Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Ellin madaniyati. 
Ellin davrining eng muhim merosi madaniyat bo`lib, bu 
madaniyat ellin dunyosining barcha hududlariga keng tarqalib, qadimda boshqa 
xalqlar, Rim madaniyati rivojlanishiga hamda o`rta asrlar manadiyatiga ulkan 
ta`sir ko`satdi. Ellin madaniyati bir xil bo`lmay, har bir hududda mahalliy barqaror 
madaniyat an`analari va boshqa madaniyatlar unsurlarining o`zaro qo`shilishi 
natijasida shakllandi

Ellin dunyosining ma’naviy shakllanishida Александр 
davlatиning ulkan hududlari, cheklanmagan podsho hokimiyatiningmavjudligi, 
shaharlarning amaldagi mustaqilligining yo`qolishi o`z ta’sirini o`tkazdi. 
 
Bu davrda fan va texnika notekis rivojlandi. Davlat hokimiyati manfaatdor 
bo`lgan harbiy ish, kemasozlik, shaharlarni qamal qilish texnikasi va qurilish 
sohalarida eng katta yutuqlarga erishildi.
1. Din va falsafa. 
Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq diniy 
tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga 
sig`inish avj oldi. Misr ma`budasi Isidani yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. 
Pergamda Frigiya ma’budasi (Kibela-yerning onasi) bosh ma`buda sifatida qabul 
qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mistik va ekstatik edi.
Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqodlari keng 
tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish 
qilishga intilib, barcha xudolarga atab ibodatxona-Panteon qurila boshlandi. Ana 
shunday PanteonIskandariyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini tarqala 
boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni qabul qildilar. Yahudiy 
diniga yangi qabul qilinganlar

prozelitlar” deb ataldi.
Turli hududlarda turli xudolarga e`tiqod qilish saqlanib qolsada, ayrim 
xudolarga e`tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dionis, Osiris hamda Kichik osiyo 
ma`budlari Sabaziy va Adonisga, ayol ma`budalardan Misr Isidasiga sig`inish 
keng yoyildi. Sharqda shakllangan sinkretik e`tiqodlar Kichik Osiyo, Yunoniston 
va Makedoniya, keyin esa, G`arbiy O`rtayer dengiziga kirib bordi.
Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an`anaviy va yangi 
paydo bo`lgan ko`plab bayramlar bo`ldi. Xudolar sharafiga o`tkaziladigan 
bayramlar bir qatorda homiy podsholar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda 
o`tkaziladigan maxsus bayramlar paydo bo`ldi. Misol uchun, ana shunday 
bayramlardan biri er. avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida Antiox IV 
tomonidan o`tkazilgan bayramni ko`rsatish mumkin. Bu bayramning ochilishida 
50 mingga yaqin piyoda va otliq askarlar, jang aravalari va fillar, oltin gulchambar 
kiygan 800 o`smir va oltin va kumush billan bezalgan taxtiravonlarda o`tirgan 580 
ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy bezalgan haykallari 
miqdori; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, fil suyagini olib borar edilar. 
Manbada 300 qurbonlik dasturxonlari va minglab boqilgan buqalar ko`rsatiladi. 
Bayram 30 kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o`yinlari, 


181
bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo`ljallangan 
bazmlar, ov uyushtiriladi.
Ptolemeylar Misrida qadimgi fir`avnlar davrida bo`lganidek, podsho 
hokimiyatining mavqei kuchayib ketdi va elin sharqidagi boshqa mamlakatlardagi 
kabi Misrda podsholarga sig`inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o`zi va o`z 
singlisi Arsinoyaga sig`inishga farmon berib, o`zi va singlisi sharafiga 
ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va uning xotini 
Berenikaga sig`inish keng yoyildi.
O`sha davr falsafasida inson shaxsini o`rganish muammosi birinchi o`ringa 
chiqa boshladi. Er. avv. V-IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur 
maktablari vujudga keldi. Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida 
bosh qotira boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga er. avv. 302yil kelib chiqishi 
Kipr orolidan bo`lgan faylasuf Zenon (er. avv. 336-264-yillar) asos soldi. Bu 
maktabga ellin davrining ko`pgina taniqli faylasuflari va olimlari kirgan edi. 
Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi bo`lmish agorada, naqshin peshayvon “stoya” 
ostida vaz aytib, o`z tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham 
shu so`zdan kelib chiqqan). Stoizm yunonva Sharq nazariyalarining sintezi edi. 
U keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan ellin falsafiy maktabi edi. 
Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, fikr, so`z, olov va shu kabilarni ham jism 
deb atar edilar. Butun olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar 
edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan g`oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat 
bilan uyg`un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi degan fikrni shakllantirdilar.
Er. avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf 
Epikurning bog`ida uning do`stlari va shogirdlari to`planib, falsafiy suhbatlar 
qurdilar. Bozorlar, maydonlar, odamlar ko`p bo`lgan joylarda o`z ta’limotlarini 
targ`ib qilgan stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda tafakkur 
qilishni yo`lga qo`ydi. Epikurchilar “Baxtning mohiyati-azobning yo`qligidir”, 
“Kimda kam ehtiyoj bo`lsa, u kishida ko`p farog`at bo`ladi” tushunchalarni ilgari 
surdilar.
Er. avv. III asrda yana bir falsafiy maktab-skeptiklar maktabi shakllandi. 
Bu maktabga Arastuning kichik zamondoshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof 
dunyoni bilib bo`lmaydi, uning tabiati to`g`risidagi barcha nazariyalar xayol deb 
hisobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug`ullanmadilar. Dunyoning bilish 
nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa maktablar yaratgan nazariyalar 
tanqidiga e’tibor berdilar. Ular: “Barcha narsalarni hech qachon bilib bo`lmaydi, 
ular haqida na haqiqatni, na yolg`onni aytishlarimumkin emas” deb hisobladilar. 
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar kasalliklarning 
sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak,
kasallikni kasalda dorilarni sinash bilan davolash zarur degan tushunchani ilgari 
surdilar.
Er. avv. IV asrda falsafada yana bir maktab-kiniklar paydo bo`ldi. Bu 
maktab asoschisi Antisfen bo`lib, Diogen uning mashhur o`quvchisi edi. Kiniklar 
tabiatga qaytish qulayliklaridan voz kechishni talab qildilar. Insonning qonun-


182
qoidalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar. Ular ko`chlar, 
maydonlar va portlarda olomon oldida so`zga chiqib, mavjud tartibqoidalarning 
noto`g`riligini asosladilar. Kambag`allikni nafaqat so`zda, balki o`z turmush 
tarzlari bilan targ`ib qildilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish