Sport turlari



Download 24,47 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi24,47 Kb.
#447129
Bog'liq
kurs ishi


O’BEKISTON RESPULIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

“SPORT TURLARI” FAKULTETI

“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “Bolalar jismoniy tarbiyasining uslublari”
Bajardi: Matchanova Rima

Ilmiy rahbar: Utepov Azizbek

Nukus-2022
MUNDARIJA


  1. KIRISH

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi

  1. ASOSIY QISM

  1. So’z metodi

  2. Ko’rkazmalilik metodi

  3. Amaliy metod

  1. XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan barcha sohalarda xar tamonlama yuksalish yuz berayotganini tub jismoniy-siyosiy va ma'naviy o'zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma'nfaatlari birinchi o'ringa ko'tarilayotganini, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodlarning ma'naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.


Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko'p qirrali muommosining muxim yo'nalishi xar bir kishida o'z sog'lig'i to'g'risida o'zi qayg'urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o'rta maxsus kasb xunar ta'lim tizimi, maxalla, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g'ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga boʻlgan muxabbatni singdirib qo'yishlari darkor.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 1.A.Karimov "Sog'lom avlod uchun" ordenini topshirish ma'rosimida so'zlagan nutqida: "Biz nastimizning kelajagi - Sog'tom avlod uchun kurashishni boshladik. Shu nom bilan orden ta'sis etdik va maxsus xalqaro jamg'armani tuzdik. Bu bejiz emas albatta. Sog'lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma'naviy boy avlodga ega boʻlgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni xech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog'imiz shart," - deb aloxida ta'kidlagan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarning moddiy-Jismoniy tarbiya metodikasi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Jismoniy tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog’likdir. Jismoniy tarbiya metodikas jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy mashqlarni o’rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko’nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badantarbiya, harakatli o’yin, shuningdek jismoniy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta ahamiyatga ega. Prezidentimizning 2017 yil 3iyundagi “ Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g'risida"gi PQ-3305-son qarori va boshqa sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb ekanligini belgilab beradi.
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M. Mirziyoyev raxbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport soxasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, soxani malakali kadrlar bilan mustaxkamlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonavly tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan bo'lib, bu soxada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa soxalar qatori maxsus jismoniy tarbiya soxasida ham adabiyotlar yaratilishi yo'lga qo'yilgan.
O'quv qo'llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari ochib beriladi, vositalari asoslanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari, taʼlim va tarbiyaning asoslari, jismoniy tarbiya mashqlariga oʻrgatish, xarakatli va sport o'yinlarini oʻtkazish metodikasi, maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishini tashkil etish shakllari ( jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, ertalabki badantarbiya va boshqalar) kabi masalalar yoritiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g’risidagi” Qonuni va “Kdrlar tayyorlash milliy dasturi" ijtimoiy hayotga tobora chuqurroq kirib bormoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilab berilganidek, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va hozirgi kunda faoliyat ko'rsatib kelayotgan kadrlarni qayta tayyorlashdan o'tkazish kabi dolzarb vazifalar o'z yechimini topmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratmoqda.

O'zbekiston Respublikasini kelajakda buyuk davlat darajasiga koʻtarishda sog'lom avlodni tarbiyalash asosiy omillardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni va O'zbekisiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sportga ta'alluqli bir qancha qarorlari yoshlarga jismoniy tarbiya berishda zamonaviy, yangi yo'nalishlarni ochib berdi. Bu esa, o'z navbatida, kadrlar oldiga yangi talablarni qo'yadi -jismoniy tarbiya o'qituvchilari bilim va malakasini yanada takomillashtirishni talab etadi. Chunki umumta'lim maktablari jismoniy tarbiya dasturining milliylashtirilishi, futbol, tennis kabi sport turlari bilan bir qatorda milliy kurash va milliy o'yinlarning oʻquv dasturiga kiritilishi bu sohaga yangicha e'tibor berishga majbur etadi. Bu oliy o'quv yurtlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, ushbu kadrlamning hozirgi kun talablariga javob beradigan bo'lib yetishishlari uchun kasb va malaka ko'nikmalarini puxta egallashlarini talab etadi. Shu maqsadda oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakul'teti talabalari uchun sport turlari va maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha dasturlar ishlab chiqish hozirgi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


O'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy rivojlanishda jismoniy tayyorgarligida va salomatlik darajasida sezilarli salbiy oʻzgarishlar sodir bo'layotganligi munosabati bilan sog'lom, jismoniy jixatdan sog'ligi mustaxkam yoshlarni tayyorlash muommosi alohida muhim ahamiyat kasb emoqda.Bu muommo maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ayniqsa ko'proq ta'luqlidir.
O'zbekiston Respublikasida bir milliondan ziyod maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy soglomlashtirish tadbirlariga jalb qilinmagan, maktablar, hunar - texnika bilim yurtlari o'quvchilarning faqat beshdan bir qismigina darsdan tashqari vaqtlarda jismoniy mashqlar bilan shug'illanadi. O'rta maxsus va oliy o'quv


Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish