K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
23
va to‘qimalarning parchalanishidan hosil bo’lgan moddalar,
mikroorganizmlar va ularning toksinlari, gipofizning ayrim garmonlari,
nuklein kislotalar leykopoezni kuchaytiradi. Turli leykotsitlarning
yashash
davomiyligi turlicha, ayrimlarining umri bir necha soat, kun,
hafta davom etsa, boshqalari insonda bir umr yashashi mumkin.
Leykotsitlar hazm traktining shilliq qavatida va retikulyar to’qimalarda
parchalanadi.
Trombotsitlar
.
Trombotsitlar yoki qon plastinkalari, suyak
ko‘migining gigant hujayralari-megakariotsitlardan hosil bo‘ladi.
Trombotsitlar yumaloq yoki biroz oval yassi shaklga ega,
ularning
diametri 2-5 mkm ga teng. Trombotsitlar yadrosiz, lekin ularda (200 ga
yaqin) granulalar mavjud. Qon-tomir endoteliysidan boshqa yuzaga
tekkanda trombotsitlar faollashadi, trombotsit diametridan 5 -10 marta
katta 10 ga yaqin o‘simta hosil bo’ladi. Bu o’simtalar qon ketishni
to’xtatishda katta ahamiyatga ega. Odam qonidagi trombotsitlar miqdori
180-320x10
9
/I yoki 1 mkl qonda 180000 - 320000 mingni tashkil qiladi.
Trombotsitlarning qondagi miqdorining oshishi trombotsitoz, kamayishi
esa trombotsitopeniya deb ataladi. Trombotsitlar quyidagi funksiyalarni
bajaradi: angiotrofik - qon-tomirlar endoteliysini oziqlantirish;
trombotsitar tromb hosil qilishga ma’sul;
qon ivishi va fibrinolizda
ishtirok
etish,
jarohatlangan
qon-tomirlarini
toraytirish.
Trombotsitlarning asosiy funksiyasi gemostazda ishtirok etishidir.
Trombotsitlar turli yot yuzaga (adgeziya) hamda bir-biri bilan yopishish
(agregatsiya) xossalariga ega. Trombotsitlar bir qator biologik aktiv
moddalarni ishlab chiqaradi, bularga trombotsitar omil deb ataluvchi,
qon ivishida qatnashuvchi moddalar kiradi. Trombotsitar faktorlari P
(lotincha platelet - plastinka) harfi va arab raqamlari (P
5
, P
2
va b .)
bilan
belgilanadi. Bulardan ahamiyatlilari P
3
yoki tromboplastin, hujayra
membranasining bir parchasi; P
4
yoki antigeparin omili; P
3
yoki
trombotsitar fibrinogeni; P
6
yoki (aktomiozinga o’xshash) trombastenin
oqsili P
10
yoki qon tomirni
toraytiruvchi omil-serotonin, P
11
yoki
tromboksan
hujayra
membranasida
(jumladan,
trombotsitlar
membranasida ham ) tromboksan sintetaza fermenti ta’sirida araxidin
kislotasidan sintezlanadi va ATF bilan kompleks hosil qilib qon ivishida
ishtirok etadi. Trombotsitlar yuzasida retseptor vazifasini o’tovchi
glikoprotein tuzilmalar mavjud. Ularning bir qismi «berk holat»da
bo‘ladi va trombotsitlar ADF, adrenalin, kollagen, mikrofibillari
ta’sirida aktivlashganda ochiladi. Trombotsitlar
organizmni yot
O’quv qo’llanma
24
agentlardan himoya qilishda ham ishtirok etadi. Ular fagotsitar
aktivlikka ega, IgG saqlaydi, ayrim bakteriyalar membranasini
parchalovchi lizotsim va α- lizinlar manbayidir. Bundan tashqari,
trombotsitlarda O -limfotsitlarni T va B - limfotsitlarga aylantiruvchi
peptid omil topilgan. Bu birikmalar trombotsitlar
aktivlashgan paytda
qonga chiqarib yuboriladi va qon tomirlar jarohatlanganda organizmni
patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi. Qisqa va davomli ta’sir
qiluvchi trombotsitopoetinlar trombotsitopoezni boshqarib turadilar.
Ular suyak ko’migida, taloqda, jigarda hosil bo‘ladi. Qisqa ta’sir
qiluvchi trombotsitopoetinlar qon plastinkalarining megakariotsitlardan
ajralib chiqishini va qonga tushishini tezlashtiradi; davomli ta'sir
qiluvchi trombotsitopoetinlar suyak ko‘migi gigant hujayralarining
yetuk megakariotsitlarga o‘tishini ta’minlaydi. Trombotsitopoetinlar
aktivligiga IL - 6 va IL - 11 bevosita ta’sir qiladi. Trombotsitlarning
yashash davomiyligi 5-11 kunni tashkil etadi.
Trombotsitlar makrofag
tizimi hujayralarida parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: