Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Rim armiyasi va uning tuzilishi.
Rim respublikasining harbiy sistemasi 
eramizdan avvalgi V asrda Rim jamoasi qo‘shni xalqlarga qarshi uzluksiz urush 
olib borgan sharoitda tarkib topgan.
Avval boshda Rimning butun lashkari legion deb atalgan. Keyinroq ikki 
konsulning har bittasi o‘ziga legion tuzib, unga qo‘mondonlik qilgan. Eramizdan 
avvalgi IV asrda konsul qo‘shini ikki legionga ajratilib, butun armiyada to‘rtta 
legion bo‘lgan.


203
Rimliklar dunyoning boshqa qismidagi odamlarga qaraganda boshqa 
odamlarni o‘ldirishda omadliroq va ta’sirliroq bo‘lishgan. Ular Italiya tizimida 
qo‘lga kiritgan, armiyasi uchun kata mehnat omborini hosil qilgan hamjamiyat 
tashkilotining bir mustahkam harbiy kuchini tashkil etdilar. Bu rivojlanish mil. 
avv. 340-335-yillar oralig’ida o‘zining ittifoqchisi Lotin shahar-davlatiga qarshi 
muvaffaqiyatli yurishi davrida boshlangan
70
.
Konsullar sensor tomonidan tuzib berilgan ro‘yxatga muvofiq xalq majlisi 
oldindan belgilangan kuni askar to‘planga. Har bir legion og’ir qurol-yarog’lar 
bilan qurollangan 3000 askar va yengil qurolli 1200 askardan tashkil topgan. 
Legionga ittifoqchilarning otryadlari ( 5000 piyoda va 900 suvoriy ) ham 
qo‘shilgan. Legion tarkibiga otliq askarlar ham kiritilgan. Ular ko‘proq oti bor boy 
kishilardan tashkil etilgan. Legion xiyla mayda qo‘shilmalardan iborat 30 ta 
manipulaga ajratilgan. O‘z navbatida har bir manipula 60 va 30 kishidan iborat 
ikkita senturiyaga ajratilgan. Legionning manipulalarga bo‘linishi natijasida vu 
ixcham qo‘shilmalar chaqqon harakat qilgan, ayniqasa tog’larni , past- 
balandliklarni uncha qiynalmay oshib o‘tgan. Legion qat’iy o‘rnatilgan tartibda 
saf tortgan Eng oldingi jangovor qatorni yengil qurolli 1200 ta yosh jangchi ( 
nayzabardorlar ) band qilgan. Ikkinchi jangovor qatorni og’ir qurolli, sal kattaroq 
yoshdagi 1200 jangchi tashkil qilgan. Ular prinsepslar (princeps- “ birinchilar” 
yoki “ asosiylar”) deb atalgan. Ulardan nariroqda yana ( og’ir qurolli, ammo xiyla 
tajriba orttirgan, janglarda chiniqqan va sinalgan) 600 ta triariy saf tortgan.
Jangni odatda har bir senturiga qo‘shib berilgan yengil qurolli 
kamalakbozlar, nayzabardorlar otryadi boshlab bergan. So‘ngra gastatlar, 
prinsepslar jangga kirgan va faqat xavfli holat yuz bergan taqdirdagina tiariylar 
jang maydonida hozir bo‘lgan (rimliklarda “ish tiariylargacha borib yetdi” degan 
gap bor) .
Og’ir qurolli jangchining taxta qalqoni bo‘lgan, qalqonning yuzi surp, 
buzoq terisi bilan o‘rab olingan, otilgan tosh va snaryadlardan saqlash uchun temir 
tasmalar kavsharlangan. Jangchilar boshlariga dubulg’a kiygan, ko‘kraklariga mis 
sipar bog’lagan, ba’zan savat kiygan, oyoqlariga esa ko‘n bo‘laklaridan 
o‘raganlar. Kiyimga ko‘n ishlatish arzon tushgan va harakat uchun yengil bo‘lgan. 
Legionerning hujum qurollari birmuncha mukammallashtirilgan bo‘lgan. U 
sanchish va chopish uchun mustahkam shamshir, dushmanga uzoqdan otish uchun 
og’ir va yengil nayzalar bilan qurollangan bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asr 
oxirlarida legionerlarning asosiy quroli pilum deb atalgan otadigan qurol, uchi 
o‘tkir ingichka temir tayoq bo‘lgan. U dushmanning sovuti va qalqonini teshib 
o‘tgan.
Legionlarga konsullar, legatlar ( konsullarning urushdagi yordamchilari ) 
va harbiy tribunlar qo‘mondonlik qilgan. Tribunlar otryad boshliqlarini urushda 
ish ko‘rsatgan boshliqlardan tayinlagan, ular senturionlar deb atalgan. 
Senturionlar yordamchilarini o‘zlari tanlab olganlar.
70
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.262.


204
Rimliklar eramizdan avvalgi III asrda ellinistik texnika bilan tanishib, 
ulardan qamal qurollarini ishlatishni o‘rganib olganlar. Qo‘rg;onlarni qamal 
qilganlarida ular manjaniqlardan, g’ildirakli qamal minoralari, o‘q-yoy va 45 
burchak ostidagi g’o‘lalarni ham ishlatganlar.
Legionlar to‘xtab turgan paytlarda rimliklarning qulay lager qura 
bilganliklari harbiy san’atda faxrlansa arziydigan mahoratdir. Ularning lageri bir-
birini kesib o‘tgan ikki chiziq bilan bo‘lingan to‘rtburchak hosil qilgan. Bu 
chiziqlar lagerning katta ko‘chalari bo‘lib, ko‘cha boshlariga darvozalar qurilgan. 
Legion qo‘mondonining chodiri, qurbongoh va majlisgoh lagerning qoq 
markazida bo‘lgan. Lager suv va oziq- ovqat bilan ta’min etiladigan katta 
ko‘chalardan biriga parallel tarzda tribunlarning chodirlari va ulardan 100 fut 
narida legionerlarning chodirlari joylashtirilgan. Xandaq, ko‘tarma va qoziq devor 
bilan o‘rab olingan hamda soqchilar qo‘riqlab turadigan lager dushman hujumidan 
yaxshi himoya qilingan va xavf-xatardan holi bemalol dam oladigan joy bo‘lgan. 
Rimliklar puxta o‘ylab ishlanilgan rag’batlantirish tadbirlari va jazo choralari 
vositasi bilan legionerlar orasida qattiq intizom o‘rnatganlar. Konsul jangda ish 
ko‘rsatgan jangchini askarlarlar orasida maqtab , faxriy nayza, oltin yoki kumush 
bilakuzuk, bronza sovut bilan mukofotlangan. Rim fuqarosini o‘limdan qutqargan 
jangchi eman bargidan yasalgan chambar bilan, qamal qilingan shahar devoriga 
yoki dushman kemasiga birinchi bo‘lib chiqqan va dushman lageriga birinchi 
bo‘lib qadam qo‘ygan jangchi esa oltin chambar bilan mukofotlangan. Ammo yer 
uchastkasi legionerlar orzu qilgan eng zo‘r mukofot bo‘lgan.
Harbiy boshliqlar aybli ish qilib qo‘ygan jangchini jazolashga haqli 
bo‘lganlar. Jangda qurolini yo‘qotib qo‘ygan jangchini tribunlar kengashi hatto 
o‘lim jazosiga ham hukm qilgan. Jang vaqtida chekingan yoki qo‘zg’olon qilgani 
uchun qo‘mondonlar eski “ detsimatsiya” odatini qo‘llaganlar, ya’ni chek tashlab 
har o‘n jangchidan birini qatl qilganlar.
Mayda ziroatchilar bilan to‘ldirilib turadigan Rim respublikasining 
armiyasi intizomli va yaxshi qurollangan bo‘lgan. Bu armiya eramizdan avvalgi 
III-II asrlarda ellinistik davlatlarning armiyalarini ham tor-mor keltirgan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish