Tayanch so‘z va iboralar



Download 40,6 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2022
Hajmi40,6 Kb.
#867376
  1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu


1 – MODUL: MOLIYA BOZORI MODELLARI


Reja:

  1. Moliya bozorining tarkibiy tuzilishi

  2. Moliya bozori modellari

Tayanch so‘z va iboralar: Moliya bozori, pul bozori, investitsiya bozori, sug‘urta bozori, valyuta bozori, ssuda kapitali, moliyaviy instrumentlar.


1 – savol bayoni: Moliya bozori haqida gap borar ekan, bu sohaning o‘ziga yarasha xususiyatlarini tasavvur qilish kerak. Albatta, har qanday bozor kabi bu yerda ham sotib oluvchilar va sotuvchilar mavjud. Lekin olinadigan va sotiladigan narsalar moliyaviy instrumentlar bo‘lganligi, ya’ni olinadigan va to‘lanadigan vosita ham moliya bo‘lganligi uchun bu bozor boshqa bozorlardan ajralib turadi. Bu bozorda sotiladigan moliyaviy instrument evaziga ma’lum muddatdan so‘ng kattaroq miqdorda bo‘lgan moliya qaytariladi. Va bu hol har xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin: bank bergan qarzlar, qarz qog‘ozlari evaziga yoki boshqa qimmatli qrg‘ozlar evaziga berib turilgan dastaklar va hokazo. Lekin, ma’lum muddatdan keyin olingan moliya unga qo‘shilgan foizlar bilan qaytarilishi bu savdoning asosini tashkil etadi. Moliya bozori – tarixan pulning paydo bo‘lishi va moliyaviy munosabatlarni amalga oshirilishi bilan paydo bo‘lgan.
Moliya bozori – bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir, ya’ni bu moliya mablag‘larini vaqtincha haq to‘lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo‘lgan munosabatlardir. Moliya bozori milliy va xalqaro xo‘jalik doirasida pul mablag‘lari erkin harakatining maxsus shaklidir. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tamoyillaridan biri bozor munosabatlariga o‘tishda “falaj yo‘li bilan davolanish” usulidan voz kechib, tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga kirib borishdir. Bundan tashqari rivojlanishning har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatga ega. Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi, chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi, xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining kuchayib borishi bilan belgilanadi. Shu jumladan, moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda, chunki faqat rivojlangan moliyaviy tizim iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishiga zamin yaratadi.
Moliya bozori – juda keng tushunchadir. U keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi, hamda muayyan moliya muassalari orqali o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o‘ziga xos “Asab markazi” hisoblanadi, uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining “ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatib jamiyatning iqtisodiy faolligini boshqarish mumkin.
Buyuklardan biri: “Insoniyat pulni yaxshi ko‘radi. Uning charmdan, qog‘ozdan, bronza yoki tilladan tayyorlanganining farqi yo‘q”, - degan ekan. Biroq faqat pullarni saqlash qulay bo‘lgan holda u ziyon ham keltiradi. Pul yig‘ib puldor bo‘lib yurishning afzalliklari to‘g‘risida hamma yaxshi biladi. Lekin uning ziyoni haqida hech kim o‘ylab o‘tirmaydi. Zero, hamyonda yoki paypoqda saqlanayotgan pulga foiz qo‘shilmaydi. Agar pulga qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki u bankka qo‘yilsa, u holda pulning egasi foiz shaklida daromad oladi, ammo bunday daromad avvalo ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki resurslardan samarali foydalanish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul oborotini oshirish va shu kabilar orqali qo‘lga kiritiladi.
Tarixiy MB pul va moliyaviy munosabatlarning‚ QQB esa qimmatli qog‘ozlar (avvalambor aksiya va obligatsiyalar)ni paydo bo‘lishi bilan yuzaga keldi va bu o‘z navbatida birjalarni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki birjalardan biri 1409 yilda Shimoliy Alpda vujudga keldi. XVI-XVII asrlardan Yevropada‚ shu jumladan, Angliyada aksionerlik jamiyati tashkil qilindi. “Sharqiy-Hindiston” kompaniyasi 1611 yilda Amsterdamda tashkil qilingan jahonda birinchi birjada o‘zining yuqori kapitallashgan aksiyalarini emissiya qilgan kompaniyalardan dastlabkisi bo‘lib‚ aksiyalarga xarid kursi bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan. Sanoat korxonalari savdosi rivojlanishi bilan aksiyalar keng yoyilib ketdi. Aksiyalar va obligatsiyalar bilan savdo qiluvchi London fond birjasi tashkil qilindi. XVIII asrda obligatsiyalar savdosi bo‘yicha asosiy o‘rinni Frankfurtdagi birja egalladi. XIX asrdagi industriyalashuv (sanoatlashuv) tufayli birjalar gullab yashnashi va ularning aksiyalar savdosiga qarab ish tutishi boshlandi. Shuning uchun ham birjalar Yevropa va Shimoliy Amerika sanoatlashuvida asosiy o‘rinni egallaydi. Deyarli har bir yirik shaharlarda o‘z iqtisodiyoti rivojini ta’minlash maqsadida xususiy birjalar tashkil etish tezlashtirildi. Masalan‚ Germaniya va Angliya har biri 20 dan ortiq birjalarga‚ Tokio esa yagona birjaga ega bo‘lgan. Tokio birjasi umumjahon ahamiyatiga ikkinchi jahon urushidan so‘ng erishdi. 1960 yillarning o‘rtalarida AQSh‚ Angliya Moliya bozori (MB)‚ qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjalari mahalliy darajada oddiy boshlangandan so‘ng asrlar davomida rivojlanish jarayonlari kuzatiladi. Bu bosqichlarni kutilganidek yakunlanishi dunyoning istalgan nuqtasidan sutkada 24 soat davomida foydalanish imkonini beruvchi birjalar to‘liq rivojlangan bo‘lmasa-da‚ uning tasviri aniq chizib berilgan edi. Kelajakda esa barcha emitentlarning qimmatli qog‘ozlar kursi yagona umumjahon birjasida aniqlanishini tasavvur qilish mumkin. Shuning uchun ham birjani makroiqtisodiy darajadagina emas‚ balki jahon miqyosidagi ahamiyati haqida gapirish mumkin.
Moliya bozori keng ma’noda qo‘llanilib, oldi-sotdi munosabatlariga kirishadigan mulk egalarining o‘zaro aloqalarini tavsiflaydi. Kreditlar, xorijiy valyuta va sug‘urta polislari, qimmatli qog‘ozlar, savdo hamda harakat ob’ekti sanalmish bu bozor amaldagi iqtisodiy va ijtimoiy qonuniyatlar asosida faoliyat yuritadi. Umuman, moliya bozori mohiyatini ochishda uning boshqa bozorlardan farqini yoritish lozim. Har qanday bozor singari moliya bozori tushunchasini ham ikki qutbga bo‘lish mumkin. Ulardan birida maxsus tovar hisoblanadigan kapital yetkazib beruvchilar – vaqtincha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan va ularni to‘liq saqlash bilan birga ko‘paytirishni istovchi turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik sub’ektlari, jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ushbu qutb ishtirokchilarining bosh maqsadi moddiy manfaatdorlikdir. Qutbning ikkinchi tomonida esa ishlab chiqarishni yangi boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha sarmoyaga ehtiyoji bor turli mulkchilik shaklidagi sub’ektlar, jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ushbu toifa vakillari jalb etiladigan sarmoya uchun ma’lum foizni to‘lashga moyillik bildiradilar.
Zamonaviy moliya bozorlari o‘ta murakkab bo‘lib, ularning faoliyatini mavjud moliyaviy asboblarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Asboblar har turdagi qarz qog‘ozlari, qarz oluvchilarning va beruvchilarning majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar sug‘urta va xatarlarning oldini oluvchi uslublar va boshqa qimmatli qog‘oz va boshqaruvchi qonun-qoidalardan iborat. Shu bilan bir qatorda, moliya bozorlarning faoliyati taraqqiy etgan davlatlarning siyosatlari, rasmiy xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyatlari va norasmiy “offshor mintaqalar” deb atalmish moliya bozorlarining ta’sirida shakllanadi.
Ushbu murakkab jarayonlarning, hozirga kunga kelib, insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Aniqki, taraqqiy topgan davlatlarning ichki iqtisodiy siyosatlariga va xalqaro iqtisodiy aloqalarning shakllanishiga moliya tizimining ta’siri juda katta. Ya’ni, ikkala eslatib o‘tilgan sohalarda moliya tizimining manfaatlari ustunligi e’tirof etilgan.
Hozirgi kunning asosiy muammosi shundaki, moliya savdosi iqtisodiy o‘sishdan bir qancha yuqori tezlikda davom etib kelmoqda. Bu moliya bozorlarining harakatlarining o‘sishi yetarlicha ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar savdo-sotig‘i va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan ta’minlanishi uchun xom ashyolarning yangi konlarini o‘zlashtirish va qayta ishlashga talab yildan-yilga ortib bormoqda.
Moliya bozorining ahamiyati juda katta bo‘lib, u bir necha shakllarni o‘z ichiga oladi. Moliya institutlariiga e’tibor bersak, bular tijorat banklari, ssuda–omonat birlashmalari, fond birjalari, sug‘urta kompaniyalari kabilardir. Moliya bozorining sub’ekt (ishtirokchi)lari iste’molchilar (“uy xo‘jaligi”), korxonalar va davlatdir.
Moliya resurslarining bozor orqali o‘tadigan qismi moliya bozorining ob’ektini tashkil etadi. Bundagi munosabatlar mulkdorlar bilan pulga ehtiyojmandlar o‘rtasida yuz beradi. Pul bozorga chiqarilar ekan, u iste’molchining talabini qondirish uchun ishlatiladi. Lekin shu bilan birga puldan foyda ko‘rish maqsadi, pulni ko‘paytirib undan qo‘shimcha pul topish moliya bozorida ishlatiladigan pul, ya’ni sotish va sotib olish jarayonlari moliya bozorining ikki tomonini ko‘rsatadi, ya’ni bir tomonda iste’molni qondiruvchi pul bozori bo‘lsa, ikkinchi tomomonida kapital bozori bo‘ladi. Bu vazifalar bir necha moliya bozor shakllarini taqozo etadi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet el kapitalining oqib kelish imkoniyatlarini belgilash uchun, avvalo, “qisqargan” ichki moliya bozori mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarda hozirgi zamon jahon kapital bozori asosiy yo‘nalishlarini aniq-ravshan tushunib olish lozim. Umuman olganda, bu yo‘nalish rivojlangan mamlakatlardan kapitalning katta hajmda eksport qilinishi, so‘nggi o‘n yil ichida kapital eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibida jiddiy tuzilmaviy o‘zgarishlar va eksport qilinayotgan kapitalda xususiy mablag‘larning ko‘pligi (taxminan 95 foiz) bilan ifodalanadi.
Mamlakat raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish dinamik moliya bozorini shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi, bu esa, o‘z navbatida, milliy jamg‘armalarning yuqori darajada bo‘lishini talab qiladi. Ushbu ikki ko‘rsatkich bir-biriga shunchalik bog‘liqki, ularning qaysi biri birlamchi va qaysinisi ikkilamchi ekanligini aniqlab olish ancha qiyin.
Markazlashtirilgan rejalashtirish tajribasi shuni aniq ko‘rsatadiki, yirik kapital qo‘yilmalar tezkor iqtisodiy o‘sishni hali kafolatlay olmas ekan. Investitsiyalar tuzilmasi va sifati, inson kapitali, shuningdek, ularning qayta qurish muvaqqat oraliqlariga muvofiqligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliya bozorlarining taraqqiyoti moliya vositalari bajarayotgan vazifalarning o‘zgarib borishi bilan bog‘liq. Moliya vositalari avvalambor savdo-sotiqni ta’minlovchi vazifalarni bajarib, boshlang‘ich davrida oltin-kumush zahiralari va har xil boshqa mol boyliklari bilan ta’minlangan davrdan taraqqiy topgan. U davrda davlat va boshqaruv tizimi tarafidan moliya aylanishi juda katta nazoratni talab qilmagan. U davrdagi nazorat pul standartlarini, ya’ni chop etilgan pullar va aylanishga chiqarilgan moliya, mol va boshqa boyliklar bilan ta’minlanganligi nazoratidan iborat edi. Iqtisodning o‘sib borishi, chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat, savdo-sotiqlarning moliyaviy ta’minotning o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqligi bilan to‘g‘ri korrelyatsion bog‘liqlik sezilarli emas edi. Moliya bozorining va tizimining taraqqiyoti asta – sekin mol va boyliklar bilan ta’minlangan moliyani o‘rnini farmoyish moliya yoki qarz bilan ta’minlangan moliya bilan almashtirilish jarayonini vujudga keltiradi.
Moliya bozorlarining samarali foaliyat ko‘rsatishi uchun ma’lum muhit mavjud bo‘lishi shart. Avvalambor mazkur shart iqtisodiy tizim barqarorligi va moliya tizimining erkin va ishonchli harakat qilishiga mo‘ljallangan qonunchilikka asoslanishi talab qilinadi. Bu qonunchilik har biri alohida milliy davlatlarda shu millatning urf-odatlari va udumlaridan istisno, umumiy xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishini talab etadi. Shu jumladan, milliy davlatlar hukumatlaridan moliya tizimini boshqaruvchisi Markaziy Banklarning erkinligini, inflyatsion jarayonlarga yo‘l qo‘ymaslikni, milliy valyutaning kundalik savdo bo‘yicha konvertatsiyasini ta’minlashni, g‘arbiy uslubdagi demokratiya qoidalarini o‘rnatishni va boshqa moliya erkinligini ta’minlovchi standartlarni bajarilishini talab qilinadi. Bunga erishishning qator ko‘rsatkichlari va turlicha uslublari mavjud. Ana shu standartlarga alohida davlatlarning ichki iqtisodiy muhitlari muvofiqlashganida, xalqaro moliya erkinligi uchun to‘la sharoit yaratilib, moliya oqimlari to‘siqlarsiz har qanday davlat chegaralarini kesib kiradilar va yana bemalol bu davlatning moliya bozorlarini tark etadilar.
Moliya bozorini quyidagicha ta’riflash mumkin: moliya bozoribu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq tashkillashgan iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim. Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha sub’ektlari tomonidan ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Boshqa sohalardan farqli moliya bozori ushbu imkoniyatni beruvchi, uning uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratuvchi muhit, alohida iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan, institutlari (qatnashchilari) va ularning moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq munosabatlari majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
Aynan shu va yuqorida aytilganlar bilan moliya bozori boshqa turdagi bozorlardan keskin farq qiladi.
Moliya bozori iqtisodiyotda qo‘yidagilar mavjud bo‘lgandagina samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
- effektiv (samarali) mulkchilik tizimi1;
- investitsiya uchun mo‘ljallangan yetarli jamg‘armalar (moliyaviy resurslar, mablag‘lar) va iqtisodiy-xuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan moliyaviy instrumentlar.
- talab va taklifni ob’ektiv mutanosibligi;
- moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
- bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm surishi;
-moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlilik va xavfsizlik, risklarni bashoratliligi.
Moliya bozorida moliyaviy resurslar jarg‘armachilardan iste’molchilarga tomon va aksincha yo‘nalishda harakat qiladi. Bunda jamg‘armalar investitsiyalarga transformatsiyalanadi (aylanadi).

Download 40,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish