1. Buxoro shahri qaysi yildan Buxoro xonligining poytaxti etib belgilandi?
A) 1556-yilda B) 1538-yilda
C) 1533-yilda D) 1601-yilda
2. „Tangrining jamoli“, „islom
dinining
gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan
Shahar qaysi?
A) Buxoro B) Samarqand
C) Xiva D) Qo’qon
3. Buxoro shahri necha yillik tarixga ega?
A) 2000 B) 2500 C) 2700 D) 2750
4. Qaysi hukmdor davrida Buxoro uzil-kesil poytaxtga aylandi?
A) Shayboniyxon B) Ko’chkunchixon
C) Abu Said D) Abdullaxon II
5. Buxoro shahriga nechta darvoza orqali kirilgan?
A) 6 B) 10 C) 12 D) 4
6. Buxoro shahrida qancha aholi yashagan?
A) 50 mingga yaqin. B) 60 mingdan ortiq
C) 60 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin
7. Buxoro shahridagi madrasa (1), masjid(2), karvonsaroy(3) lar sonini aniqlang.
A) 1-200
dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta
B) 1-100 ga yaqin, 2-300 dan ortiq, 3-28 ta
C) 1-100 dan ortiq, 2-200 dan ortiq, 3-38 ta
D) 1-100 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta
8. Buxoro karvonsaroylariga har yili necha tuya mol kelib turgan?
A) 13-15 ming B) 12-15 ming
C) 12-17 ming D) 15-17 ming
9. Amirlikda savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga kim mas’ul bo‘lgan?
A) Boshchixo’ja B) Mirshabboshi
C) Karvonboshi D) Ko’kaldosh
10. Buxoro amiligida quyidagi qaysi shahar «Dunyoning husni» deb ulug`langan?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
11. Samarqand shahrini tiklash ishini unga suv chiqarishdan boshlagan hukmdor kim?
A) Doniyolbiy otaliq B)
Muhammad Rahimbiy
C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod
12. U shaharni tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlardan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda katta bunyodkorlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom ettirilgan bo‘lsa-da, shahar asosan uning davrida deyarli qayta bunyod etildi.
E’tirof qaysi hukmdor haqida?
A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy
C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod
13. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi … yil, ya ’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, … yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi". Nuqtalar o’rniga mos yillarni qo’ying.
A) 1785-yil, 1809-yillar B) 1780-yil, 1810-yillar
C) 1780-yil, 1809-yillar D) 1785-yil, 1809-yillar
14. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o‘raldi?
A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr oxirida D) XX asr boshlarida
15. Samarqand shahriga nechta darvozadan kirilardi?
A) 4 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 12 ta
16. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada Samarqand shahri aholisi soni qancha kishiga yetgan?
A) 15-20 ming B) 20-25 ming
C) 25-30 ming D) 20-30 ming
17. Hunarmandchilik sohasida Buxoro o`zining nimasi bilan mashur edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q
qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti,
shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
18. Hunarmandchilik sohasida Samarqand o`zining nimasi bilan mashur edi?
A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan
B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan
C) to`q qizil rangli baxmali bilan
D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan
19. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab
qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo
aloqalari olib bordi?
1. Hindiston 2. Afg‘oniston
3. Eron 4. Xitoy
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4
20. Amirlikda asosiy savdo transporti nima edi?
A) Ot B) Tuya
C) Kema D) Temiryo’l
21. Buxoro amirligining qaysi shaharida hind savdogarlari va sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar mavjud edi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
22. Qachon Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi qurilgan?
A) 1802-yilda B) 1806-yilda
C) 1804-yilda D) 1808-yilda
23. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosiulushi 25% ga yetdi?
A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
24. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosi ulushi 42% ga yetdi?
A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil
25. Amirlikda yetishtirilgan necha tonna paxtaning hammasi Rossiyaga sotilganligi qayd etilgan?
A) 12 ming B) 15 ming
C) 16 ming D) 18 ming
26. Amirlikka Rossiyadan har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan qancha rubllik tovar eksport qilingan?
A) 1 mln B) 2 mln C) 3 mln D) 4 mln
20- §. Buxoro amirligining tashqi siyosati
1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat bo’lganini aniqlang.
1. O‘rta Osiyoda mavjud uch o‘zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida ularni bo’ysundirish;
2. Xurosonda mustahkam o‘rnashib olish
3. Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo
munosabatlarini rivojlantirish;
3. O‘rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’lgan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
2. XVIII asrning so‘nggi choragida Rossiyaga ikki bor tashrif buyurgan elchini aniqlang?
A) Ernazarbiy B) Odambiy
C) Muhammad D) Qulibek
3. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga qaysi Rossiya imperatori Buxoroda madrasa qurish uchun pul ham ajratgan?
A) Pyotr I B) Yekaterina I
C) Yekaterina II D) Nikolay I
4. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga erishgan?
A) Moskva B) Novogorod
C) Astraxon D) Volgagrad
5. Amir Shohmurod qachon Rossiyaga elchi yuborgan?
A) 1791-yilda B) 1795-yilda
C) 1787-yilda D) 1797-yilda
6.Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan?
A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi
C) Muhammad D) Qulibek
7.Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab bo’ldi?
A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga
tahdid sola boshlaganligi
B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi
C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish
D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish
8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga
Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar?
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan,
Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar.
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan?
A) 5-7 marta B) 6-8 marta
C) 6-9 marta D) 7-9 marta
11. Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi?
A) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish
B) Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi
C) Amirlikka zambarak quroli sotish
D) Buxoroga po‘lat sotish
12. Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari kelgan?
A) 1857-yilda B) 1858-yilda
C) 1860-yilda D) 1843-yilda
13. 1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini aniqang.
A) U.Murkford B) A.Byorns
C) F.Bеrg D) J.Abbot
14. Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi?
A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil
15. A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan?
A) arman B) hind C) afg`on D) turk
16. Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni boshladi?
A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil
17. Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana shunday omil bo‘la olardi.
A) O‘rta
Osiyoni egallash
B) Hindistonni bosib olish
C) Usmonli davlati bilan birlashish
D) O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish
19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi?
A) Amir Nasrullo B Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi?
A) Murkford B) A. Byorns
C) J. Abbot D) R. Kanolli