Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Tarent bilan kurash. Janubiy Italiyaning zabt qilinishi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Tarent bilan kurash. Janubiy Italiyaning zabt qilinishi. 
Eramizdan 
avvalgi III asr boshlariga kelib Apennin yarim orolining janubida joylashgan , 
o‘zaro urushlar va janubdagi qabilalarning tazyiqi bilan madori ketgan grek 
shaharlarigina Rimga tobe bo‘lmay mustaqil yashab kelgan. Ammo bu 
shaharlarning ba’zi birlarida Rim bilan ittifoq tuzishga moyil zodagonlar to‘dasi 
paydo bo‘lgan.
Markaziy Italiyada va Tibr daryosi bo‘yidagi Rim shahar-davlati Italiyani 
birlashtirish uchun muhim harbiy chora tadbirlarni amalga oshirdi. Oxir oqibatda 
Rim O‘rtayer dengizinining qolgan qismini va janubi-g’arbiy Osiyoning bir 
qismini o‘z qo‘lida to‘pladi. Rimlik zodagonlar dunyoning qolgan qismi uchun 
“madaniyatli” deb hisoblangan yunon madaniyati va tilini ko‘rdilar. Shunday 
bo‘lsa-da, rim zodagonlari bu tushunchani qarshilik, muhokama va tashvish bilan 
qabul qilmadi
71
.
Furiy shahrida yuz bergan voqealar Rimning Italiya janubidagi Grek 
shaharlarining ichki ishlariga aralashuviga bahona bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III 
asrning 80 –yillarida lukanlar qabilasi Furiyga hujum qilgan. Furiy shahri boshqa 
grek shaharlari bilan raqobatda bo‘lganligidan, u yordam so‘rab grek shaharlariga 
emas, balki Rimga murojaat qilgan. Rimliklar Furiyning murojaatidan Italiya 
janubida o‘z ta’sirlarini o‘rnatish uchun foydalanganlar. Ular lukanlarni tor-mor 
qilib o‘z garnizonlarini shaharga olib kirganlar. Rimliklarning bu ishi boshqa grek 
shaharlaridagi demokratlarning g’azabini qo‘zg’agan. Tarent aholisi shahar 
gavanida turgan rimliklarning kemalariga to‘satdan hujum qilib Furiyga 
jo‘naganlar va u yerdan rimliklar garnizonini haydab yuborganlar. Eramizdan 
71
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.214.


208
avvalgi 281-yilda Rimning Tarentga qarshi ochiqdan – ochiq urushi boshlangan. 
Tarentliklar yordam so‘rab Epir podshosi Pirrga murojaat qilganlar. Shuhratparast 
va qallob Pirr g’oyat qobiliyatli sarkarda sifatida mashhur bo‘lgan. Ammo shu 
bilan birga u no‘noq siyosatchi bo‘lgan. Pirr Tarentning taklifini bajonidil qabul 
qilgan. Chunki bu taklif uning Apennin yarim orolida o‘z hukmronligini o‘rnatish 
haqidagi shuhratparastlik orzusiga mos tushgan.
Eramizdan avvalgi 280-yilda Pirr o‘zining zamonaviy ellinistik harbiy 
texnika bilan qurollangan, tanlangan fessal otliq askarlari va Apennin yarim 
orolida bungacha sira ko‘rilmagan jangchi fillar bilan ta’minlangan qo‘shini bilan 
Italiyaga kirib kelgan. Gerakleya shahri yaqinidagi birinchi qonli jangda Pirr 
g’alaba qilgan. U Kampaniya va Samnium orqali yurib, Rim ostonasigacha borib 
yetgan. Pirr shaharga hujum qilishga botina olmay sulh taklif qilgan, uning 
taklifiga ko‘ra grek shaharlari mustaqil bo‘lib qolishi lozim bo‘lgan. Ammo Rim 
senati greklarga qarshi kurash uchun Karfagen bilan harbiy ittifoq tuzishga 
tayyorgarlik ko‘rib bo‘lgan ekan. Buning ustiga tarent va boshqa grek 
shaharlarining aholisi Pirrdan norozi ekanligi ham ma’lum bo‘lib qolgan. Shunga 
ko‘ra senat Pirrning taklifini rad qilgan.
Eramizdan avvalgi 279-yilda 2 kunlik hal qiluvchi jang Auskul shahri yonida 
bo‘lgan. Pirr yana Rim qo‘shinalrini tor-mor keltirga, lekin bu jangda u haddan 
tashqari ko‘p jangchilarini yo‘qotib, “ Agar biz rimliklar ustidan yana bir marta 
g’alaba qilsak, u holda tamomila halok bo‘lamiz”- deb qichqirib yuborgan ekan. 
Auskul jangidan keyin Pirr rimliklar bilan yana jang qilishdan bo‘yin tovlab, xiyla 
tez va osonlik bilan muvaffaqiyat qozonish niyatida Sitsiliyaga yo‘l olgan. Pirr 
boshda , darhaqiqat, karfagenliklarni bir necha marta mag’lubiytatga uchratgan. 
Ammo uning sitsiliyaliklarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashishi va 
Krfagenni zabt qilib, o‘z monarxiyasining bir qismiga aylantirish rejasi uning 
sitsiliyaliklar bilan aloqasi tamomila buzilishiga sabab bo‘lgan. Sitsiliyada 
karfagenliklar armiyasi muvaffaqiyatli harakat qila boshlagan, eramizdan avvalgi 
275-yilning bahorida Pirr italiy greklariga yordam ko‘rsatishni bahona qilib orolni 
tashlab ketgan va yan Italiyaga borib tushgan. Samniumda Benevent shahri 
yaqinida Pirr bilan rimliklarning qo‘shinlari o‘rtasida so‘nggi marta jang bo‘lgan. 
Rim legionerlari fillarni o‘tli o‘qqa tutib , ularni qochishga majbur etgan. Fillar 
o‘tdan qutilish payida Pirr askarlarini bosib , ezib orqaga qarab qochavergan. Pirr 
tamomila mag’lubiyatga uchragandan keyin, Italiyani tashlab , Gretsiyaga 
jo‘nagan, u yerda eramizdan avvalgi 272-yilda Makedoniya taxti uchun kurash 
boshlagan va Arg’os shahrining ko‘cha janglarida halok bo‘lgan.
Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr 
davomida yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l 
bo‘ylab aks etdi
72
.
Eramizdan avvalgi 272-yili rimliklar Italiya janubidagi mustaqillikning 
so‘nggi tayanchi bo‘lmish Tarent shahrini avvalo qamal qilib , so‘ngra ishg’ol 
qilganlar. Rimliklar Italiya janubida o‘z hukmronliklarini mustahkamlash 
72
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.204.


209
maqsadida Brundiziy portini qurganlar. Unga harbiy yo‘l o‘tkazganlar va yo‘l 
bo‘ylab bir necha koloniya qurganlar. Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga 
kelib, Rimning Italiyada olib borgan urushlari tugagan. Sizalpina Galliyasi 
chegarasidagi Rubikon daryosidan tortib Messina bo‘g’ozigacha bo‘lgan yerlar, 
xullas butun Italiya Rimga bo‘ysungan. Rim Tibr daryosi bo‘yidagi kichkina bir 
jamoadan O‘rta dengizdagi qudratli bir davlatga aylangan.
Rim istilolarining muvaffaqiyatini ta’minlab bergan sabablar Rim 
armiyasining jang qobiliyati yuksak bo‘lganligidir. Rim jamoasining asosiy 
qismini tashkil etgan qishloq aholisi yangi yer uchastkalariga ega bo‘lish niyatida 
urushlarning g’alaba bilan tugashidan manfaatdor bo‘lgan. Muvaffaqiyatning 
yana bir sababi Rim dushmanlarining zaif bo‘lganligidir. Rimga qarshi chiqqan 
qabilalar, xalqlar va shaharlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. Ular 
bir paytning o‘zida birgalashib harakat qilmagan, ayrim-ayrim harakat qilishgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish