Plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi.
Plebeylar borgan sari
mashhur bo‘lgan hunarmandlik va savdo- sotiqning rivojlanishi Rim plebsining
tabaqalanishiga olib kelgan. Plebeylar orasidan boy savdo- hunar zodagonlari
ajralib chiqqan. Ikkinchi tomondan yo‘qsul plebeylar soni ko‘payib borgan.
Patritsiylarning urug’doshlik tashkilotlariga kirmagan plebeylar xususiy mulk
195
tariqasida juda katta yer uchastkalariga ega bo‘lgan . Urushlar, hosilning bo‘lmay
qolishi hollari, istilo qilingan oblastlardan aholining bir qismi Rimga ko‘chirib
keltirilishi va aholining tabiiy o‘sishi natijasida umuman yer kam bo‘lgan Rimda
yersiz plebeylar soni o‘sib borgan . Ko‘p plebeylar o‘z yerlarini ko‘pincha urug’
zodagonlaridan bo‘lgan sudxo‘rlarga garovga qo‘ygan. Qarzini to‘lay olmagan
qarzdorlar yerga egalik huquqidan mahrum bo‘lgan. Qarz bergan sudxo‘r shavqat
qilib qarzdorni o‘z yerida qoldirgan taqdirda ham ijarachi sifatida , u o‘zining
shaxsiy erkinligini garovga qo‘ygan. Patritsiylar , shuningdek boy plebeylar o‘z
qarzdorlarini asoratga solganlar. Ular qarzdorlarni Tibr daryosining narigi
tomoniga , ya’ni Rim jamoasidan tashqariga qul qilib sotib yuborishga haqli
bo‘lgan .
Plebeylarning ana shu tariqa tabaqalanishi natijasida sinfiy kurash
keskinlashib ketgan.
Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Rim plebsi butun Rim jamoasiga qarashli
jamoat dalasidagi yerlarni bo‘lib olishga uringan. Jamoat dalasi esa mag’lub
bo‘lgan xalqlardan rimliklar tortib olgan yerlar hisobiga o‘sib borgan ( mag’lub
bo‘lgan xalqlar barcha yerining 1/3 dan to 2/3 gacha tortib olingan ) . Lekin jamoat
yerlarini faqat patritsiylargina band qilishlari mumkin bo‘lgan. Ammo plebeylar
jamoat yerlarini band qilishi huquqiga ega bo‘lishi uchun ular siyosiy huquqda
patritsiylar bilan teng bo‘lishga erishishlari lozim bo‘lgan.
Shunday qilib plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi iqtsodiy jihatdan
yer uchun kurash bo‘lgan. Qashshoqlashgan plebeylar qarz asorastini bekor qilish
talablarini agrar masalalar bilan qo‘shib olib borganligidan ularning bu kurashi
murakkablashgan.
Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda plebeylar ham iqtisodiy, ham siyosiy
jihatdan patritsiylar bilan teng huquqga ega bo‘lish uchun uzoqqa cho‘zilgan
kurash olib borganlar. Patritsiylar qanday grajdanlik huquqiga ega bo‘lsalar,
plebeylar ham ana shunday huquqlarni talab qilganlar . Bu huquqlar :
magistratura ( mansablar ) ga ega bo‘lish, senatda o‘rin egallashdan iborat bo‘lgan
. Rivoyatlarga ko‘ra plebeylarning patritsiylar bilan kurashi eramizdan avvalgi
494- yilda boshlangan. Ekvlar bilan urush vaqtida qarzga botgan plebeylar Rim
qo‘shinida xizmat qilishdan bosh tortib , Rimdan chiqib ketishgan va Muqaddas
tog’da lager qurib o‘tirishgan . Plebeylar ketishi bilan armiya zaiflashib qolishidan
qo‘rqqan patritsiylar yon berishga majbur bo‘lishgan. Plebeylarning o‘z mustaqil
tashkilotlarini tuzish huquqi tan olingan . Eramizdan avvalgi 493-yilgan boshlab
ular har yili o‘z o‘rtalaridan ikkita zalq tribune saylaydigan bo‘lishgan . Senat va
magistratning plebs manfaatiga zarar keltiradigan qarorlarni tribunlar to‘xtatib (
Veto ) qo‘yishga haqli bo‘lganlar. Shunday qilib tribunlarning vazifasi patritsiylar
magistrati va senatning o‘zboshimchaligidan plebsni himoya qilishdan iborat
bo‘lgan . Dastlab 2 tribun saylangan , so‘ngra ( so‘ngra shahar tribalarining soniga
qarab ) 4 tribun , keyinchalik 10 tribun saylanadigan bo‘lgan .
Eramizdan avvalgi V asrning birinchi yarmi o‘rtalariga kelib plebeylar
agrar masalani hal qlishga uringanlar . Eramizdan avvalgi 486-yil konsul Snuriy
196
Kassiy urush vaqtida tortib olingan yerlarni plebeylarga bo‘lib bermoqchi
bo‘lgan. Ptritsiylar konsulni zulmda ayblashgan . Ammo eramizdan avvalgi
456yilda xalq tribuni Itsiliy Avsitin tepaligidagi yerlarni kambag’allarga bo‘lib
berish to‘g’risida qonun chiqargan.
Eramizdan avvalgi V asr o‘rtalarida plebeylar katta g’alabaga erishganlar .
Ular amaldagi huquqlarning yozib qo‘yilishiga muvaffaq bo‘lishgan. Eramizdan
avvalgi 451-yilda 10 patritsiydan ( detsemvirlardan ) iborat komissiya tuzilgan ,
bu komissiya yozma qonunlar majmuasini tuzishi lozim bo‘lgan . Ammo
komissiya bir yil ichida bu ishni qilib ulgurmagan va eramizdan avvalgi 450- yilda
yana 10 ta detsemvir ( 5 tasi patritsiylardan , 5 tasi plebeylardan ) saylangan. Ular
amaldagi huquq normalarini yig’ib tartibga solganlar . Eramizdan avvalgi 449-
yilda 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonunlar forumga qo‘yilgan .
XII jadval qonunlarining qabul qilinishi Rim plebsining katta g’alabasi
bo‘lgan. Patritsiylar va plebeylar uchun umumiy bo‘lgan qonunlar plebeylarni
patritsiylarning o‘zboshimchaligidan qo‘riqlashi lozim bo‘lgan.
XII jadval matnining haqiqiy nusxasi saqlanmagan. Bu matn keyingi
mualliflarning asarlaridagi sitata va naqllaridan tiklangan. Shunday bo‘lsa-da,
eramizdan avvalgi 451-450-yilarning qonuni qimmatli manba bo‘lib, hali
urug’doshlik tuzumi normalarining ta’sirini saqlab turgan Rim ilk respublika
jamiyatidagi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni tasavvur qilishga imkon beradi.
Qonunda yer va mol-mulk xususiy mulk hisoblanib , uni me’rosxo‘rga
vasiyat qilib qoldirish mumkin bo‘lgan. Ammo bundagi ba’zi moddalarda
urug’doshlikka xos ba’zi xislatlar aks ettirilgan. Masalan, rimlik o‘lsa-yu vasiyat
qoldirmagan bo‘lsa, kognatlar bo‘lmasa agnatlar qo‘liga, ular ham bo‘lmasa
qarindoshlar “merosxo‘r” bo‘lgan. Qonunlarda kviri mulkining , yer va
mevalarning daxlsizligini buzgan kishilarga qattiq jazolar ko‘rsatilgan. Birovning
ekin yerini kechasi payhon qilgani uchun jarimaga solingan.
Qonunlar jamoa yerlaridan foydalanish tartiblarini ham qattiq qo‘riqlagan. Yer
egasi sun’iy sug’orish yo‘llari qurib suvning tabiiy oqimini o‘zgartirishga haqi
bo‘lmagan.
Yer mulkchiligiga doir umumiy moddalarning xarakteri eramizdan avvalgi
V asrda mayda yer egaligi ustun bo‘lganligidan dalolat beradi.
Qonun qattiq qarz huquqining amalda bo‘lganligini takidlaydi. Qaez bergan
kishi o‘ziga qarzdor bo‘lgan kishini jamoadan tashqariga , Etruriyaga sotib
yuborishga haqli bo‘lgan. Demak, qarzdor butun umr qul bo‘lib g’urbatda
o‘tishga mahkum qilingan. Bundan tashqari qarzdorni o‘ldirishga ham yo‘l
qo‘yilgan. Qonunda qullar bilan ba’zi guruh kishilar o‘rtasida – qullar qatoriga
kirmasa ham qaram bo‘lgan, chunonchi, erkka qo‘yib yuborilganlar va kliyentlar
o‘rtasida aniq tafovut belgilanmagan. Masalan, qulni mayib qilgani uchun
to‘lanadigan jarima erkin kishini mayib qilganligi uchun to‘lanadigan jarimaning
yarmini tashkil qilgan, ya’ni qul bilan erkin kishi nisbatan teng qilingan. Boshqa
bir modda ham xuddi shunday : Biron narsaga yetkazilgan ziyonni qul egasi emas,
qul to‘lashi lozim bo‘lgan. Ammo qonunda qulni qul egasining jabr-zulmidan
197
himoya qilishga doir modda yo‘q. Qonun oila a’zolariga nisbatan oila
boshlig’ining cheksiz hokimiyatini o‘rnatgan. Oila boshlig’I urug’ boshlig’i kabi
oila a’zolarining hayotiga xo‘jayinlik qilgan, qilingan nojo‘ya ish uchun hamma
oila a’zolariga , shu jumladan qullarga ham jazo bergan. Masalan, ota o‘z og’lini
uch marta qul qilib sotishga haqli bo‘lgan, shundan keyin o‘g’il otaning hukmidan
holi bo‘lgan. Rim oilasida ayol tamomila huquqsiz bo‘lgan. Shunday qilib,
eramizdan avvalgi 450-yilgi qonun patriarxal xarakterdagi qulchilik to‘g’risida
ma’lumot beradi.
XII jadval qonunlari Rim fuqarosining huquqlarini himoya qilgan. Qonun
uni sud qilmasdan jazolashni ta’qiqlagan: o‘lim jazosi to‘g’risidagi hukmni faqat
senturiat komissiyalarigina chiqarishi mumkin bo‘lgan. Fuqarolik va jinoyat
huquqlarida patritsiylar bilan plebeylarning tengligi o‘rnatilgan bo‘lsa-da ,
tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlar haqida juda kam gapirilgan.
XII jadval qonuni chiqarilgandan keyin plebeylarning patritsiylarga qarshi
kurashi yana yangi kuch olgan. Eramizdan avvalgi 449-yilda Valeriy bilan
Goratsiy konsulligi vaqtida qabul qilingan qonunlarga muvofiq olebeylar yangi
siyosiy huquqlarga ega bo‘lganlar. Ular o‘lim jazosiga hukm qilingan har bir kishi
xalq majlisiga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan. Xalq tribunlarining shaxsiy
daxlsizligi takidlangan.
Eramizdan avvalgi 445-yili xalq tribune Kapuleyning taklifi bilan qabul
qilingan qonunda ilgari patritsiylar bilan plebeylar o‘rtasida nikohning ta’qiq
etilganligi bekor etilgan. Plebeylarning oily magistrlik- konsul lavozimini
egallashlariga yo‘l qo‘yish to‘g’risida Kapuley taklif qilgan qonun loyihasi esa
rad etilgan. Ammo eramizdan avvalgi 444-yildan e’tiboran konsul hokimiyatiga
ega bo‘lgan harbiy tribun saylanadigan bo‘lgan. Yangi magistrliklar teng kollegial
hokimlikka ega bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi V asr oxiri va IV asr boshlarida plebeylar va patritsiylar
o‘rtasidagi kurash bir qancha vaqtlar davomida o‘z keskinligini yo‘qotgan, chunki
bu vaqt Rim etrusk , volsk va ekvlarga qarshi hujmkorlik urushi pallasiga kirgan.
Eramizdan avvalgi IV asr boshlarida Rim Markaziy Italiyani qiyratib tashlagan
gallar istilosini boshidan kechirgan. Gallar chiqib ketgandan keyin rimliklar
Latsium bilan Janubiy Italiyada o‘z ta’sirlarini harbiy yo‘l bilan tiklaganlar.
Urushlar natijasida yer fondi (jamoat dalalari) o‘sgan, bu fondning katta
qismi bo‘linmay qolgan. Rim fuqarolari bu yerlarni bemalol egallash huquqiga
ega bo‘lgan, natijada katta yer egeliklari ko‘paygan, bu yerlarning ko‘p qismi esa
patritsiylar qo‘liga o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |