284
xususiyatlarga ega. Iqtisodiy o`sish daromadlar o`sishini
taqozo etadi, bu albatta
turmush darajasida o`z ifordasini topadi.
Bu jarayonda savdoning rivojlanishi tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yuqori darajali iqtisodiy o`sish Xitoyda YAIMning tez ko`payishi bilan
davom etadi. Ta’kidlaganimizdek, YAIM va uning jon boshiga to`g`ri
keladigan
hissasi islohat vaqtida juda tezlik bilan bordi. Buning asosiy qismi ichki bozorda
sotilsa, ma’lum qismi tashqi bozorlarda sotiladi. Ichki va tashqi bozorlarning
to`xtovsiz kengayishi Xitoy iqtisodiy o`sishini rag`batlantirdi. Ayniqsa,
Xioy ichki
bozor resurslaridan foydalanish juda jadal ravishda kengayib bordi.
Iqtisodiyotning tez sur’atlar bilan o`sishi ichki bozorning kengayishi uchun
ikki omilni tezlashtiradi: bozorni kerak bo`lgan tovarlar bilan to`ldirish va xaridor
uchun daromad o`sishini tezlashtirishdir. Xitoy islohatlarining
bozor munosabatlari
asosida amalga oshuvi bu omillar uchun juda qulay sharoitlar yaratib, bozorlarni
kengaytirib bordi. Yangi-yangi millionlab korxonalar paydo bo`lishi,
bunga yuz
millionlab izsizlarning jalb etishi to`g`ridan-to`g`ri xaridorlarning juda tezlik bilan
ko`payishiga olib keldi.
Avvalo buoziq-ovqat tovarlari bozorlarida o`z aksini topdi. Milionlab ochlar,
qashshoqlik chegarasidagilar uchun tovarlar bozorlarni to`ldirib xaridorolaga
aylantirildi. Bunda ayniqsa, qishloqlarning o`rni katta bo`ldi. Qishloq xo`jaligini isloh
qilish ishlab chiqarishni keskin o`sishiga, daromadlarning ko`payishiga olib keldi.
Shu bilan birga bu jarayonda viloyat korxonalarining xajmda
yuzaga kelishi aloxida
o`rin egallaydi.
Iqtisodiy o`sish borgan sari turmush darajasiga ta’sir etib boradi. Chunki
miqdorga bog`liq muammolarni xal qilish darajasi sifat o`zgarishlariga olib keladi.
Shuningdek Xitoy iqtisodiy islohatlari daromadlar darajasini ko`tarishga ta’sir
etuvchi omillar harakatini tezlashtiradi. Pul daromadlari ortib boradi. Bozordagi
tovarlar miqdor jixatdan ko`payish bilan birga turlarini
ham orttirib boradi va
ularning taklifini talabga mos keltirishga undaydi. Bu esa o`z navbatida ichki
bozorlarning kengayishini tezlashtiradi. Juda yirik xajmdagi ishlab chiqarilayotgan
tovarlar bozorlarni o`ziga mos ravishda to`xtovsiz kengaytirib boradi.
285
Xitoy iqtisodiyoti o`sishi yirik va to`xtovsiz kengayib
boruvchi ichki bozor
bilan birga tashqi bozorga ham asoslanadi. Bunda ochiqlik siyosatining oqilona
qo`llanishi ma’qul keladi. Xitoy islohati strategiyasining tarkibiy qismi tashqi
dunyoga
ochiqlik siyosatining
qo`llanishidir. Bu
oldindanoq mamlakatni
o`zgartirishning sharti hisoblangan bo`lib, davom etib kelgan iqtisodiy avtarkiyaning
aksi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: