Tayanch so‘z va iboralar



Download 40,6 Kb.
bet3/3
Sana16.11.2022
Hajmi40,6 Kb.
#867376
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu

Pul bozori – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar va pulga muhtoj bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Pul bozori davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini ta’minlaydi va firma yoki jismoniy shaxslarga o‘zlarining vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan daromad olishga imkon beradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - u daromad keltiruvchi dividend va foiz keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar muomalasi orasidagi munosabatlarni;
Valyuta bozori – bunda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadilar. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auksion ko‘rinishida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda valyuta muomalalari asosan AQSh dollarida va yevroda olib boriladi.
Investitsiya bozori - foyda, dividend yoki daromadlarning boshqa shakllarini olish maqsadida saqlab, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarga sarmoya qo‘yish borasidagi munosabatlarni;
Ssuda kapitali bozori – bank tomonidan ma’lum muddatga beriladigan qarz pullar borasidagi munosabatlarni;
Sug‘urta bozori - o‘z mol-mulkini sug‘urta qilish borasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’ektlar pul bilan munosabat qiladilar. Birinchisi – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar, bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi, ikkinchisi – pulga muhtoj bo‘lgan sub’ektlardir, bunga ham tarkiban aholi, firma, kompaniya va davlat muassalari kiradi.
Har ikkala sub’ektlar orasida erkin pul muomalasi, ya’ni uning oldi-sotdi qilinishi moliyaviy bozorni bildiradi. Bu bozordagi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgandagina yuzaga keladi. Mana shu munosabatlarning ob’ekti pul mablag‘laridir. Ular o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan holda boshqalar uchun zarur bo‘ladi. Bu tabiiy hol, chunki jamiyatdagi pul oqimlari, ya’ni pulning kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Masalan, fuqarolar kelajakda qarilik chog‘ida ishlatish uchun ma’lum bir miqdorda pul to‘plab uni bankda qo‘yadilar. Ayni shu vaqtda fermer xo‘jaligi uchun pul zarur bo‘lib qoladi. Vaqtincha bo‘sh turgan pul fermer xo‘jaligi uchun moliya resursini tashkil etadi, unga ega bo‘lish uchun u moliya bozorida qatnashishi zarur.
Kapital bozori (capital market) – moliya bozorining “uzun pullar”, ya’ni muomalada bo‘lish muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan aktivlar muomalada bo‘lgan qismi. Pul mablag‘lari yoki bevosita bank ssudalari ko‘rinishida yoki qimmatli qog‘ozlarga almashish evaziga taqdim etilishi mumkin. Kapital bozorining asosiy farqi shundaki, bu bozorda barcha vositalar uzoq muddatli xarakterga ega va uzoq muddatga investitsiya kiritish uchun foydalanilishi mumkin bo‘ladi. Shunday ekan, kelgusi rivojlanish uchun mablag‘larni kompaniya faqat kapital bozoridan jalb qilishi mumkin, pul bozorida esa kompaniyalar «teshiklarni yamash» uchun «tez pul»ga ehtiyojni qondiradi yoki chayqov operatsiyalarini amalga oshiradi.
Moliya bozori ishtirokchilari mulk egasi sifatida o‘z boyligini bilganicha tasarruf eta oladilar, shu sababli ular pul yuzasidan erkin bitimga keladilar. Moliya bozorida pulga qimmatli qog‘ozlar – obligatsiya va aksiyalar sotib olinadi. Veksel va sertifikat kabi hujjatlar ham pul singari muomalada bo‘ladi. Ular ham moliya bozorida oldi-sotdi qilinadi. Moliya bozori amaliyotida tijorat banklari, sug‘urta, investitsiya, moliya kompaniyalari, fond birjalari, auksionlar orqali faoliyat ko‘rsatadi.
Moliya bozoridagi operatsiyalar maxsus vositachilar, o‘ziga xos dallollar, dilerlar va brokerlar firmalari orqali amalga oshirilib, xujjatlashtiriladi. Moliya bozori muassasalari orasida fond birjalari asosiy o‘rinda turadi, chunki qimmatli qog‘ozlar asosan fond birjalari orqali sotiladi. Bular haqida keyingi ma’ruzalarda to‘liq ma’lumot beriladi. Moliya bozori bo‘sh pul mablag‘larini safarbar etib, ularni moliyaviy resurslariga aylantiradi. U kapitalga aylanayotgan pulni xo‘jalikning turli sohalari o‘rtasida erkin ko‘chib yurish, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Ayniqsa, bu novatsiyada, ishlab chiqarishning tarkibini qayta kurishda qo‘l keladi. Muhimi shuki, u aholini qo‘lidagi o‘lik, harakatsiz pulni jonli, daromad keltiruvchi pulga aylantiradi. Moliya bozori orqali moliyaviy munosabatlar demokratiyalashadi, xo‘jalikni moliyalashtirishda xalqning puli qatnashadi, xalq o‘z pulidan daromad ko‘radi.
Pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy potensialni kuchaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Moliya bozori moliya resurslarini ishlab chiqarishning talabiga qarab, turli korxonalar, sohalar va tarmoqlar o‘rtasida taqsim qiladi, ular kerakli joyga oqib borib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Masalan, elektronika mahsulotlariga talab oshsa, ular yaxshi sotilib foyda ko‘p olinadi, elektronika korxonalari aksiyalari egalari boshqalarga qaraganda ko‘proq dividend oladi. Natijada ular qo‘lidagi aksiyalarning bozori chaqqon bo‘ladi, aksiyalar ko‘plab sotiladi, tushgan pul kapital sifatida shu sohaga qo‘yiladi.
Pirovardida elektronika sohasi jadal o‘sib, iqtisodiyotga siljish yuz beradi. Bunda korxona, firma yoki kompaniya moliyasi ham mustahkamlanadi. Hozirgi kunda bu hol O‘zbekistonda avtomobilsozlikning rivojlanishi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Davlat o‘z qo‘lidagi moliya resurslaridan foydalanib, byudjetni moliyalashtirish, dotatsiya berish, soliqlardan ozod etish yoki imtiyozlar berish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Moliyaning iqtisodiyotga ta’siri bir qator moliya vositalari yordamida boradiki, ular birgalikda moliya mexanizmini tashkil etadi. Moliya mexanizmi moliyaviy munosabatlarning amalda umumlashtirishning shakli, usulidir. Moliya bozorini shakllantirish vaqt jihatidan bir necha yo‘lni o‘z ichiga olgan g‘oyat murakkab jarayon.
Moliya bozorini ixtiyoriy yo‘l bilan, o‘zining qonunlari asosida asta-sekin yaratsa bo‘ladi. Bunda mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, qattiq pul-kredit siyosati, erkin narxlar va mukammal bozor iqtisodiyotining boshqa komponentlari moliya bozorining real ishlashi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish kerak. Bu jarayon O‘zbekistonda siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng boshlandi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda moliya bozorining tashkiliy strukturalarining mavjudligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.



1 Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с.

Download 40,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish