Atoyi hayoti va ijodi Qurbonaliyev O’. Darsning maqsadi: - 1. O’quvchilarning Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi yuzasidan bilimlarini sinash.
- 2. O’quvchilarga Atoiy hayoti va ijodi haqida bilim-ma’lumotlar berish.
- 3.O’quvchilarni yuksak insoniy fazilatlar – kamtarlik, oqillik, o’zaro hurmat , o’zgalar haqidan hazar qilish ruhida tarbiyalash.
Darsning borishi: - 1.Tashkiliy qism:
- Yo’qlama;
- Sinfni darsga tayyorlash;
- 2.O’tgan mavzuni so’rash:
- Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.
- Yassaviy hikmatlarida nima ulug’langan?
- Nega Yassaviy nafsga katta e’tibor bergan?
- Inson qachon ruhan xotirjam bo’ladi?
- Yassaviy hikmatlaridan o’qing.
Atoyi hayoti va ijodi Atoyi (15-asr, Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy («Majolis un-nafois») Atoiy hayoti va ijodi haqida to‘xtalib, «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim: - O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur. ...Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...», deydi. Navoiy «Nasoimul- Muhabbat » («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi. - ...Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...», deydi. Navoiy «Nasoimul- Muhabbat » («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi.
Atoiy g‘azalnavis — lirik shoirdir. Uning g‘azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g‘azallaridagi kabi hayot timsolidir. - Atoiy g‘azalnavis — lirik shoirdir. Uning g‘azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g‘azallaridagi kabi hayot timsolidir.
Atoiy lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va tushunarli. - Atoiy lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va tushunarli.
- Atoiy devonining muqovasida va qo‘lyozmaning oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» deb qayd etilishi ham Atoiyni shayxlar oilasidan kelib chiqqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoiy Ulug‘bek saroyi shoirlari orasida ham bo‘lgan.
Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan 16-asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. - Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan 16-asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.
Atoiy g’azallaridan namuna: - Ul sanamkim,su(v) yaqosinda paritek o'lturur,
- G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.
- To magarkim,salsabil obina javlon qila,
- Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.
- Ul ilikkim,suvdin oriqtur, yumas oni suda,
- Balki suvni pok bo'lsun deb ilik birla yuyur.
- Emdi bildim rost emish,balki ko'rdim ko'z bila,
- Ulki derlar,suv qizi goh-goh ko'zga ko'rinur.
- Qoshlaring yosin Atoiy ko'rgali husn ichra toq,
- Subhidam mehroblarda surai yosin o'qur.
Xasta ko'nglumdin xayoling bir zamon ketmas,begim, - Xasta ko'nglumdin xayoling bir zamon ketmas,begim,
- Nechakim,vasling etakiga qo'lum yetmas,begim.
- Netayin,darmonda bo'ldum men bu ko'nglum ilkida,
- Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas,begim.
- Garchi sen dashnom etarsen,men duochiman senga,
- Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas,begim.
- Sen meni ta'zim etib qullar soninda tutmag'il,
- Itlaring xaylinda bo'lsam,ne manga yetmas,begim?!
- Ta'nadin qo’ymas Atoiyni eshikindin raqib,
- Hech gadoy it hursa eshikni qo'yub ketmas,begim.
Atoiy tuyuqlaridan namuna: - Ey ko'ngul,bu kecha ul oy sori bor,
- Oh o'tin yorutmakim, ag'yori bor.
- Tuxmi mehr etkim muhabbat bog'ida,
- Dard barg ochtiyu g'am kelturdi bor.
- Sham' yanglig' yonadur boshimda o't,
- Ko'z yoshimdin yer yuzinda undi o't.
- Qon yoshim qildi yo'lungni lolazor,
- Muncha taqsir ayladim, qonimdan o't.
Uyga vazifa: - Mavzuni o’qib o’rganish va shoir she’rlaridan yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |