Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Ispaniyaning istilo qilinishi. 
Ibеriya-Pеrinеy yarimorolining janubida 
joylashgan mamlakat. Ibеriyaning tеmir, kumush va qimmatli ma'danlarga boy 
konlari rimliklarni ko‘pdan bеri o‘ziga jalb qilib kеlar edi.
Er. av. III asrda rimliklar Ibеriyani itoat ettirish uchun ko‘p yillar davomida 
qonli urushlar olib borganlar. Rimliklar er. av. 206-yilda Ibеriya sohillarini 
egallash uchun kеlganlarida, mahalliy aholining qattiq qarshiligiga duch 
kеlganlar.
Er. av. II asrning birinchi yarmida rimliklar Ibеriyaga bir nеcha bor bostirib 
kеlganlar. Er. av. 154- yilda Ibеriyaliklar Rimga qarshi qo‘zg’olon ko‘targanlar. 
Ibеriyadagi bosqinchilarga qarshi qo‘zg’olon ikki yil davom etib, so‘ng 
qiyinchilik bilan bostirilgan. Er. av. 150 yili Pеrinеy yarim orolining g’arbidagi 
Luzitaniya viloyatida Viriat dеgan kishi rahbarligida rimliklarga qarshi juda katta 
qo‘zg’olon boshlangan. Qo‘zg’olon 9 yildan ortiq davom etib, luzitanlar 
rimliklarni ko‘p marta mag’lubiyatga uchratganlar. Qo‘zg’olonni kuch bilan 
bostira olmagan rimliklar Viriatni Luzitaniya podshosi dеb tan olishga majbur 
bo‘lganlar. Rimliklar xoinlik yo‘liga o‘tib Viriatni o‘ldirish payiga tushganlar. 
Katta boylik evaziga sotilgan xoinlar er. av. 139-yilda Viriatni chodirda uxlab 
yotgan vaqtida o‘ldirganlar. Viriat o‘ldirilgach, Numansiya shahri rimliklarga 
qarshi kurashning markaziga aylangan. Bu shahar Duro daryosining boshidagi 
tog’lik yerda joylashgan edi. Numansiyaliklar bir nеcha yil mobaynida rimliklarga 
qarshi mardonavor kurash olib borganlar.
Er. av. 133-yilda Ispaniyaga Rimning mashhur sarkardasi Publiy Kornеliy 
Stsipion yuborilgan. Rim sarkardasi shaharni qamal qilib, tashqi aloqalardan 
mahrum etgan. Shaharliklarni holdan toydirib rim askarlari shaharga bostirib 
kirganlar va uni ishg’ol qilganlar. Rimliklar avval shaharni talaganlar, so‘ng 
vayron qilib o‘t qo‘yganlar. Numansiyaga qarashli yerlarni rimliklarga bo‘lib 
bеrganlar. Aholining katta qismi qul qilib sotib yuborilgan. Shunday qilib, Rim 
qo‘shinlari Ispaniyani ham bosib olib, Rim davlatining chеgaralarini 
Atlantikaning sharqiy sohillarigacha kеngaytirganlar. Shu davrda Rim 
Yevropadagi va jahondagi eng yirik va kuchli quldorlik davlatiga aylangan edi.
Eramizdan avvalgi 133 va 123-121 yillarda ikki tribun aka uka Tiberiy va Gay 
Grakxlar oddiy dehqonlarga yer berish uchun kurashib, reforma taklif 
etishdi.Biroq senatni qarshiligi sabab ikki islohotchi ham o‘ldirildi. Islohot amalga 
oshmadi. Natijada butun Rim Respublikasi hududlarida qo‘zg’olonlar avj olib 
ketdi
78
.
Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg’oloni Eramizdan avvalgi 74-yili butun 
Italiyada ekin bitmay ocharchilik bo‘ladi. Bu esa quldor Rim hukumatining 
jabrzulmiga qarshi qo‘zg'olon ko‘tarilishiga shart-sharoitlarni hozirlagan edi. 
Qadim zamonning eng katta qullar qo‘zg'oloni boshlanib ketishiga Kapuya 
shahridagi gladiatorlar maktabidagi isyon (eramizdan avvalgi 74- yil) turtki 
bo‘ladi. Eramizdan avvalgi I asr boshlaridan e'tiboran Rimda «o‘yinlar» deb 
78
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.264.


222
atalgan qonli tomosha - yirtqich hayvonlarni urishtirish va gladiatorlarning 
qilichbozligi juda keng tarqalgan edi. Bu vahshiyona ermaklar qadimgi 
zodagonlar jasadini ko‘mganda kishilarni qurbon qilish odatlaridan kelib 
chiqqan. Ular Etruriyada o‘limga maxkum qilingan jinoyatchilarning dafn 
marosimi paytidagi jangi sifatida vujudga kelgan.
Eramizdan avvalgi II asr oxiri va I asr boshlarida tsirk va amfiteatrlarda 
o‘lim jangi jamoat tomoshalarining bir turi bo‘lib qolgan. Jangchilar jinoyatchi va 
sotib olingan qullardan to‘plangan. Ular «gladitorlar» («qilichbozlar») deb nom 
olgan. Bu nom latincha «gladius» («qilich») so‘zidan olingan. Gladiatorlarga 
ehtiyoj shu qadar zo‘r bo‘lgangi, uddaburon korchalon lanistlar (go‘sht bilan 
savdo qiluvchilar) maxsus maktablar ochganlar, ularda gladiatorlar maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tkazilib, so‘ngra ular «o‘yin» tashkilotchilariga sotilar edi.
Lentul Batiat degan kishiga ana shunday maktablardan biri Kapuya shahrida 
bo‘lgan. Bu maktabda boshqalar qatori frakiyalik Spartak degan kishi ham 
bo‘lgan. Rimning yordamchi otryadida xizmat qilgan bu kishi dushman tomoniga 
o‘tgan, yarador bo‘lib asir tushgan va qochoq sifatida gladiatorlar maktabiga 
sotilgan.
Spartakni ta'riflab Plutarx bunday deb yozgan edi: «...Spartak... o‘zining 
ajoyib mardligi va jismoniy kuchi bilangina emas, balki aql-farosati, dilkashligi 
va xushfelligi bilan ham o‘z mavzqei va taqdiridan baland turgan; u o‘z 
qabilasining kishisi bo‘lishdan ko‘ra chinakam ellin bo‘lgandir...»
Tarixchi Appian hikoya qilib berganidek, «Spartak o‘zining yetmishga yaqin 
do‘stlarini ozodlikka chiqish uchun tavakkal qilishga ko‘ndirgan. Spartak ularga 
teatrda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygandan ko‘ra, ana shu yo‘l ma'qul ekanini 
uqtirgan».
Six va oshpichoklar bilan qurollangan Spartak hamda uning sheriklari 
qorovulga hujum qilib, shaharga chiqqanlar va Vezuviy tog'iga jo‘naganlar. Ular 
shu joyda mustahkamlanib olib atrofdagi yaqin villalarni qiyratib, qullarni ozod 
qilganlar. Mahalliy hokimiyat tomonidan yuborilgan otryadlar tor-mor etilgan. 
Shundan keyin Rimdan 3 ming kishi bilan propretor Gay Klodiy yuborilgan. 
Rimliklar togdan tushadigan yo‘lni to‘sib qo‘yganlar, ammo qo‘zg'olonchilar 
uzum novdalaridan narvon yasab, qoyalardan pastga tushganlar va Rim lageriga 
orqa-dan hujum qilganlar. Klodiy otryadi yakson qilingan. Rim jangchilarining 
qurollari qo‘zg'olonchilar qo‘liga tushgan. Bu jangdan keyin qo‘zg'olonchilarning 
qo‘shini tez o‘sa boshlagan va bir necha ming kishidan iborat armiyaga aylangan.
Qullar 
qo‘zg'oloni janubiy Italiyaning yangidan-yangi rayonlariga 
yoyilavergach, senat qo‘zg'olonni bostirish uchun ikki legiondan iborat armiya 
yuborgan. Spartak rimliklarning bu qo‘-shinini xam tor-mor etgan. Qo‘zg'olon 
yanada kengayavergan. Rimliklar armiyasi namunasida tuzilgan Spartak 
qo‘shinlari Lukaniya va Apuliyadagi bir qancha qishloq va shaharlarni ishg'ol 
qilganlar.
Qo‘zg'olonchilar armiyasi 70 ming kishiga yetgan. Sullachilar jabr-zulmi 
ostida qolgan mayda italiy dexqonlari qo‘zg'olonchilarga qo‘shilgan: Ammo 


223
harbiy muvaffaqiyatlarga va qo‘zg'olonchilar armiyasiniig soni o‘sib borishiga 
qaramay, Spartak g'oyat kuchli O‘rta dengiz davlati bo‘lgan Rim respublikasiga 
qarshi bundam keyingi kurashda u va sheriklari muqarrar mag'lubiyatga va 
halokatga uchrashini tushungan. Shuning uchun xam u sobiq qullar o‘z 
vatanlariga qaytib bora olishlari uchun armiyasini Apennin yarim oroli doirasidan 
olib chiqishga urungan.
Qo‘zg'alon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi. Qullarning bir qismi 
Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal bildilar. Ko‘pgina qullar esa 
mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos 
olishga ahd qilishdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass
 
boshchiligida ko‘p ming sonli 
qo‘shin jo‘natildi. Miloddan avvalgi 71- yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi 
jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 
6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig'idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga 
mixlab tashlandi. Qo‘zg'alon ko‘targanlarning alohida to‘dalari esa tag'in 10 yil 
kurashni davom ettirdilar.
Qullarning Spartak boshchiligidagi ulug’ italiy qo‘zg’aloni italiy ijtimoiy 
munosabatlarini va Rim quldorlik respublikasi davlat hokimiyatining butun 
tizimini larzaga soldi. Qo‘zg’alondan ko‘p yillar keyin ham rimliklar Spartakni 
vahima bilan esga olganlar, ba’zi Rim va yunon tarihchilari esa uni qullar 
qo‘zg’alonining yo‘lboshchisi, jasur lashkarboshi sifatida halok bo‘ldi, deb tilga 
oladilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish