Samarqand davlat tibbiyot instituti


Sog’lom odam leykotsitar formulasi (% da)



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Sog’lom odam leykotsitar formulasi (% da) 
Granulotsitlar 
Agranulotsitlar 
Neytrofillar 
Bazofil 
lar 
Eozinofil 
lar 
Limfotsit 
lar 
Monotsit 
lar 
Yosh 
Tayoq 
cha 
yadroli 
Seg 
ment 
yadroli 
0-1 
0,5-5 
19-37 
3-11 
0-1 
1-6 
47-72 
Yosh (yosh va tayoqcha yadroli) neytrofillar tayoqchasimon 
yadroga ega bo’lib, segmentlarga bo’linmagan. Yetuk yoki segment 
yadroli neytrofillar yadrosi 2 -3 segmentga bo’lingan bo’ladi. 
Neytrofillar yadrosidagi segmentlar ko‘pligi ularning qariligidan dalolat 
beradi. Qonda yosh va tayoqcha yadroli neytrofillarning ko‘payishi 
leykotsitar formulaning chapga siljishi deyiladi, ular miqdorining 
kamayishi qonning qariganidan dalolat beradi va leykotsitar formulaning 
o’ngga siljishi deb ataladi. Barcha leykotsitlar, asosan, himoya 
funksiyasini bajarishadi. Lekin bu funksiya turli leykotsitlar tomonidan 
turlicha amalga oshiriladi. Neytrofillar eng katta guruhni tashkil qiladi. 
Ularning asosiy vazifasi qonga tushgan yot tanachalarni fagotsitoz 
qilishdan iborat. Fagotsitoz hodisasi 1892 yili I. I. Mechnikov tomonidan 
kashf qilingan. 
Fagotsitoz
3 bosqichdan - adgeziya, qamrab olish va lizosomal 
fermentlar (proteazalar, peptidazalar, oksidazalar, dezoksinuklazalar) 


O’quv qo’llanma 
20 
yordamida hazm qilishdan iborat. Neytrofillar sitotoksik ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Bu ta’siri killing deb ataladi. 
Sitotoksik ta’sir quyidagicha amalga oshiriladi: neyrofil 
immunoglobulin IgG ishtirokida nishon hujayraga yaqinlashadi va 
ma’lum masofadan turib uni halok qiladi. Bu ta’sir neyrofildan ajralgan 
aktiv kislorod- vodorod peroksid, gipoxlor kislotalari orqali amalga 
oshiriladi. Oxirgi paytlarda ma’lum bo‘lishicha, neyrofiliar B va T 
limfotsitlar faoliyatini kuchaytiruvchi moddalar ham ishlab chiqarar 
ekan. 
Bazofiltar, semiz hujayralar.
Bazofillar 1877-yili P. Erlix 
tomonidan kashf qilingan. Bazofillar ikki turga bo’linadi: periferik 
qonda aylanib yuruvchi granulotsitlar - bazofillar va to‘qimalarda 
joylashgan to‘qima bazofillari yoki semiz hujayralar. Bazofillarning 
funksiyasi uning tarkibidagi moddalarga bog‘liq. Bulardan biri 
gistamindir, u qon-tomirlarni kengaytiradi. Bazofil tarkibida qon 
ivishiga qarshi modda geparin, hamda qon-tomir o‘tkazuvchanligini 
o‘zgartiruvchi gialuron kislotalari mavjud. Shuningdek bazofil tarkibida 
trombotsitlarni faollashtiruvchi omil, trombotsitlarni agregatsiya holatini 
ta’minlovchi - tromboksan, araxidon kislotasi mahsulotlari leykotriyen 
va prostoglandinlar bor. Bazofillar allergik reaksiyalar paytida katta 
ahamiyat kasb etadi. Antigen-antitanacha kompleksi ta’sirida bazofillar 
parchalanadi va uning tarkibidagi biologik aktiv moddalar qonga 
tushadi. Leykoz kasalligida, stress paytida bazofillar miqdori oshadi, 
yallig‘lanish kasalliklarida ham qisman oshishi kuzatiladi. Eozinofillar 
qon-tomirlarda bir necha soatgina bo’ladi, undan so‘ng qondan 
to‘qimalarga o‘tib ketadi va u yerda parchalanadi. Eozinofillar mahsus 
fagotsitoz xossasiga ega. Eozinofillar to‘qimalarning gistamin saqlovchi 
– me’da va ingichka ichakning shilliq va shilliq osti qavatlarida, o‘pkada 
yig‘iladi. Eozinofillar gistaminni qamrab olib gistaminaza fermentlari 
yordamida 
parchalaydi. 
Eozinofillar 
tarkibida 
bazofillardan 
gistaminning ajralib chiqishini sekinlashtiruvchi omil ham bor. 
Gelmentlarga qarshi eozinofillar sitotoksik effektni amalga oshiradi. 
Gelmentlar lichinkasi organizmga tushsa, eozinofillar unga yaqinlashib 
parchalanadi, 
tarkibidagi 
oqsillar 
va 
fermentlarini 
(masalan 
peroksidazalar) shu lichinka ustiga ajratib chiqaradi, natijada lichinkani 
halok qiladi. Allergik kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin oshib 
ketadi. 
Bunga 
sabab 
allergik 
kasalliklarda 
bazofillarning 
degragunulyatsiyasi natijasida anafilaktik xemotoksik omilning qonga 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
21 
ko’p miqdorda ajralishidir. Ularni yo’qotish uchun eozinofillarning jalb 
qilinishidir. Eozinofillar fagotsitoz qilish va faolsizlantirish orqali 
bazofillarning ajratgan moddalaridan qonni «tozalaydi». Eozinofillar 
tarkibida kallikrein - kinin tizimini aktivlovchi kation oqsillar saqlanadi. 
Kation oqsillar qon-tomir endoteliylariga yemiriluvchi ta’sir ko’rsatib, 
yurak qon-tomir tizimi kasalliklarida ham ahamiyatli degan fikrlar 
mavjud. Ayrim og‘ir kechuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar 
miqdori keskin kamayib ketadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish