REJA: 1.Pul massasi tushunchasi, mohiyati va uning tarkibi. 2.Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash. 3.Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.
Pul massasi – yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo`lgan naqd va naqdsiz ko`rinishdagi pul mablag`larining yig`indisidir.
Pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
Pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
Pul-Tovar munosabatlarining mavjudligi.
Pul mablag`larining tovarsiz harakatlanishi.
Pul muomalasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir.
Pul taklifi jarayonidagi 3 ta asosiy subyektlar: 1.Markaziy bank – hukumat vakili hisoblanib, bank tizimini nazorat qilishga va monetary siyosatni tashkil etishga javobgar. 2.Banklar – aholi va tashkilotlardan deposit qabul qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar (tijorat banklari, kredit assotsiyatsiyalari, maxsus jamg`arma banklar va kredit uyusmalari). 3.Depozitorlar – banklarga deposit qo`ygan yuridik va jismoniy shaxslar.
Muomala uchun zarur pul miqdori 2 asosiy yo`nalishda shakllanadi: 1.Pullarga bo`lgan aktiv talabning shakllanishi. Korxonalar o`zini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ishlab chiqarishni kengaytiradi, ya’ni qo`shimcha sehlar quradi. Bunda qo`shimcha pul mablag`lariga talab yuzaga keladi. 2.passiv talabning yuzaga kelishi. Aholi, kompaniyalar va davlat kelgusidagi jiddiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pul jamg`ara boshlaydi.
Fisher taklif qilgan pul muomalasi qonuni: M=P*Q/V M – muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori P – tovarlar bahosi Q – tovarlar hajmi V – pulning aylanish tezligi Tovar hajmi o`rniga YaMM ko`rsatkichini qo`llash maqsadga muvofiq. YaMMning o`sishi zarur bo`lgan pul miqdorini belgilaydi.
K. Marks qonuni PM=(TXBS-KSTS+MKTS)/PBAT PM-muomala uchun zarur pul miqdori TXBS-tovarlar va xizmatlar baholari summalari KSTS-kreditga sotilgan tovarlar summasi MKTS-muddati kelgan to`lovlar summasi PBAT-pul birligining aylanish tezligi. Tovarlar va xizmatlar bahosining o`sishi muomalada qo`shimcha pullarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
Inflyatsiya darajasi hisobga olingan pul muomalasi qonuni M=Y*P/V M-muomala uchun zarur pul miqdori Y-real YaIM P-inflyatsiyaning o`sish sur;ati V-pulning aylanish tezligi
Pul massasini miqdoriy o`lchashning 2 xil yondashuvi bor: 1.Transaksion yondashuv – bunda pullaarning to`lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko`zda tutiladi (aktiv qismi e’tiborga olinadi). 2.Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.