Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Eritropoetinlar

eritropoezning 
fiziologik 
boshqaruvchisi 
hisoblanadi. Eritropoetinlar asosan buyrakda, qisman taloqda hosil 
bo’ladi va sog'lom odam qonida doimo oz miqdorda bo’ladi. 
Eritropoetinlar 
eritrotsitlar 
o‘tmishdoshlarining proliferatsiyasini 
kuchaytiradi va gemoglobin sintezini tezlashtiradi. Ular gem va 
gemoglobin sintezida qatnashuvchi enzimlar hosil bo’lishida ishtirok 
etadigan RNK sintezini kuchaytiradi. Eritropoetinlar hosil bo’lishi 
gipoksiyada kuchayadi. Eritropoezni erkaklar jinsiy gormonlari 
kuchaytiradi. Qonda eritrotsitlar ko‘payib ketganda hosil bo’luvchi 
modda eritropoez ingibitori eritropoezni sekinlashtiradi. Shuningdek, 
ayollar jinsiy garmonlari (estrogenlar) va keylonlar ham eritropoezni 
sekinlashtiradilar. Simpatik nerv tizimi eritropoezni kuchaytiradi, 
parasimpatik esa sekinlashtiradi. Nerv va endokrin tizimlar eritropoezga 
eritropoetin orqali ta’sir ko‘rsatadi. Eritrotsitlarning parchalanishi jigarda, 
taloqda va suyak ko’migida mononuklear fagotsitar tizim ta’sirida amalga 
oshadi. Eritrotsitlar yemirilishidan hosil bo‘lgan moddalar eritropoezni 
kuchaytiradi. 
Leykotsitlar
.
Leykotsitlar, oq qon tanachalari yadrosi bor, kattaligi 
8 dan 20 mkm gacha bo‘ladi. Katta yoshdagi odamlar periferik qonida 
leykotsitlar miqdori 4,0-9,0 x 10
9
/1, yoki 1 mkl qonda 4000-9000 mingni 
tashkil qiladi. Miqdorining ortib ketishi leykotsitoz va kamayib ketishi 
leykopeniya deyiladi. Fiziologik va patologik (reaktiv) leykotsitoz 
bo’lishi mumkin. Fiziologik leykotsitozda qonning qayta taqsimlanishi 
kuzatiladi va leykotsitlar miqdori sezilarli ko’paymaydi. Fiziologik 
leykotsitoz ovqatlangandan so’ng, jismoniy ish paytida, emotsional 
qo‘zg‘alganda, homiladorlik davrida kuzatiladi. Patologik leykotsitozda 
periferik qonga yetilmagan leykotsitlar chiqarib yuboriladi va bu 
leykotsitlar to‘la shakllanib bo’lmaganligi tufayli o‘z funksiyalarini 
bajara olmaydilar, ya’ni organizmni patogen bakteriyalardan himoya qila 
olmaydi. Leykopeniya radioaktiv fon oshganda va ayrim farmokologik 
dorilar ta’sirida kelib chiqadi. Leykopeniya ayrim yuqumli kasalliklarda 
(sepsis, miliar tuberkulez) ham kuzatiladi. Leykopeniyada organizmning 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
19 
bakteriyalardan himoyalanish xossasi susayadi. Leykotsitlar tuzilishiga 
qarab ikkita katta guruhga: donachali yoki granulotsitlarga va donachasiz 
yoki agranulotsitlarga bo‘linadi. Donachali leykotsitlar neytrofillar, 
eozinofillar va bazofillar, donachasiz leykotsitlar limfotsitlar va 
monotsitlardan iborat. Qanday bo‘yoq bilan bo'yalishiga qarab 
granulotsitlarga nom berilgan: eozinofillar kislotali bo‘yoq (eozin), 
bazofillar ishqoriy bo‘yoq (gematoksilin) bilan bo‘yaladilar, neytrofillar 
esa har ikkala bo‘yoq bilan ham bo‘yaladi. Yetilganlik darajasiga qarab 
metamiyelotsit (yosh), tayoqcha yadroIi va segment yadroli neytrofillarga 
bo‘linadi. Klinikada leykotsitlarning miqdoridan tashqari, ularning 
foizdagi nisbati ham katta ahamiyat kasb etadi, qondagi leykotsitlar har 
xil turlarining foizlardagi nisbati leykotsitlar formula yoki leykogramma 
deb ataladi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish