194
Patritsiylarning quldorlik respublikasi e’lon qilinganligi bilan ijtimoiy
tuzumda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan.
Ilk respublika davrida Rim.
Rim ilk respublika davrida polis bo‘lgan,
yani erkin quldorlardan iborat grajdanlar jamoasi bo‘lgan . Oila ( familiya ) Rim
jamoasi hayotida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan .
Oila bir- biri bilan qon- qrindoshlik aloqasidagi shaxslar va shu oilaga xizmat
qiladigan qullardan iborat bo‘lgan. Oila mulkini oila boshlig’i
boshqargan,
xonadagi toat-ibodatning kohini vazifasini ham u bajargan, oila a’zolarining
taqdirini hal qiladigan yagona sudya ham o‘sha bo‘lgan ( qul qilib sotishga ,
o‘ldirishga haqli bo‘lgan ). Davlat oilaning ichki ishlariga aralasha olmagan, oila
boshlig’ining ishini har nechuk tekshira ham olmagan.
Rim
aholisi dehqonchilik, chorvachilik , hunarmandchilik bilan
shug’ullangan .
Rimliklar don yetishtirgan, tok, zaytun o‘stirgan, polizchilik
qilgan. Dehqonlar temirdan qilingan qurollarni ishlatgan. Ular yirik qoramol, qo‘y
, echki va cho‘chqa boqqanlar. Hunarmandchilik podsholar idora qilgan
zamondayoq dehqonchilikdan ajrala boshlagan , bu jarayon eramizdan avvalgi V-
IV asrlarda ham davom etgan.
Sozandalar, zargarlar, binokorlar, ko‘nchilar,
etikdo‘zlar, misgarlar va kulollarning hunarmandchilik kollegiyalari ta’sis
qilinganligi kasb- hunarning rivojlanganligidan dalolat beradi.
Rim jamoasi
hududida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida Etruriya uchun xarakterli
bo‘lgan ko‘pgina bronza vat emir buyumlar topildi. Temir Etruriyadan keltirilgan
bo‘lsa kerak, chunki Latsiyumda temir bo‘lmagan. Topilgan g’oyat ko‘p spool
material kulolchilikning taraqqiy qilganligidan darak beradi.
Rimda binokorlik
sohasida katta ishlar qilingan: juda ko‘p devonlar, ibodatxonalar (Yupiter
Kapitolskiy ibodatxonasi , Satuern ibodatxonasi va boshqalar) solingan, shaharda
kanalizatsiya ham bo‘lgan.
Hunarmandchilik qishloq xo‘jaligidan ajralganligi natijasida savdo- sotiq
taraqqiy qilgan . Rimning asosiy maydoni bo‘lmish forumda har hafta bozor
bo‘lgan. Shaharda chorva va qullar bilan savdo qiladigan maxsus joylar yuzaga
kelgan. Diniy bayram kunlarida har yili yarmarka tashkil etilgan. Rimning Italiya
daryolaridan kemalar yurishi uchun eng qulay Tibr daryosi sohilda joylashganligi
rimliklarga
latin shaharlari, etrusklar , finikiylar va greklar o‘rtasida vositachi
bo‘lib savdo- sotiq ilishga imkon tug’dirgan. Pul sistemasi vujudga kelgan.
Og’irligi Rim funti qismlariga
barobar keladigan mis, keyinchalik bronza
bo‘laklari avvallari pul ekvivalenti bo‘lgan chorva mollarini siqib chiqargan. Bir
qancha vaqtdan keyin har xil hayvonlarning surati va metallning tozaligiga kafolat
beradigan muayyan belgilar zarb qilingan lavhalar paydo bo‘lgan. Kumush pullar
esa eramizdan avvalgi III asr o‘rtalaridagina zarb qilina boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: