206
bilan ittifoqchilik munosabatlarini tiklaganlar. Janubiy etruriya ham
bo‘ysundirilgan. So‘ngra uzoqqa cho‘zilgan samniy urushlari boshlangan. Bu
qabilalar o‘rta Italiyaning bir qismi bo‘lgan, sharoiti o‘gir, Samniumda
yashaganlar. Samniylar chorvachilik (ayniqsa, yilqichilik ) , ovchilik bilan
mashg’ul bo‘lgan, ular temirga ishlov berishni bilganlar.
Ular sirakuza bilan
Karfagenni yollanma qo‘shinlar bilan ta’min etib turgan, bu qo‘shinlar o‘zlarining
yuksak jangovarlik sifatlari bilan nom chiqargan. Samniy drujinalari talonchilik
maqsadida boy Kampaniya shaharlariga hujum qilib turgan. Eramizdan avvalgi
IV asr o‘rtalarida ular bilan Kampaniya viloyatida yashovchi qabilalar o‘rtasida
doim urush bo‘lib turgan. Rimliklar ana shu urushlardan Gall- xo‘roz deganidir.
Keltlar dubulg’alariga xo‘roz patlarini qadab qo‘yganliklari uchun rimliklar ularni
masxaralab shunday nom berganlar.
foydalanib samniylar federatsiyasiga qarshi urush olib borganlar, ular bu
kurashlari natijasida samniylarni surib chiqarib unumdor Kampaniya yerlarini
shuningdek, samniylar ishg’ol qilib turgan yerlarni
ham tortib olish orzusida
bo‘lganlar. Eramizdan avvalgi 343-341-yillarda samniylar bilan bo‘lgan birinchi
urush natijasida Rimliklar Kampaniyani o‘zlariga bo‘ysundirganlar.
Eramizdan avvalgi 340-338-yillarda latin ittifoqiga kirgan shaharlar bilan
Rim o‘rtasida latin urushi bo‘lib o‘tgan. Latin urushiga sabab latin shaharlarining
Rim gegemonligini ag’darib tashlashga, uni latin ittifoqining oddiy a’zosiga
aylantirishga uringanliklari , shuningdek, latinlar bilan rimliklarning
Kampaniyadan manfaatdorliklari to‘qnash kelganligi bo‘lgan,
negaki
Kampaniyaning unumdor yerlari rimliklarning ham, latin plebslarining ham
diqqatini jalb qilib kelgan. Latin shahalari bilan Italiya qabilalari ittifoq bo‘lib
Rimga qarshi chiqishgan. Lekin rimliklar kampaniyaliklar bilan bir tomonlama
sulh tuzib bu ittifoqni bo‘shashtirishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu sulhga muvofiq
Kapuya zodagonlariga Rim fuqarosi huquqi berilgan. So‘ngra latinlar bilan
volsklarning qarshiligi sindirilgan. Latsiya saharlari Rimga qaram bo‘lib qolgan.
Ulardan ba’zilari Rim fuqaroligi huquqiga ega bo‘lgan,
boshqalari hamma
huquqlarda rimliklar bilan teng qilingan bo‘lsalar-da, komissiyalarda ishtirok
qilishga haqlari bo‘lmagan. Kurashda qattiq qarshilik ko‘rsatgan shaharlar o‘z
hududlarining bir qismini Rimga berishga majbur bo‘lgan. Volsklarning
shaharlari koloniyalarga aylantirilib, volsklarning o‘zlari tog’lik joylarga surib
yuborilgan.
Samniy qabilalarining federatsiyasi Rimning Italiya
markazida birdan-bir
dushmani bo‘lib qolgan. Samniylar bir qancha itlatiy qabilalaridan Rimga qarshi
ittifoq tuzganlar. Ikkinchi samniylar urushi boshlangan(Eramizdan avvalgi V327-
304-yillarda davom etgan) . Rimliklar Kampaniyada g’alaba qilgandan keyin
Samniyumga bostirib kirganlar. Bu yerda eramizdan avvalgi 321-yilda samniylar
Kavdiy shahri yaqinida tor o‘rmon daraligida ikki konsulning armiyasini ham
qurshab olganlar. Rimliklar og’ir shartlar bilan taslim bo‘lganlar va Samniumni
tashlab chiqishga va’da berganlar. “Rim shavkatiga
va Rimning harbiy ruhiga
qat’iy barham berish uchun” barcha Rim jangchilari ulardan tortib olingan qurol-
207
yarog’larda terib solingan o‘ziag xos g’alati darvoza tagidan- “zulm tagi” dan
o‘tkazilgan.
Ammo rimliklar va’dalariga vafo qilmay urush harakatlarini yana boshlab
yuborganlar va bu urush rimliklar foydasiga burilish bo‘lmaguncha davom
etavergan. Eramizdan avvalgi 304 yilda tuzilgan sulh shartnomasiga muvofiq
Kampaniya rimliklarga o‘tgan.
Uchinchi samniylar urushi (eramizdan avvalgi 298-290-yillar ) juda ham
katta qiyinchiliklar bilan o‘tgan . Samniylar yana ittifoq tuzganlar. Bu ittifoqqa
etrusklar , gallar, umbralar kirgan. Ular Rimga qarshi “g’azot” urushini e’lon
qilganlar. Oq bo‘zdan tikilgan motam kiyimlarini kiygan samniylar g’oyat zo‘r
sabot bilan urush qilganlar. Ammo yaxshi tashkil etilgan Rim polisi qo‘shinlari
g’alaba qilgan. Eramizdan avvalgi 288-yilda huvillab qolgan,
qonga belangan,
shafqatsizlik bilan g’azot qilingan va kuydirilib vayron etilgan Samniumni
Rimliklar o‘zlariga bo‘ysundirganlar.
O‘sha yillar ichida rimliklar shimoliy Italiyani ham o‘zlariga tobe qilganlar.
Shuningdek, etrusk shaharlari ham Rim ittifoqchilariga qaram bo‘lib qolgan.
Urushlar natijasida eramizdan avvalgi IV asr o‘rtalariga kelib butun o‘rta
Italiya , ya’ni Po daryosidan tortib to Lukaniya chegarasigacha bo‘lgan yerlar Rim
hukmronligi ostiga o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: