187
operatsiyalarini bajaradi. Banklar ikki yirik bo`lakdan iborat:
kredit-moliya
muassasalari va xalq banki kabilardir. “Soste Jeneral”, “Pariba” banklari Fransiyada
eng yirik va yevropada uchinchi o`ringa ega. 20 ga yaqin savdo banklari mavjud
bo`lib, bular asosan kapital va kapital joylash bozori bilan bog`langan. Bundan
tashqari yirik kompaniyalar banklari faoliyat ko`rsatadi. Kooperativ banklarning
faoliyati ham keng va operasion bo`limlarning 60 foiz va joriy quyilmlarning 30 foizi
shularga to`g`ri keladi. Bularning ayniqsa agrar sektordagi faoliyati xajmlidir.
Moliya kapitali bilan sanoat kapitallarining bir-biriga qo`shilib
ketishi
natijasida yirik moliyaviy sanoat guruhlari paydo bo`lib, bularning mamlakat
iqtisodiy siyosatining shakllanishida va uni halqaro aloqalarida ta’siri kattadir.
Fransiya iqtisodiyoti bir necha moliya guruhlari bilan o`ralgan bo`lib, bularni ichida
“Pariba”, “Syue”, “Rotshild va Ampen-Shneyder” guruhlari eng yetakchilaridir. Yirik
kompaniyalarning manfaatlarini esa fransuz tadbirkorlari milliy Kengashi (Patronat),
shuningdek tarmoqlar, tarmoqlararo tadbirkorlar tashkilotlari qo`llab-quvvatlaydilar.
Eng tavsifligi moliyaviy guruxlar bilan konsernlarning yevropa Ittifoqi
yagona ichki bozori ichidagi aloqalaridir. Fransiyada xatto Parij-Lill-Strasburg uch
burchagi paydo bo`lib, bunda
bir qancha Franko-Belgiya, Franko-Gollandiya va
boshqa mamlakatlarning aralash korxonalari yuzaga kelgan. Yagona yevropa
loyixalari muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan bo`lib, yeI energottizimli
qo`rilishi, Marsel-Strasburg-Bonn, Lamansh tagida qurilgan temir yo`l toneliga
o`xshaganlar shular jumlasidandir.
Fransiya iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy-tuzumiy o`zgarishlarda tashqi
iqtisodiy aloqalar aloxida o`rin egallaydi. Buning ichida
eng ahamiyatlisi albatta
tashqi savdodir. Chunki bu eng yirik o`zgaruvchan va halqaro munosabatlarda
qatnashuvning eng muhim shaklidir. Keyingi o`n yillilkar ichida tashqi savdo
umumiy iqtisodiy o`sishga nisbatan tezroq kengayib bormoqda va milliy
iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga qaramlik darajasi ko`tarilmoqda.
Fransiya iqtisodiyoti tashqi aloqalar uchun doimo ochiq hisoblanadi. Agar
aholi jon boshiga hisoblasak, Fransiyada yiliga 8700 dollarga to`g`ri keladi. Buni
taqqoslamoqchi bo`lsak, AQSHda – 4800, Germaniyada – 11000, Buyuk Britaniyada
188
– 7200 dollarga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, bu ko`rsatkich bo`yicha Fransiya
Germaniyadan keyingi ikkinchi o`rinni egallaydi. Tovarlar
va xizmatlar importi
YAIMga nisbatan 23,5 foiz, eksport esa 23 foizga teng keladi. 90 – yillarga kelib
import eksportga nisbatan ortib ketdi. Bu esa taqchillik balansini yuzaga keltirdi.
Natijada Fransiya iqtisodiyotidagi muammoga aylandi.
Fransiya iqtisodiyotining oqiqligi yetakchi tarmoqlarda eksportning
ko`payishida o`z aksini topadi. Fransiya jahon eksportida quyidagi sanoat tovarlari
bo`yicha sezilarli hisoblanadi: elektrotexnika jixozlari (9 foiz), rangli metal va
organik kimyo mahsulotlari (9 foiz), nozik kimyo va qora metallurgiya (10 foiz),
forma
ц
evtika tovarlari (12 foiz), kauchuk va plasmassa buyumlari (13 foiz), oynak
(14 foiz) kabilardir. Lekin keyingi yillarda tovarlar
sifati va xavfsizligi darajasi, o`z
vaqtida ta’minlash, sotuvdan keyingi xizmatlarni uyushtirish, eksport egiluvchanligi,
reklama xarajatlari kabilar bo`yicha eng yetakchi AQSH, Germaniya, Yaponiya,
Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlaridan orqada qolaboshladi. Raqobatbardoshligi
past tovarlar ko`payaboshladi. Shuning uchun
ham davlat tartiblashtirish
mexanizmlarida o`zgarishlar yuz berib, bu avvalo eksportga qaratila boshladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha Fransiyaning eng muhim sheriklari yeI
mamlakatlaridir. Mamlakat tovar aylanishining 60 foizi shularga to`g`ri keladi.
Shuningdek eksport ham – 60 foiz, qishloq xo`jalik mahsulotlari bo`yicha esa 78
foizgachadir. Avtomobilsozlik bo`yicha bu ko`rsatkich 70 foizga teng. Bunda qo`shni
Germaniya asos bo`lib, eksport bo`yicha 16 foiz va import bo`yicha 20 foizga to`g`ri
keladi. Ikkinchi o`rinda Italiya turadi va bunga 12 foizga to`g`ri keladi. Buyuk
Britaniya ham aloxida o`rin egallab, unga atom elektr stansiyalaridan elektr quvvati
eksport qilish ortib bormoqda. Investitsiyada ham bu mamlakatlar asos bo`lib,
bularga Fransiya kapital chiqarilishini 70 foizi to`g`ri keladi.
Keyingi muhim sherik AQSH bo`lib, buning hissasi 6,1 foizdan iborat.
Asosan AQSHga metallurgiya mahsulotlari va yuqori sifatli vino,
pishloq kabi
tovarlar eksport qilinadi. AQSHdan asosan energetik, kimyo ishlab chiqarishi,
kompyuterlar, aviadetallar va shaxsiy iste’mol tovarlari import qilinadi. AQSH bilan
aloqa tashqi savdoga nisbatan ancha kengdir. Bunda investorlik ham katta o`rin
189
egallaydi va asosan AQSHning metallurgiya, kimyo, ko`mir
va neft sanoatlariga
qaratiladi.
Fransiya yirik kapital importeri hisoblanadi. Bu sohada Fransiya hukumati
erkinlashtirish siyosatini qo`llab, milliy iqtisodiyotda modernizatsiyani keng qo`llash,
ilm sig`imli, ilg`or texnikani qo`llash, eksportni kengaytirish, yangi ish joylarini
tashkil qilish, sanoati qoloq xududlarda uni rivojlantirishni tezlashtirish kabilarga
chet kapitalini jalb qilishga harakatni kuchaytirmoqda.
Hozirga kelib Fransiyada
ilg`or tarmoqlar korxonalarining yarmidan ko`pi chet kapital nazoratidadir. Umuman
hozir jami tovar aylanishining 1/4 qismi va eksportining 1/3 qismi chet firmalari
hisasiga to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: