Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Kvirit- 
qadimgi Rimda to‘la huquqli fuqarolarning rasmiy nomi
Yer katta mulkdorlar qo‘lida to‘planar ekan, mayda yer egalari xonavayron 
bo‘la borgan. Qarzdorlar ko‘paygan, qulchilik, asorat kuchaygan, bu hol esa , 
eramizdan avvalgi 376- 367-yillarda plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi kurash 
yana keskinlashib ketishiga sabab bo‘lgan. Rim an’analariga ko‘ra xalq tribunlari 
Sekstiy bilan Litsiniy har yili bu kurashning borishi aks ettirilgan qonun 
loyihalarini taqdim qilganlar. Bu loyihalarni eramizdan avvalgi 367-yili xalq 


198
majlisi qabul qilib, senat ularni tasdiqlagan va shu tariqa qonun bo‘lib qolgan. Bu 
qonunlar jamoat yerlaridagi egalikni cheklagan. Hech bir kimsa 500 yuger ( 125 
gektar) dan oshiq yerni band qilishga , jamoat yaylovida 100 boshdan oshiq yirik 
qoramol va 500 boshdan mayda chorav o‘tlatishga haqi bo‘lmagan . 
Qarzdorlarning ahvoli birmuncha vaqtgacha yengillashgan. Qarzdor to‘lagan 
foizlar qarz hisobiga o‘tgan. Qarzning qolgan qismi uch yil mobaynida to‘langan. 
Ikki konsul saylash tartibi qayta tiklangan. Ulardan biri albatta plebeylardan 
saylangan. Ammo bu qonunni kambag’al plebeylar qo‘llamagan.
Agrar qonun asosan jamoat yerlarning ko‘p mqismiga egalik qiluvchi 
patritsiylarga qarshi qaratilgan. Qarzlarni qayta ko‘rish to‘g’risida qonun birinchi 
navbatda kambag’al plebeylar uchun foydali bo‘lgan. Ammo keyingi yillarda 
plebeylar bir necha marta qarzlarning foizini kamaytirishni talab qilib chiqqanlar.
Eramizdan avvalgi 326-yili plebeylar yangi qonun qabul qilinishiga 
muvaffaq bo‘lganlar. Bu qonunga ko‘ra “qarz uchun qarzdorning tan-joni emas, 
mol-mulki javobgar bo‘lishi kerak”. Qarz uchun Rim fuqarosini qul qilib sotish 
abadulabad taqiq qilingan. Ancha rivojalngan quldorlik munosabatlariga o‘tish, 
chet el qullarini ekspluatatsiya qilish kuchaygan. Lekin bir qancha olimlarning 
fikricha eramizdan avvalgi 326-yilda faqat o‘z qabiladoshlarinigina qul qilib 
sotish man qilingan, amalda esa qarz asorati keyingi respublika va hatto imperiya 
zamonida ham davom etgan.
Eramizdan avvalgi 312-yilda sensor Appiy Klavdiy ko‘rning faoliyati 
plebeylarning savdo, hunarmandchilik faoliyati uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan ( senzorlar fuqarolarni senturiya va tribalarga bo‘lgan, senatorlarning 
ro‘yxatalrini tuzgan, keyinroq axloq tozaligini nazorat qilgan). Appiy Klavdiy 
savdogar va hunarmandlarning manfaatini ko‘zda tutib, yersiz fuqarolarning 
shahar va qishloq tribalariga kirishiga ruxsat bergan. Shahar plebsi bilan ozod 
qilingan qullarning yeri bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar davlatning siyosiy 
hayotida ishtirok qilish huquqiga ega bo‘lganlar.
Appiy Klavdiy plebsning savdogar av hunarmand tabaqalari yordamida 
Rimdan Kapuyagacha yo‘l qurdirgan ( bu yo‘l ham savdo ham strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan) va o‘n besh kilometr uzunlikda suv quvuri o‘rnattirgan, 
Rimga toza suv o‘sha quvurlardan kelgan.
Eramizdan avvalgi IV asr oxiriga kelib plebeylar har qanday lavozimni ham 
egallay oladigan bo‘lishgan. Ammo plebeylarning siyosiy-iqtisodiy huquqlar 
uchun kurashi faqat eramizdan avvalgi 287-yilda tugagan. Xuddi o‘sha yili 
plebeylar Yangi qo‘l tepaligiga (Tibrning o‘ng qirg’og’i) so‘nggi marta ko‘chib 
chiqqanlar. Plebeylardan bo‘lgan diktator Kvint Gortinziy xalqni tinchlantirish 
uchun triba komissiyalarining qarorlari umumdavlat qonunlari kuchiga ega 
ekanligini yana bir karra takidlab qonun chiqartirgan.
Plebey zodagonlarining asoratga solingan qaram aholini ekspluatatsiya 
qilishga urinishi siyosiy huquqqa ega bo‘lgan plebey aristokratlarini zaiflashib 
qolgan patritsiy qabilalari bilan yaqinlashtirgan, bu esa patritsiy, plebeylar yuqori 
tabaqasining imtiyozli yagona nobillar toifasi bo‘lib qo‘shilib ketishiga sabab 


199
bo‘lgan. Yuridik jihatdan nobillar boshqa erkin fuqarolardan farq qilmagan, 
ammo ular boyonlar bo‘lganliklaridan oily mansablarni ishg’ol qilgan va senat 
tarkibiga kirgan.
Eramizdan avvalgi III asrda plebeylar orasidan yangi toifa- suvorilar toifasi 
tarkib topa boshlagan. Savdo va ijaradorlik bilan mashg’ul bo‘lgan Rimdagi 
aristokratlarning namoyondalari ana shu toifaga mansub bo‘lgan. Suvorilarga 
yuksak mulk senzi ( 1 million ass yoki 400 ming sestertsiy) belgilangan. Bu yangi 
toifaning tashqi alomayi shunday bo‘lganki , ular oltin uzuk va tor qizil chiziqli 
tunika kiyish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin siyosiy hokimyatning butun imtiyozlari 
nobillar qo‘lida qolavergan. Rim plebeylari tubdan o‘zgargan. Endi Rim 
qishloqlari va shaharlarda yashovchi aholining quyi qatlamlarini plebs deb 
ataydigan bo‘ldilar, ular siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalarda, respublika ular 
ichidan chiqqan mansab egalariga maosh bermaganligidan amalda ular 
huquqlardan foydalana olmaganlar. Shunday qilib Rim jamiyatining avvalgi 
plebeylar va patritsiylarga bo‘linishi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Yangi sharoitdagi agrar masala katta yer egalari bilan tamomila xonavayron 
bo‘lishga mahkum mayda yer egalari o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘lgan.
Plebeylarning patritsiylarga qarshi olib borgan kurashining eng buyuk 
yakuni urug’-qabila munosabatlaridan quldorlik davlatiga o‘tish bo‘lgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish