186
boshlandi. Kichik Osiyodagi Antioxiya, Misrdagi Iskandariya, Pergandagi
Priyena, Afg`onistondagi Oyxonim shaharlarida to`g`ri to`rtburchak
shaklida
qurilib, bir-birini kesishadigan to`g`ri ko`chalar, maydonlar, saroybog`lar,
ibodatxonalar bunyod qilingan edi. Iskandariya shahriga er.avv. 322yilda Iskandar
asos soldi. Shaharda bir-birini kesishib o`tgan to`g`ri ko`chalar, saroy-bog`lar,
xiyobonlar muhtasham uylar, ibodatxonalar mavjud. Ptolemey II buyrug`i bilan
er.avv. 285-yilda Knidlik me`mor Sostrat dengizda kemalarga yo`l ko`rsatadigan
mayoq qurilishini boshladi. Mayoq besh yil davomida qurib bitkazildi. Inshoot
uch qavatli balandligi 120 metr, asosi har bir tomoni 30 metr kvadratni
tashkil
qilar edi. Mayoqdagi ulkan oynalar shulasi doimiy yonib turadigan gulxan
yordami bilan uzoq dengizdan ko`rinib turar edi.
Mayoq binosi uzoq vaqt saqlanib qoldi, faqat
XIV asrdagi yer qimirlashi
natijasida u buzildi. Iskandariya mayog`i qadimgi dunyoning yetti mo`jizasidan
oltinchisi hisoblanadi (1-Misr piramidalari, 2 Bobildagi Semiramida Osma
bog`lari, 3
Ebesdagi Artemida ibodatxonasi, 4 Galikarnas mavzoleyi
ibodatxonasi, 5 Rodosdagi haykal, 6. Olimpiyadagi Zevs haykali).
Bu davrda haykaltaroshlikning mahalliy maktablari texnik uslublari va
badiiy qarashlari bilan farq qilar edi. Taniqli haykatarosh Lisipp o`zining Iskandar
byustini yaratdi. Uning shogirdlaridan biri Lindlik
Xaret Rodosdagi mashhur
ulkan haykalni bunyod qildi. Lisippning boshqa shogirdi Yevtixid Antioxiyada
baxt ma`budasi Tyuxeni haykalini ishladi. Ellin hukmdorlarining haykal
portretlari
yaratildi, haykaltarosh Praksitelning o`g`li Kefisodot va Timarx
Iskandariya shahrida yashab ijod qildilar. Ular ellin hukmdorlari va shoir
Menandrning portretini yaratdilar. Haykaltarosh Poliyevkt (er.avv. 280-yil)
Demosfenning haykalini ishladi. Taxminan er.avv. III-II
asrlarda haykaltarosh
Agesandr mashhur “Miloslik mabuda Venera” haykalini yaratdi. Bu davrda bir
necha haykallardan iborat guruhiy haykallar paydo bo`ldi (“Laokoon o`g`illari
bilan”, “Farneza buqasi” haykallari guruhi).
Afrodita va boshqa ma’budalarning yalang`och haykallari ishlandi.
Dramatizmda to`la Pergam maktabi Skopasga borib taqaladi. Pergam
mehrobining frizi mazkur maktabning ajoyib yodgorligi bo`lib, unda
ma’budlarning gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu Pergam va boshqa ellin
davlatlarining jangovar galat (kel’t) qabilalari bilan olib borgan og`ir
kurashlarining ramzi edi. Rodos mashhur haykaltaroshlik maktabi Asippga borib
taqaladi. Bu maktabda asosan haykallar baquvvat atletlarning tasvirlaridan iborat.
Ellin davri me`morchiligi va haykaltaroshligi madaniyatning noyob namunalari
sifatida bundan keyingi san`at taraqqiyotiga hayotbag`sh ta`sir qildi,
Do'stlaringiz bilan baham: