Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

N
арх
-n
а
v
о
ni s
а
ql
а
sh m
а
qs
а
did
а
dаvlаt bir qism pulni muоmаlаdаn оlib, 
muvаzаnаtni 
tаminlаsh 
chоrаlаrini 
qo`llаdi. Lеkin bu ikkinchi tоmоndаn 
sаnоаt o`sishigа sаlbiy tаsir etа bоshlаdi, 
chуnki хаrijliк dаrаjаsini pаsаytiрish 
bilаn bоg`liq edi. 


191
Uchinchi xili, aralash iqtisodiyotga qarashli bo`lib, nazorat paketi davlat 
qo`lida bo`ladi. Davlat sektoriga qarashli korxonalarning yarmidan ko`pi shunday 
korxonalardir. 
Davlat iqtisodiyotidagi ikkinchi tomon davlat iqtisodiy tartiblashtirish bilan 
bog`liq faoliyatdir. Bu asosan diversifikatsiya tarzidagi amaliyotdir va indikativ 
rejalashtirishni ham o`z ichiga oladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bir necha 
o`n yillardan beri davom etib, bu to`xtovsiz kuchayib borgan. Agar davlatning 
xarajatlari YAIMga nisbatan XX – asr boshida 10-15 foizni tashkil etgan bo`lsa, 90 – 
yillarga kelib 45 foizdan ortiq bo`lgan. Bu sohadagi asosiy vazifalar Iqtisodiyot 
vazirligiga yuklatiladi. Shu bilan birga moliya va byudjet orqali amalga oshirilib, 
Fransiya iqtisodiy siyosatini bir-biriga bog`laydi. Bozorga ta’sir ko`rsatishda 
iqtisodiyotda byudjet tartibga solish qurolidan hisoblanadi. Chunki u muayyan soliq 
siyosati va ma’qul maqsadli dasturlarni amalga oshirishni bajaradi. 
Soliqqa kelsak, davlat buning amalga oshuvi tufayli mamlakat byudjetining 
daromad qismini amalga oshirish bilan birga milliy iqtisodiyotning rivojlanishdagi 
rasmiy ustuvorlikni amalga oshirish amaliyotini ham ifodalaydi. Davlat byudjetining 
daromad qismining 90 foizini soliq yig`imi tashkil etadi. Shu bilan qurol-aslaxalar 
sotish kabilar ham ma’lum o`rin egallaydi.
Byudjet xarajatlarida ta’minot va madaniyat, tibbiyot va sog`liqni saqlash, ish 
joylari yaratish, mudofaa, ijtimoiy to`lovlar asosiy o`rin egallaydi. Bundan tashqari 
davlat yirik ilmiy-tadqiqot ishlarini, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirishni amalga 
oshiradi. Asosan bunda eng ilg`or istiqbolli dastur va loyihalar o`rin egallaydi. Bular 
Fransiya firmalarining yaqin orada robototexnikasi, aloqa vositalari, yangi materiallar 
yaratish, biotexnologiya, axborot, miroelektronikalar bo`yicha yetakchi mamlakatlar 
qatorida bo`lish imkonini tug`diradi. 
Davlat faoliyatida, uni iqtisodiy tartiblashtirish sohasida tashqi savdo ham 
aloxida o`rin olib, bunda ham eng ilg`or o`rinlarni egallash choralarini 
qo`llanilmoqda. Avvalo bu eksportga qaratilgandir. Tartiblashtirishda fransuz 
tovarlari raqobatbardoshlik darajasini ko`tarish eng muhim bo`lib, bu kompleks 
asosda amalga oshirilmoqda. U tovarlarni sotish jarayonidan tashqari ishlab 


192
chiqarishni ham o`z ichiga oladi. Bundagi davlat harakati selektiv va maqsadli 
yo`nalishli bo`lib, uning asosiy o`qi moliya-kredit va ma’muriy sohalarni o`z ichiga 
oladi. Davlatning iqtisodiyotdagi o`rni uning yalpi mahsulotga va daromad 
taqsimotidagi ishtiroki, davlat sektorida bandlikni yuqoriligi ham tasdiqlaydi. 
YAIMning 54 foizi davlat tomonidan taqsimlanadi. Davlatdagi bandlik darajasi 24 
foizga yetadi. Kadrlar tayyorlashda ham o`rni katta bo`lib, oliy o`quv yurtlarida faqat 
davlatga qarashli korxona, tashkilotlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlanadi.
Davlatning aholi ijtimoiy hisobidagi o`rni juda katta bo`lib, asosiy ishlar 
davlat tomonidan bajariladi va xarajatlar ham davlat orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy 
to`lovlar YAIMning 19,3 foizini tashkil etadi. Bu dunyoda eng yuqori 
ko`rsatkichlardan hisoblanadi.
Fransiya davlatining iqtisodiyotdagi o`rni ayniqsa milliylashtirish va 
xususiylashtirish jarayonlarida juda ahamiyatlidir. Bu jarayonlar iqtisodiy va uning 
talablariga qarab Fransiyada juda faol yondoshuv amalga oshiriladi. Bunday xolatlar 
ayniqsa 80-90 yilarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Aytaylik, 80 – yillar boshlarida 
yevropa rivojlangan mamlakatlariga AQSHning valyuta-moliyaviy siyosati katta 
ta’sir ko`rsatdi. Dollarning kursi shiddatli ravishda ko`tarilib, Fransiyaning savdo 
yetishmovchiligini o`sishiga olib keldi. Chunki taxminan 1/3 fransuz importi dollar 
bilan to`lanar edi, bu esa 1981 – yilni o`zidayoq 92 mlrd. franka teng edi. Buning 
ta’siri ishsizlikni o`sishi, iste’mol tovarlari narxining o`sishi va bir qancha ijtimoiy 
keskinliklarga olib keldi. 
Fransiya davlati iqtisodiy keskinlikning oldini olish uchun bir qancha chora-
tadbirlar bilan birga korxonalarni milliylashtirishni amalga oshirdi. Bu jarayon asosan 
beshta yirik sanoat guruhlarini o`z ichiga oldi. Davlat sektori keskin ko`tarilib, 
bandlik 25 foizga yetdi. Eksportda esa 1/4 ni tashkil etdi va 1/3 sanoat mahsulotini 
qamrab oldi. Buning hissasiga aviatsiya va kosmik sanoatning 85 foiz, qora va rangli 
metallurgiyaning 70 foiz, Kime sanoatining deyarli yarmi to`g`ri keladi. 
Kreditni tarqatishga katta e’tibor qaratilib, 36 ta tijoriy va biznes banklar 
davlat ihtiyoriga o`tdi. Shu bilan birga ikkita eng yirik moliyaviy guruh davlat qo`liga 
o`tadi. Bular juda yirik sanoat-moliya guruhi bo`lib, yuzlab yirik kompanyailarni 


193
birlashtirar edi. Shunday qilib, moliyalashtirish va kredit sohasining 95 foizi davlat 
ihtiyoriga o`tadi. 
Bank vositasi bilan sanoatga yordamlashuv siyosati qo`llanildi va bir qancha 
tarmoqlarga imtiyozli kreditlar qo`llanildi. Milliylashtirilgan korxonalarning ba’zi 
qismlarga imtiyozlar konkret xolatda amalga oshirildi. Sanoat tarkibiy tuzumini 
o`zgartirish xususiy korxonalarda ham amalga oshirilib, bularning xatarliligini 
banklar o`z bo`yniga olishi kerak edi. 
Narx-navoni saqlash maqsadida davlat bir qism pulni muomaladan olib, 
muvazanatni ta’minlash choralarini qo`lladi. Lekin bu ikkinchi tomondan sanoat 
o`sishiga salbiy ta’sir eta boshladi, chunki xaridlik darajasini pasaytirish bilan bog`liq 
edi. 
Davlat shu bilan birga “Delyur rejasi” deb atalmish dasturni qo`llab, “qattiq 
tejamlik” chorasini qo`llay boshladi. Bu avvalo tashqi savdo kamomadining oldini 
olishga qaratilgan edi.Soliqlar orttirilishi, majburiy zayom, shuningdek transport, 
davolash, kommunal xizmatlar narxlari ko`tarildi. Natijada zararli ish yurituvchi 
korxonalar soni kamaydi va davlat sektorini moliyalashtirishga xususiy sektor ham 
jalb etila boshladi. 
Bularning 
hammasi 
tushkunlikni 
oldini 
olish 
va 
iqtisodiyotni 
mustahkamlashga yordamlasha boshladi. 90 – yillarga kelib iqtisodiy muxit o`zgarib, 
asosiy masalalarga yondoshuv boshqa talablarni qo`yib, korxona va tashkilotlarning 
xususiylashtirish siyosatini talab eta boshladi va bunda ham davlat keskin tadbirlar 
qo`llab, iqtisodiyot rivoji uchun zarur choralar amalga oshirildi. 
Bunda firmalar strategiyasi manfaatlarini e’tiborga olib, davlat aralashuvini 
qisqartirish hamda bozor kon’yunkturasini e’tiborga olib, moslashuvchanlikni 
qo`llash, xo`jalik faoliyatini baynalminallashtirishda xususiylikning ustunligini 
e’tiborga olish hamda mayda aksionerlarni ko`paytirish va bunga aholini jalb etish, 
asos bo`lib hisoblangan. 
90 – yillarning birinchi besh yili ichida 65 davlat va yarim davlat korxonalari 
xususiylashtirilib, buning ichida yirik, eng yiriklari ham mavjud edi. Bular sanoat, 
banklar, sug`urta guruhlari edi. Xususiylashtirish zarur bo`lgan aktivlar qiymati 200 


194
mlrd. frankka teng edi. Lekin elektroenergiya, gaz ta’minoti, telekommunikatsiya 
sohalari faqat davlat egaligida qolishi qat’iy edi. 
Xo`jalik mexanizmini takomillashtirishdagi ikkinchi yo`nalish soliq 
to`lovlarini kamaytirish edi. Daromadning asosiy qismini xo`jaliklar ihtiyorida 
qoldirib, tadbirkorlar erkinligini kengaytirish va shaxsiy tashabbusni ko`tarish kerak 
edi. 
Bundagi davlat siyosatining uchinchi yo`nalishi turli iqtisodiy faoliyat 
sohalaridagi chegaralashni kamaytirishdan iborat bo`ldi. 1987 – yildan boshlab 
barcha sanoat va xizmat ko`rsatish sohalaridagi korxonalar o`z mahsulotlari narxini 
bozor sharoitlaridan kelib chiqgan xolda erkin belgilash huquqiga ega bo`ladilar. 
Faqat bundan kitob, medikamentlar, gaz temir yo`l istisno edi. Kredit tizimi 
faoliyatiga davlat aralashuvi keskin kamaytirilib, kredit muassasalari asta-sekin 
xususiylashtiriladi va kreditdan foydalnishdagi imtiyozlar bekor qilinib, erkin bozor 
foiz normalari kiritiladi. 
Bunday davlat siyosati qisqa vaqt ichida o`zining ijobiy yakunlarini bera 
boshladi. Iqtisodiy ko`tarilish yuz berib, bu 3-4 foizga yetdi. Kapital xarajatlar deyarli 
50 foizga ko`tarildi va asosiy an’anaviy tarmoqlarda o`sish yuz bera boshladi. 
Lekin 90 – yillar boshiga kelib iqtisodiyotda axvol yana keskinlasha boshladi. 
Buning asosiy sababi jahon bozorida narx-navoning eksport tovarlarga pasayishi 
bo`ldi. Milliy kompaniyalarda o`z sarmoyalarining yetishmasligi, kredit foizlarining 
yuqoriligi, yirik qarzlar paydo bo`lishi yuzaga keladi. Bular hukumatdan keskin 
chorlaar qo`llashni talab etadi. Iqtisodiyotni jonlantirish dasturi tuzilib, bunda 
ijtimoiy ishlarni ko`paytirish, turar joy qurilishini kengaytirish, ishlab chiqarish 
o`sishini rag`batlantirish hamda ishsizlikning o`sishini to`xtatishlar ko`zda tutiladi. 
Shu bilan birga pul-kredit va valyuta siyosatlariga o`zgartirishlar kiritiladi. Bu tezda 
o`z natijalarini berib, frank mustahkamligini ta’minlash, qarzlardan qutilishlar yuz 
berdi. Shu bilan birga davlat bu sohada o`zining yangi siyosatini e’lon qildi. Bundagi 
eng muhimi baho mustahkamligini e’lon qilish edi. Chet valyutalar kursiga frankni 
tenglashtirish, muomalada pul miqdorini kamaytirishlar yuz bera boshladi.


195
90 – yillar boshida ishsizlikning oldini olishga qaratilgan choralardan biri 
davlat zayomi chiqarish bo`ldi. Byudjetdagi qo`llanilgan choralar yangi ish joylarini 
paydo qilish, vaqtincha ish bilan ta’minlash va yoshlarni o`qitish jarayondlarini 
moliyalashtirish imkonini tug`dirdi. 
80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida yirik xajmda xususiylashtirish amalga 
oshirildi. Bu xatto raqobatbardosh davlat korxonalarini ham o`z ichiga oladi. Bu 
yuqori rentabelli va yirik korxonalarga ham taaalluqli edi. Bunda moliyaviy 
byudjetga xos fikrlashuv asos qilinib, davlat mulki to`g`risida yetakchi partiyalarning 
strategik masalalari bo`yicha yaqinlashuvi natijasi ustunlik qildi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish