211
ish o`rinlarining
qimmatligi, mehnat haqining yuqoriligi katta dalda bo`lib, bunday
tarmoqlarning mamlakat ichida norentabelli va samarasizligi sabab bo`lgan.
Xizmat ko`rsatish sohasida turizm va moliyani ajratib ko`rsatish mumkin.
Bular Buyuk Britaniya YAIMning 25%ini beradi. Bunda 4 mln.dan ortiq odam band
bo`lib, mamlakat mehnat resurslarining 12%ini tashkil etadi. Mamlakat markazi
London shahri esa shu bilan birga jahon moliya poytaxti hisoblanadi va planetaning
eng yirik moliya markaziga aylangan.
Moliya xizmatida banklar faoliyatini ajratib ko`rsatish mumkin. Londonda
Angliya banklaridan tashqari 50 ta jahon banklari faoliyat ko`rsatadi. Moliyada
bundan tashqari sug`urta,
moliyaviy instrumentlar bozori, ya’ni fyuchers, opsionlar,
global depozitor tilxatlar bozori rivojlangan. Shu bilan birga obligatsiya
(evroobligatsiyalar) bozori, valyuta bozori (evrovalyutalar savdosi), moliyaviy lizing,
chet mamlakatlar aktivlari bilan bo`ladigan trast harakatlar baho metallar savdosi
kabilar keng miqyosda amalga oshiriladi.
Londondan tashqari Manchester, Kardiff, Liverpul,
Edinburg shaharlari ham
moliyaviy
markaz
hisoblanadi.
Buyuk
Britaniyaning
yevropa
valyuta
integratsiyasidan voz kechishi Londonning o`z moliyaviy pozitsiyalarini Frankfurgga
berib qo`yishi xavfi mavjudligidadir. Britaniyaning integratsiya jarayoniga xatarlilik
bilan qarashi albatta an’anaviy ehtiyotkorlikning salbiy oqibati bo`lishi mumkin.
Mamlakatning o`z ahamiyati darajasi bo`yicha turizm ikkinchi o`rinda turadi.
Bunda bandlik 7%ni tashkil etadi va yillik daromad 8 mlrd. dollarga teng.
Shuningdek, London jahonda eng yirik turizm markazlaridan hisoblanadi.
Buyuk
Britaniya
iqtisodiy
tuzilmasiga
e’tibor
berganda,
undagi
xususiyatlardan biri xususiy kompaniyalar ta’sirining ortib borishidir. Davlat asosan
faqat atom energetikasi va qisman ko`mir sanoati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Taxminan elektro-energiya ishlab chiqarishning 30% ko`mirga, 35% neftga, 25%
gazga va 10 atom energiyasiga to`g`ri keladi.
Buyuk Britaniya boshqa yetakchi rivojlangan mamlakatlar qatorida
rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. yevro tonnelning ochilishi Orolli Britaniya
bilan kontinental yevropa aloqasini yanada mustahkamladi.
212
Buyuk Britaniyaning fuqarolik aviatsiyasining rivoji ancha muvaffaqiyatlidir.
British Airvays dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan hisoblanadi. Xeabrov esa
juda yirik jahon aviamarkazlari qatoriga kiradi.
Angliyaning iqtisodiyotida tashqi savdo o`rni kattadir. Aytish mumkinki,
Germaniya va Fransiyaga nisbatan tashqi savdoga Buyuk Britaniya ko`proq ochiq
hisoblanadi. Mamlakat YAIMning 28,5% eksport bilan bog`langandir.
Eksport
bo`yicha esa dunyoda beshinchi o`rinda turadi va jahon eksportining 5,1%ga to`g`ri
kelib 272,7 mlrd. dollarni tashkil etadi. Import bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda
bo`lib, 5,9% va 351,1 mlrd. dollarga teng.
Xizmat ko`rsatish sohasida bu ko`rsatkichlar yana ham ta’sirliroqdir. 1998 yili
Buyuk Britaniya xizmat eksporti 99,5 mlrd. dollarga teng bo`lib, jahon eksportini
7,7%ini tashkil etgan. Import bo`yicha xizmat sohasi 71,6 mlrd. dollar yoki jahon
importining 5,9% va to`rtincha o`ringa teng bo`lgan. Mamlakat tashqi savdo saldosi
salbiy bo`lib 20 mlrd. dollarga teng bo`lgan.
Tashqi savdo juda ijobiydir. Chunki eksportda sanoat va elektron
mashinasozlik, elektrotexnika, hisoblash texnikasi,
avtomobil, transport vositalari,
energiyaga ega mahsulotlar ustunlik qiladi. Import avtomobil, sanoat va elektron
mashinasozlik, hisoblash texnikasi, neft, qog`oz, to`qimachilik, qishloq xo`jaligi
mahsulotlaridan iboratdir.
Buyuk Britaniyaning asosiy savdo sheriklari yeI mamlakatlari, AQSH, Osiyo
Janubiy-Sharqiy mamlakatlari hisoblanadi.
Buyuk Britaniya iqtisodiy tuzilmasi progressiv bo`lib,
bunda ilmiy soha
muhim o`rin egallaydi. Bu Angliya sanoati yuqori texnologiyaligini belgilaydi. Bu
esa Britaniya mahsulotlarining yuqori darajali ilmiy sig`imliligini ta’minlab beradi.
Amalda bu mamlakat dunyoda ilmiy-texnika bo`yicha eng yetakchi mamlakatlar
qatoriga kiradi va yirik ilmiy-texnik salohiyatga ega bo`lish imkonini beradi. Buni
shu bilan ko`rsatish mumkinki Nobel mukofoti bo`yicha AQSHdan keyin ikkinchi
o`rinda turadi va 2000-yilgacha 70 dan ortiq olimlari bunga sazovor bo`lgan. Juda
yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshirilgan.
213
Buyuk Britaniyaning elektronika, telekommunikatsiya, kimyo, aerokosmik
sanoat kabilar bo`yicha jahonda birinchiligi tan olingan. Faqat bitta British Telekom
mingga yaqin NIOKR (ilmiy ishlar va konstruktorlik ishlari)ni amalga oshiradi.
Yangi
materiallar, biotexnologiya, farma
ц
evtika, radar jihozlari, konkord samolyoti,
vetikal uchuvchi va qo`nuvchi samolyotlar, havo uchish harakatlarini nazorat etish
tizimlari kabilar shular jumlasidandir.
NIOKR uchun Buyuk Britaniyaning xarajati YAIMning 2%dan ortiqdir.
Shunday 35%ini davlat moliyalashtiradi. Bu albatta yangit texnologiya xolati,
iqtisodiy progressivlikning ko`zgusidir.
Natijada Buyuk Britaniya iqtisodiy tuzilmasi va xolatining rasionallik darajasi
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: