga ko`tarildi. Bank xizmatining bir qator yangi, zamonaviy, yanada samarali usullari joriy etilmoqda. Bular qatoriga banklarning kredit faoliyati bilan bog`liq skoring, mikroqarz krediti, plastik kartalar bilan operatsiyalarda onlayn va click, pinsionerlarga plastik kartalar orqali taqdim etiladigan kreditlarni misol qilib olishimiz mumkun. Iqtisodiyotning rivojlanishi uning o‘sish sur’atlari bevosita bank tizimi rivojiga, uning xizmatlar ko‘lamining kengayishiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liqdir.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va bunda aynan bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri qilib belgilanganligi ham bejiz emas.1Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish yo‘lida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentyabrda PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 12-sentabrda PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqaroroligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 13-sentyabrda esa PQ-3272-sonli “Pul kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,hamda 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli “Har bir oila-tadbirkor to`g`risida”gi qarorlari qabul qilindi.
Bu qaror va farmonlarning ijrosi o‘laroq mamlakatimizda erkin xorijiy valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi, banklardan ularning vazifasiga kirmagan lekin ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yillik 8 foizli kreditlar taqdim etilmoqda. Albatta, bularning barchasi bank tizimi va iqtisodiyot rivoji yo‘lidadir. Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasining bank tizimi, yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanmoqda. Xususan tijorat banklari jami aktivlari 2018 yil so‘ngida 214 trln 420 mln so‘mga yetdi va o`tgan 2017-yilga nisbatan 28.7%ga oshgan. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini qayd etib kelmoqda.2
Ammo bu sohada yuksalishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo‘q emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda”.3
Mamlakatimizda iqtisodiyotning kreditlar bilan ta’minlanganligi, yani iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi Jahon banki tavsiya etgan eng kam me’yor – 60% dan ancha pastligi, (2016 yilgacha 26% dan oshmagan 2017-yilda esa amalga oshirilgan devalvatsiya natijasida xorijiy valutada berilgan kreditlarning so‘mdagi qiymati 2 barobar ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash shakllari: forfeyting, faktoring, kontokorrent, overdraft, kredit kartalari orqali kreditlash, bank kreditini tashkil etishning holatini tahlili rivojlanmagani kabi holatlar bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |