206
To`qimachilik sanoati shakllanishi davrida xatto “qo`ylar
odamlarni yeb
qo`ydi” degan ibora bo`lib, jun yetishtirish to`lig`icha o`z qo`ychiligi orqali amalga
oshirilgan. So`ngra xomashyo mustamlaka hududlarida yetishtirilib, xatto oziq-ovqat,
ayniqsa go`sht-sut chetdan keltirila boshlagan. Bunda barcha mustamlakalar qatori,
ayniqsa Avstraliya qo`ychiligi, Kanada g`allasi kabilar katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Buyuk Britaniyaning o`zida hozirgi vaqtda bug`doy, ARPA, kartofel, qand
lavlagi kabilar ko`p miqdorda yetishtiriladi. Chorvachilikda asosan go`sht,
sut va
tuxum ko`proq yetishtirilib, bog`dorchilik va sabzovot yetishtirish ham yetarli o`rin
egallaydi.
Lekin yer resurslarida o`rmonchilik, obodonchilikka qaratilgan hududlar ko`p.
Ekologiyaga katta e’tibor beriladi va buning uchun zarur chora-tadbirlar keng
qo`llaniladi.
Buyuk Britaniya geografik xolati va dengiz floti
xajmi baliqchilikka qulay
sharoit yaratadi. Umuman dengiz mahsulidan keng foydalanish va ularni qayta
ishlash ham yaxshi rivojlangan.
Keyingi yillarda chorvachilik rivojiga labli en
ц
ifalit kasali “sigir qutirishi”
katta zarar yetkazdi. Bu sababli ko`p mamlakatlarda Angliya sigir go`shtiga embargo
siyosati qo`llanilib, bu mahsulot eksportini ancha qisqartirdi.
Natijada ko`p
miqdorda sigirlar qirildi, butun-butun chorvachilik fermalar
xonavayron bo`ldi. Chunki bu kasal bitta sigirda bo`lsa ham butun podani yo`q
qilishga to`g`ri kelgan edi. Angliya davlati ham katta sarf-xarajat qilishga majbur
bo`lgan. Chunki fermerlar ko`rgan zararni qoplash zaruriyati tug`ilgan edi.
Buning
ichiga sigirlarni o`ldirish, kuyish, sotishdan kelgan zararlarni qoplash kabi xarajatlar
kirgan edi. Qayd qilish kerakki chorvachilikda Buyuk Britaniyada sigirchilikning
go`sht yetishtirish yo`nalishi sos hisoblanar edi.
Umuman iqtisodiyotning
barcha tomonlariga
o`xshagandek qishloq
xo`jaligining rivojlanishi va yo`nalishi Buyuk Britaniyaning yevropa Itiofigq
qo`shilishi bilan albatta o`zgaradi. Chunki yevropa
Ittifoqi talablariga va u
tug`diradigan shart-sharoitlarga moslashuvi talab etiladi. Bu ayniqsa qishloq xo`jaligi
207
tuzumiga taalluqlidir. Umumiy bozorga ishlash, iste’molchilarning talabi va
boshqacha tuzilma, yo`nalishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Lekin ko`pchilik kontinent mamlakatlaridan
farqli ravishda Buyuk
Britaniyaning xomashyo va oziq-ovqat iste’moli asosan boshqa qit’alarga bog`liqdir.
Chunki, yuqori ta’kidlaganimizdek bu mahsulotlar ta’minoti mamlakat ehtiyojining
yarmini qoplashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: