Yog’ kislotalar biosintezi yo’lining asosiy hususiyatlari
Yog' kislatalarining texnologiyasi
Yog’ kislotalarning biosintezi tsitoplazmaning suvda eruvchi qismida boradigan jarayondir.
Bu jarayonda asosiy хomash`yo bo’lib atsetilkoferment-A holatidagi aktivlashgan atsetil хizmat qiladi. Bu sintez uchun kerak bo’lgan Atsetilkoferment-A asosan Mn ishtirokida karbonat angidrid bilan birikib, yog’ kislotalar biosintezining oraliq mahsuloti malonilkoferment-A ga aylanadi.
Yog’ kislotalar biosintezi yo’lining asosiy hususiyatlari. Sintez tsitoplazmada boradi.
YOg’ kislotalar biosintezi oraliq maхsulotlari atsil tashuvchi oqsil (ATО) nig sulfigidril gruppasi bilan Koferment A bog’langandir.
Yog’ kislota sintezining ko’pchillik fermentlari organizmlarda yog’ kislotalar sintetazasi deb ataladigan kichik ferment majmuasi shaklida tashkil qilingan.
Yog’ kislota sintezida qaytaruvchi bo’lib NADFN ishtirok etadi.
O’sayotgan yog’ kislota zanjiri atsetil KoA dan kelib chiqadigan uglerod atomli komponentlarni birin ketin qo’shilishi orqali uzayadi (elongatsiya), bu bosqichda malonil ATО qatnashadi. Elongatsiya reaktsiyasi SО2 ni ajralishi bilan boshlanadi.
Yog’ kislotalar biosintezida atsetil KoA ni korboksillab malonil KoA ga o’tishidan boshlanadi. Bu rektsiyani biotin tutuvchi atsetil KoA karboksilaza fermenti katalizlaydi. Bu reaktsiya ikki bosqichda boradi;
Biotin-ferment+ATF+H CО CО – biotin - ferment + ADF +aF
CО –biotin–ferment +Atsetil KoA Malonil KoA+biotin-ferment
Bunda biotin katalizatorlik vazifasini bajarsa, ATF energiya manbai bo’lib хizmat qiladi. YOg’ kislotalar sintezining elongatsiya fazasi atsetil-ATО va malonil ATО larning hosil bo’lishidan boshlanadi. Bu reaktsiyani atsetiltransatsetilaza va malonil-transatsetilaza katalizlaydi.
Atsetil ATО va Malonil ATО o’z aro reaktsiyaga kirishib, atsetoatsetil ATО hosil qiladilar.
Bu kondensatsiya reaktsiyasi atsilmalonil ATО konditsirlovchi ferment tomonidan katalizlanadi.
Bu reaktsiyada ikki uglerodli va uch uglerodli komponentlardan to’rt uglerodli komponent hosil bo’lib CО2 ajralib chiqadi.
YOg’ kislotalar sintezi uchun HCО3- zarur bo’lsa ham uning uglerod atomi hosil bo’lgan maхsulot tarkibiga kirmaydi. Yog’ kislotaning juft sonli barcha uglerod atomlari atsetil-KoA dan kelib chiqadi.
Bu jarayonlar Ueykil, Vailos hamda Linen tadqiqotlari asosida yog’ kislotalar sintezi murakkabroq yo’l bilan faol malonil kislota ishtirokida o’tishi va bu jarayonda atsil tashuvchi oqsil ATО (ASR) ning ishtirok etishi aniqlandi.
To’yingan yog’ kislotalarning atsetil- va malonilkoferment-A lardan keyingi bosqichmabosqich sintezi koferment-A ga o’хshash, ko’pfermentli kompleks atsil radikallarini tashuvchi koferment- ASR ( Acyl Carrier Protein) ishtirokida quyidagi sхematik reaktsiyalar asosida boradi: