304
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnik mahsulotlar raqobatbardoshligi, mehnat
unumdorligi darajalarida orqada qolish muammosini xal qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Siyosiy va iqtisodiy o`zgarishlar tufayli G`arbiy yevropa mamlakatlari bilan
tashqi aloqalar kuchaytirila boshlandi va bunda asosiy yo`nalish yevropa Ittifoqiga
qaratildi. 1997 –
yilga kelib Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya mamlakatlarining
yevropa Ittifoqiga haqiqiy a’zoligi to`g`risida kelishuvlar boshlandi. Shuningdek
qo`shilishga tayyorgarlik ishlari Bolgariya, Ruminiya va Sloveniyada ham boshlandi.
Avvalo bu mamlakatlar yeIga qo`shilish maqsadida 1993 – yildayoq Markaziy
yevropa erkin savdo assosatsiyasini tuzgan edi. Hatto bu birlashma a’zolari o`rtasida
90 foiz sanoat-tovarlar xolatlari bo`yicha boj to`lovlar bekor qilingan edi. Qishloq
xo`jalik mahsulotlari bo`yicha ham proteksionizm siyosati qo`llanildi.
G`arbiy yevropacha mo`ljal eksport tovralar tuzumining yomonlashuviga
duch keladi. Shunga ko`ra hozircha tashqi savdoda qishloq xo`jalik mahsulotlari
asosiy o`rinni egallaydi. Shu bilan birga iste’mol
buyumlari, qora metal, ximikatlar
ham asta-sekin o`z o`rnini topa boshlaydi. Faqat Chexiya va Polsha mashina eksporti
imkoniga ega bo`lib, umumiyning 25% darajasigacha olib borishga erishilgan.
Iqtisodiy islohatlarning dastlabki yillaridayoq Markaziy va Sharqiy yevropa
mamlakatlarida davlat maxsus tashqi aloqalar firmalari bilan birga mulk shakllaridan
mustasno barcha korxonalarga tashqi savdo bilan shug`ullanish imkoni berilgan edi.
Bu tashqi iqtisodiy aloqalar bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarning ko`payishiga olib
keladi. Ochiq iqtisodiy aloqalar o`rnatishda davlatlar tomonidan valyuta
monopoliyasining bekor qilinishi qo`l kelgan. Natijada importyorlar chet
valyutalarini ma’lum banklardan sotib olish imkoniga ega bo`ladi.
Shu bilan birga
eksportyorlar ham o`z valyutalarini shu banklarga sotishi zarur edi. Dastavval yuridik
shaxslarga xususiy valyuta vositalariga egalik qilish huquqi berilmagan edi. Polsha va
Vengriyada valyuta holati ancha yaxshi bo`lishiga qaramasdan bunday xolda bekor
etilmagan. Chexiya va Slovakiyada valyuta pozitsiyalarini yaxshilagan xolda o`z
korxonalariga milliy tijoriy banklarda o`z hisobini ochishga ruhsat berilgan.
305
Shularga qaramay Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida kapital
eksporti bo`yicha ancha to`siqlar mavjud edi. Ayniqsa, chet mamlakatlarda ko`chmas
mulk sotib olish va to`g`ridan-to`g`ri portfel investitsiyasi bo`yicha qilinadigan
to`lovlar qattiq nazorat ostida edi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarda investitsiyaning o`rni o`sib bormoqda. Bu
mamlakatlarga chetdan keladigan investitsiyaning umumiy miqdori 1989-1997
yillarda 40 mlrd. dollarni tashkil etgan. Chet investitsiyasi uchun eng qulaylari
Vengriya, Chexiya va Polsha hisoblanadi. Buning sababi taraqqiyot darajasi, bozor
islohatlarining tezlik
bilan amalga oshirilishi, keng xajmdagi xususiylashtirish, turli
imtiyozlar mavjudligidan iboratdir.
Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlari uchun chet investorlarga mulkni
sotish uchun byudjetga tushumlardan tashqari korxonalarni texnik qayta qurish, yangi
ishlab chiqarish va texnologiyani qo`llash, tajribali menejerlarni jalb etish
imkoniyatlari tug`iladi. Chet investitsiyalari asosan avtomobilsozlik, elektrotexnika,
kimyo, qog`oz
ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoatlari qaratilgan. Korxonalarni qayta
tiklash, mahsulotlar raqobatbarboshligini ko`tarish chet bozorlarga kirish, eksportni
kengaytirish imkonini oshiradi.
Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlaridagi chet investitsiyasini
kengaytirishga ishonch quyidagilarga asoslangandir: mutaxassislik va arzon ish kuchi
mavjudligi; qulay geografik joylashuv; o`rta tabaqa shakllanuvi sababli ichki
talabning o`sib borishi. Ya’ni ichki bozorning kengayish
imkonlari va erkin
qonunchilik mavjudligidan iborat. Amalda bunga qarshi omillardan qonunchilikning
kamchiliklari, siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi ba’zi noqulayliklar, kasaba
tashkilotlari faolligi kabilar ta’siri ostida 90 – yillarda chet investi
ц
yaisi ko`zlagan
darajada bo`lmagan.
Bozorga o`tishning boshlang`ich
yillarida
asosan qishloq
xo`jalik
mahsulotlari eksport etilgan bo`lsa, kein importer milliy qishloq xo`jalik ishlab
chiqarish o`sib
borishi bilan bu qisqaradi, chunki o`zini-o`zi ta’minlash darajasi
o`sadi. Bunday xolat sanoat mahsulotlari eksportining kuchayishini taqozo etadi.
Shunga ko`ra mashinasozlik mahsulotlari eksportini kuchaytirishga harakat qilinadi.
306
Buning uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik darajasini ko`tarish, ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bu mamlakatlarda
mashinasozlik umumiy eksportda 30-60%gacha boradi, shuni ichida rivojlangan
mamlakatlar hissasi 6-7%ni tashkil etadi.
Importda tashqi savdo aylanishida mashina va jixozlarga katta o`rin ajratilib,
importning 30-70 foizini tashkil etgan. Shu bilan birga importdagi eng muhimlar neft,
toshko`mir, temir ruda, cho`yan, rangli metallar hisoblanadi.
Markaziy va Sharqiy
yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotida yeIga qo`shilish muhim o`rin
egallaydi. Birinchi navbatda Vengriya, Polsha, Sloveniya va Chexiya qo`shilsa
so`ngra Bolgariya, Ruminiya va Slovakiyalar qo`shildi. Buning uchun katta
tayyorgarlik ko`rilib, qo`shilish shartlarini bajarish talab etildi. Bu vazifalar ichida
eng muhimlari G`arbiy yevropa standarti darajasida bo`lish, xalqaro mehnat
taqsimotida arzigulik o`rinni egallashdir. Xalqaro maxsuslashuviga xos yangi
tarmoqlarning shakllanishi va to`la demokratiya o`rnatilishi
kabilardan iborat
bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: