Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi.
Eramizdan
avvalgi
V-III
asrlarda
Rim
davlat
tuzumining
shakllanishjarayoni davom etgan. Aslida Respublika so‘zi
“umumxalqishi”ma’nosinianglatsada,
aslidahaligachauchyuzkishidaniboratsenatningta’sirikuchliedi.
Xalq majlisi ( komitsiyalar ), magistraturalar va senat davlat hokimiyati
organlari bo‘lgan. Ota-onasi fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan to‘la huquqli Rim
fuqorolarining jamoasi bo‘lmish rim xalqi (populis Romanus) oily hokimiyat
egasi bo‘lgan. Rasmiy jihatdan Rim fuqarolari xalq majlisi ( Komitsiyalar) da
ishtirok qilishga , davlat lavozimlariga saylanishga , mulkka egalik qilishga , Rim
qo‘shinida xizmat qilishga haqli bo‘lganlar.
Rimda uch xil komitsiya bo‘lgan. Eng qadimgi komitsiya- qur’ali majlis
bo‘lib, u faqat rasmiy jihatdan ijro qiluvchi oily hokimiyatni- “ imperiya-
magistratlar”ga topshirish va oila munosabatlariga doir ba’zi masalalarni hal
qilish huquqiga ega bo‘lgan xolos. Ilk respublika davrida komitsiyalar o‘zining
siyosiy ahamiyatini yo‘qotgan.
Xalq majlislarining boshqa turi bo‘lmish senturiya komitsiyalari katta o‘rin
tutgan. Dastlab ular shahar lashkarlarining yig’inidan iborat bo‘lgan, keyinchalik
patritsiy va plebeylarning senturiya va mulkiy darajalariga qarab chaqiriladigan
majlislarga aylangan. Senturiya majlislarini oily mansab egalari chaqirgan va u
majlislar shahardan tashqari Mars maydonida o‘tkazilgan. Majlis qaroriga tegishli
masalani magistrat qo‘ygan va u ovoz berishni idora qilgan. Ovoz berish dastlab
senturiya ichida o‘tkazilgan, so‘ngra maxsus hisobchi “tarafdor” yoki qarshi ovoz
200
bergan senturiyalar sonini hisoblab chiqqan. Butun ko‘pchilik ma’lum bo‘lishi
bilan ovoz berish to‘xtatilgan.
Senturiya komitsiyalari Rim xalqining irodasini ifoda qilgan: ular oily
mansab egalari bo‘lmish konsullar, pritor, senzorlarni saylagan, jinoiy ishlarni
tekshirgan, urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilgan. Triba
komitsiyalari ( tribalar bo‘yicha chaqiriladigan majlislar ) eramizdan avvalgi III
asrda Gortenziy maxsus qonun chiqarib ularning qonun chiqarish huquqini tasdiq
qilgandan keyingina katta ahamiyat kasb etadigan bo‘lgan. Bu komitsiyalar
senturiya komitsiyalariga qaraganda xiyla xalqchil bo‘lgan, negaki u majlislarga
senzlardan qat’iy nazar Rimdagi barcha fuqarolar qatnashganlar. Senturiyada
ovoz berish tartibi qanday bo‘lsa, triba majlislarida ham shunday bo‘lgan. Triba
majlislari odatdagi qonun chiqarishga doir masalalarni hal etgan, quyi
mansabdorlarni saylagan, ba’zi bir jinoiy ishlarni ko‘rgan.
Rim xalq majlislari tizimi demokratik negizda qurilmagan. Faqat
magistrlargina Rim xalq majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan. Xalq
majlislarining hech qaysisi qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish huquqiga ,
biron bir taklifni muhokama qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmagan.
Senturiya majlislariga qatnashuvchilarning holatini belgilab bergan senz prinsipi
ham nodemokratik bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrning so‘nggi yarmigacha
ochiq ovoz berilib , bu tartib ba’zi davlatmand kishilarning ba’zi majlis
qatnashchilariga tazyiq qilishlariga imkon tug’dirgan. Amalda xalq rim
davlatining konstitutsiya asoslarini o‘zgartirishga ta’sir qila olmagan.
Ijro qiluvchi hokimiyat bir yil muddatga xalq saylab qo‘yadigan
mansabdorlar – magistratlar qo‘lida bo‘lgan. Magistratlar bajargan vazifalari
evaziga hech qanday haq olmagan ( bu vazifalar fuqaroning faxrli ishi deb
hisoblangan ) , haq olmasliklari ustiga yana ( saylangunga qadar) ziyofatlarga va
fuqorolarga beriladigan sovg’alarga o‘z mablag’larini sarflashga majbur
bo‘lganlar. Magistratlikning ba’zi vazifalarini bajarish ham xarajatlar bilan
bog’liq bo‘lgan. Demak, Rimda yashovchi har bir fuqaro rasmiy jihatdan har
qanday lavozim egasi bo‘lishga haqli bo‘lsa-da, aslida magistratlik mansabini
faqat boy kishigina egallay olgan.
Rim magistratlari faqat jamoaviy tarzda ish ko‘rgan, ya’ni qarorlar faqat bir
ovozdan qabul qilingan. Magistrat o‘z sheriklarining qarorlaridan rozi bo‘lmagan
taqdirda norozlik (Veto) bayon qilgan, bundan keyin qaror qonuniy deb
hisoblanmagan. Ba’zan magistratlarning jamoaviychiligi ularning
vazifalarni almashishlari (masalan, magistrat bir oy harbiy ishlar bilan, ikkinchi
oy fuqarolik ishlari bilan mashg’ul bo‘lishi) va ish doiralari qat’iy
chegaralanganligi bilan yo‘q qilingan.
Magistrat daxlsiz shaxs bo‘lgan. U o‘zining vakolat muddati tugamaguncha
javobgarlikka tortilmagan. Faqat xalq unga vakolatni tark qilishni taklif etishga
haqli bo‘lgan.
Magistratlik odatdan tashqari (favqulodda ) va odatiy (oddiy yoki doimiy)
magistratlikka bo‘lingan. Odatdan tashqari magistrlar (diktator, triumvrlar va
201
detsemvirlar) alohida holat, davlatda biror xavf-xatar yuz berganda ( dushman
bostirib kirgan, fuqarolar urushi boshlangan taqdirda ) saylangan yoki
tayinlangan. Diktator tayinlash to‘g’risida faqat senat qaror qilishi mumkin
bo‘lgan. Ba’zi hollarda senturiya komitsiyalari bevosita diktator tayinlash
huquqiga ega bo‘lgan.
Diktator birdan bir nojamoaviy magistratlik bo‘lgan. Harbiy va fuqarolik
hokimiyati olti oy davomida diktator qo‘lida bo‘lgan, uni sudga tortish mumkin
bo‘lmagan, xalq tribunlarining noroziligi unga ta’sir qilmnagan. Ammo diktator
ta’sis qilinayotganida magistratlar avvalgiday o‘z huquqlaridan foydalanganlar.
Diktatorning o‘z oily nishoni bo‘lgan: uni doim 24 ta faxriy soqchi (liktor) kuzatib
yurgan.
Odatda oily magistrlik 2 ta konsul, pretorlar, senzorlar va odatda
tribunlardan, quyi magistratlik- edillar va kvestorlardan iborat bo‘lgan. Rim
respublikasining oily mansabdorlari bo‘lmish konsullar har yili senturiya
kompaniyalarida saylangan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati konsullar qo‘lida
bo‘lgan. Konsullar qo‘shin to‘plagan, ularga qo‘mondonlik qilgan, bir qism
harbiy tribunlarni tayinlagan. Fuqarolik hokimiyatiga ega bo‘lgan konsullar
senatni, xalq majlislarini chaqirgan, ularning qarorlarini bajargan, mansabdorlarni
saylash ishiga rahbarlik qilgan. Konsullar kollegial hokimiyat bo‘lgan.
Konsullardan biriga yakka hokimiyat berish ( qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish)
masalasi qur’a tashlash yo‘li bilan yoki konsullarning o‘zaro kelishishi yo
bo‘lmasa senat qarori bilan hal qilingan.
Pretorlar sud ishlari bilan shug’ullangan (sud komissiyalarida raislik
qilgan), viloyatlarni boshqargan va konsullar yo‘q paytda o‘rnini bosgan va senat
topshirig’i bilan legionlarga qo‘mondonlik qilgan.
Ikkita sensor (odatda sobiq konsullardan) besh yilda bir marta 18 oy
muddatga senturiya komissiyalari tomonidan saylangan. Ular har besh yilda bir
marta senz belgilagan: baarcha fuqaro;arni ro‘yxatga olgan, har bir fuqaro bilan
shaxsan suhbatlashib uning mulkiy ahvolini bilgan va tegishli mulkdorlik darajasi
ro‘yxatiga kiritgan hamda tribalarga bo‘lgan. Senzorlar kim oshdi savdosi bilan
besh yil muddatga davlat mulklari daromadini to‘plash huquqini va boj to‘plash
huquqini sotganlar. Rim fuqarolarining axloq tozaligini nazorat qilish ham
senzorlar zimmasiga yuklangan.
Xalq tribunlari har yili triba yig’inlarida saylangan. Boshqa magistratlar
shaxsi singari tribun shaxsi ham umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan. Har bir
xalq tribune senat yoki mansabdorning qaroriga norozilik bildira olgan va demak,
o‘ziga yoqmagan ishga yo‘l qo‘ymagan. Tribun tribalarda xalq yig’inlarini
chaqirishga haqli bo‘lib, bu yig’inlarda raislik qilganlar. Tribun vakolati Rim va
uning atrofi bilangina chegaralangan.
Kichik magistratlardan bo‘lmish edillar shaharda tartib saqlanishini nazorat
qilib, shahar soqchilariga boshchilik qilganlar, obodonlikni kuzatganlar,
shaharning oziq- ovqat bilan uzluksiz ta’min bo‘lishiga javobgar bo‘lganlar, xalq
tomoshalari va bayramlarini tashkil qilganlar.
202
Kvestorlar ham kichik magistratlarga mansub bo‘lgan. Ular triba
komissiyalarida saylangan. Kvestorlar xazinachilik vazifasini bajarishgan, davlat
arxivini qo‘riqlashgan, viloyat hokimlariga yordamchi bo‘lganlar va harbiy
xazinaga mudirlik qilganlar.
Har bir magistrat ixtiyorida ko‘pdan ko‘p xattotlar, liktorlar , jangchilar
hamda ozod qilingan qullardan va davlat qullaridan iborat boshqa xizmatchilar
bo‘lgan.
Senat Rim respublikasining oily davlat organi bo‘lgan. Eramizdan avvalgi
I asr boshlarigacha senat 300 kishidan iborat bo‘lib ularning ko‘pini nobillar
tashkil etgan. Senatorlarni sobiq magistratlardan ularning darajasiga qarab: avvalo
sobiq diktatorlarni, ulardan keyin sobiq konsullarni keyin sobiq pretorlar va
hakozolarni senzorlar tayinlagan. Senatni faqat oily magistrlargina chaqirishga
haqli bo‘lgan. O‘sha magistrlar senat majlislarida raislik qilgan.
Senat g’oyat katta huquqlarga ega bo‘lgan. U komissiyalar turli lavozimlarga
tayinlagan shaxslar to‘g’risidagi qarorlarni tasdiqlagan, tashqi siyosatga ,
moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan, davlat mulkini idora qilgan, diniy ishlarni
kuzatib borgan. Senat respublikaning harbiy hayotiga bosh bo‘lgan: askar to‘plash
muddatini , qo‘shinning tarkibini, lashkarboshilarning vakolatini belgilagan,
urush olib borayotgan magistratning ishlarini nazorat qilish uchun o‘zining
elchilarini yuborgan.
Rim respublikasi o‘ziga xos aristokratlar respublikasi bo‘lgan. Xalq
majlisining jo‘nligi va bo‘shangligi , magistratlarning bepul ish qilishi, senatning
nihoyatda katta ta’siri Rim respublikasining muhim xislatlaridir. Buning sababi
shuki , avvalo, Rim fuqarolarining ko‘pchiligi doim tarqoq va durustroq
uyushmagan ziroatchilardan iborat bo‘lganligi, ikkanchidan, eramizdan avvalgi
V-IV asrlardagi tarixiy sharoitlarning o‘ziga xosligi , shuningdek, Rim
respublikasining yerlari faqat urushlar tufayligina kengayib borganligidir.
Uzluksiz davom etgan urushlar, muttasil talonchilik davlat tashkilotiga qattiq
ta’sir ko‘rsatgan, davlat harbiy xarakter olgan. Eng e’tiborli xalq majlislari
senturiya komissiyalari bo‘lib, boshda ular odatdagi askarlar yig’inidan iborat
bo‘lgan. Fuqarolar butun qurol- yarog’larini osib, 17 kunlik zaxira oziq-ovqat
bilan senturiya komissiyalariga kelishgan. Tribunlardan boshqa magistratlarning
hammasi harbiy boshliqlar lavozimida bo‘lgan, legionlarga qo‘mondonlik qilgan
yoki hech bo‘lmasa, urush olib borishga bevosita aloqasi bo‘lgan boshqa biron bir
vazifani bajargan. Senat ham asosan harbiy ishlarga rahbarlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |