Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 3. Adabiyot va san’at
. Bu davrda Sharq va yunon ma’daniyatining o`zaro 
ta’sirida Bobil va Misrda tarixshunoslikning rivoji ko`zga tashlanadi. Er. avv. III 
asrning I yarmida bobillik kohin Beroesning “Xaldeya tarixi” va misrlik kohin 
Manefonning “Misr tarixi” nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon 
tilida bo`lsa-da, mahalliy manbalar asosida yozilgan edi. Afsuski, ikkala asardan 
ham bizgacha faqat ayrim parchalar yetib kelgan. Manefon asarida fir’avnlarning 
eng qadimgi zamonlardan to Iskandargacha bo`lgan podsho sulolalarining 
xronologik ro`yxati berilgan. Tarixchi Apollodor keyinchalik parfiyaliklar tarixini 
yozdi.
Ellin davri tarixiy va falsafiy to`plamlarida insonning jamiyatga, o`z davrining 
siyosiy-ijtimoiy muammolarga munosabati ochib beriladi. Tarixiy asarlarning 
syujetlari bo`lib yaqin o`tmish voqealari xizmat qildi. Ko`pincha tarixchilar o`z 
asarlarini bariiy adabiyot chegarasida shakllantirdilar: bayon qilish mohirona 
fojialashtirildi, kuchli hissiy tuyg`uga qaratilgan ritorik usullar ishlatildi. Ana 
shunday usulda Kallisfen (ere. avv. IV asr oxiri) va iskandariyalik Klitarx (er. avv. 
III asr o`rtalari) makedoniyalik Iskandar tarixini, Timey (er. avv. III asr o`rtalari) 
Yunoniston tarixini er. avv. 280-yildan-219-yilgacha, Kleomen islohotlari 
tarafdori Filarx (er. avv. III asr oxiri) ana shunday usulda bayon qildilar. Bu 
usuldan farq qilgan holda boshqa tarixchilardan Ptolemey I (er. avv. 301-yildan 
keyin) tomonidan yozilgan Iskandar yurishlari tarixi, kardiylik Gieronim (er. avv. 


185
III asr o`rtalari) diadoxlar urushlari davri tarixini faqat quruq dalillarni qat`iy 
bayon qilish usulini qo`lladilar.
Ellin davrida fan sifatida adabiyotshunoslik kurtaklaridan filologik tanqid 
Gomerdan boshlab klassik mualliflar asarlarini asl nusxalarini qayta tiklash va 
sharhlash shaklida yuzaga keladi. Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatika 
tizimini ishlab chiqdilar.
Iskandariya Museyoniyunon adabiyotining muhim markazi bo`lib qoldi. Bu 
yerda va boshqa joylarda rivoj topgan adabiy oqim “Iskandariya adabiy oqimi” 
deb nom olgan. Bu ellinjamiyati yuqori tabaqasining kayfiyatini ifodalagan 
poeziya edi. Iskandariya shoirlarining boshlig`i Kallimax edi. U Museyon 
kutubxonasining mudiri va taxt vorisining tarbiyachisi edi. Kalllimax kutubxona 
katalogini tuzdi. Shu bilan birga, Kallimax mifologik, tarixiy va adabiy 
mavzularda yozilgan, hajmi jihatidan kichik-kichik she’rlar muallifidir.
Kallimaxning kichik zamondoshi Feokrit Iskandariyadagi eng taniqli shoir 
edi. U kichik-kichik lirik-dramatik poema va g`oyalar muallifi bo`lib tarixga kirdi. 
Kallimax o`z asarlarida qishloq va shahar hayotining tinch manzaralarini 
ideallashtirgan, cho`ponlar hamda shaharlik erkak va ayollarning hissiy 
kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir.
Iskandariya poeziyasidan tashqari, ellin davrida yangi Attika komediyasi 
katta ahamiyat kasb etdi. Bu davrdagi Attika komediyaning asosiy vakili Menandr 
edi. Misrdan topilgan papirus o`ramlari tufayli uning komediyalari bizga ma’lum 
bo`ldi. Menandr komediyalari syujeti oilaviy, maishiy dramalardan iborat. 
Menandr komediyalari baxtiyorlik bilan tamomlanadi

Ellin davridatasviriy san’at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu davrda Sharq va 
yunon an’analari bilan qo`shilgan anchagina me`morchilik yodgorliklari bunyod 
etilgan. Hashamat va ulug`vorlikka intilish ularning ko`plari uchun xos bo`lgan 
xususiyatdir. Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq topgan edi. Ammo 
uning mazmuni klassik davr an’analaridan farq qildi. Ma’budalar va 
qahramonlarning ideallashtirilgan va umumlashtirilgan haykallari orqaga surilib, 
tabiiy tarzda gavdalantirilgan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol 
ko`rsatilgan portretlar oldingi qatorga chiqdi. Ellin davrning haykaltaroshlari 
yaratgan yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va ruhiy azob, kurash, 
g`alaba, o`lim tasvirlab ko`rsatilar edi.
Peyzajni mutaqil tasvirlab, unda yoki uning o`rtasida asosiy syujetni aks 
ettirish haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul klassikada ma’lum emas edi. Shu 
bilan bir qatorda haykaltaroshlikda dabdabali yo`nalish mavjud bo`lib, u ellin 
hukmdorlarining haykallari soyasida namoyon bo`ldi. Ellin haykaltaroshligida er. 
avv. IV asrning mohir ustalariga borib taqaladigan bir necha yo`nalishni ko`rish 
mumkin. Afina va Iskandariyada Praksitelga borib taqaladigan san’at asarlarini 
tomosha qilish uchun kiruvchi o`ziga to`q kishilarning didiga mo`ljallangan san’at 
asarlarini ko`rishi mumkin edi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish