Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

munosabatlardagi iliqlik; 
♦ 
ochiqlilik; 
♦ 
empatiya; 
♦ 
o‘zga kishilarga nisbatan ijobiy munosabat
 
(K.Rodjers 1967). 
Shunday qilib, insonparvarlik axloqi subyektning o‘z insoniylik tabiatini, 
barcha fazilatlarni, ochiq-oydin namoyon etishini ta’minlaydi. Obro‘parvarlik 
axloqida esa, aksincha, subyektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z 
individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojia shundaki, buni 
insonning o‘zi anglamaydi: atrof-muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi 
qahramonligi, muruvvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi 
haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday 
odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib 
yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan 
shaxslar esa juda kamchilikni tashkil etadi. Natijada jamiyatning asosiy ko‘pchiligi 
ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi 
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish 
fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. Chunonchi, muhabbat va nafrat, 
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, 
odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda 
illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. 
Rostgo‘ylik.
Rostgo‘ylik yoki to‘g‘ri so‘zlilik insonning haqiqatga intilishi 
bilan bog‘liq, haqiqat esa doimo sinfiylik, partiyaviylik-mafkuraviylik va 
tarixiylik-davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri 
rostgo‘ylikdir. Demak, rostgo‘ylik ‒ keyinchalik shakllangan tabaqaviylik 
insonning ongiga, ruhiga singdirgan ijtimoiy-hayotiy, davriy-tajribaviy xususiyat 
emas, balki so‘zning mohiyatida berilgan fazilat
89

Rostgo‘ylik oson emas. U insondan sabr-toqat, matonat va jasoratni talab 
qiladi, rostgo‘y inson qo‘rquvdan forig‘ bo‘ladi, har qanday holatda ham vijdoniga 
qarshi bormaydi: kimlarningdir ko‘ziga qarab, yaqinlarini yoki hamkasabalarini 
xafa qilishdan, o‘z moddiy manfaatdorligiga zarar yetkazishdan cho‘chimaydi. 
To‘g‘ri, bunday munosabat tufayli rostgo‘y inson aziyat chekishi, ta’na-
dashnomlarga qolishi mumkin. Lekin bularning hammasi bir odamga yoki 
muayyan guruhga voqelikni asl holicha yetkazganligidan, ularni noto‘g‘ri yo‘lga 
solib yubormagan-ligidan qalbda paydo bo‘lgan qoniqish hissi, xotirjamlik va 
orom tufayli yuvilib ketadi, ichki bir quvonch unga baland ruh bag‘ishlaydi. 
88
 Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Дарслик.- Тошкент, 2007. -Б. 63. 
89
 Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Дарслик.- Тошкент, 2007. -Б. 222. 


52 
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-
415-sonli “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari 
uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida “Ijtimoiy xizmat-
larning asosiy prinsiplari” belgilangan bo‘lib, ular quyidagi axloqiy
 
prinsiplariga 
amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan: 
qonuniylik; 
inson huquqlariga rioya etish; 
insonparvarlik; 
erkin foydalanish; 
profilaktik yo‘naltirilganlik; 
aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv; 
ixtiyoriylik
90

Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy ish prinsiplari to‘laqonli axloq bilan bog‘liq 
bo‘lib, ijtimoiy ish kasb sifatida ham, fan sifatida ham integral ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy ish paydo bo‘lgan davrdan boshlab bu ish bilan pedagoglar, psixologlar, 
tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar shug‘ullandilar, ijtimoiy ish faoliyati 
turli ilm sohalari tutashgan joyda yuzaga keladi. 
Ijtimoiy xizmatni faoliyat tarzida tasnif qilish masalasi murakkab jarayondir. 
Chunki u ijtimoiy, kasbiy va milliy me’yor hamda qadriyatlar tarkibida, ijtimoiy 
hayotning aralash jarayonlarida o‘z aksini topgan. Bu borada Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bularning barchasi davr talabi. Bu talab 
iqtisodiyot va, ayniqsa, ijtimoiy sohaning, shuningdek, aholining muhim 
muammolarini bir oy yoki bir yildan keyin emas, balki shu bugun, hozirning 
o‘zida yechish zaruratidan kelib chiqadi”
91
. Shu sababli, ijtimoiy xizmatni 
tushuncha sifatida talqin etish uchun quyidagilarni inobatga olish lozim: 
- ijtimoiy munosabatlar tarzini tartibga keltirishda tanlangan me’yorlarning ijtimo-
iy-iqtisodiy hayot bilan bog‘liqligi; 
- ijtimoiy muammolarni bartaraf etishni modellashtirish va prognozini amalga 
oshirishda etnomadaniy omillarni inobatga olish; 
- muammolarga aloqador axborotlar, ularning tahlili va maqbul qaror qabul qilish 
texnologiyasining mavjudligi; 
- ijtimoiy siyosat darajasidagi chora-tadbirlar, ularning vujudga kelgan talablarni 
qondirishga qaratilganligi; 
- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun ta’lim muassasalarida 
alohida kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlarning tashkil etilganligi; 
- jamiyat, turli ijtimoiy guruhlar orasidagi muvozanatni ta’minlay olishi; 
- ma’naviy konseptga e’tibor qaratilganligini va boshqalar. 
Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan 
“Axloq Kodeksi”ning bo‘limlarida individual xulq-atvorga, masalan, konfeden-
siallikka amal qilish mijoz bilan shaxsiy aloqadorlik tamoyili va boshqalarga 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish