12.4. Iqtisodiyotdagi tuzumiy o`zgarishlar
Markaziy-Sharqiy yevropa mamlakatlarining iqtisodiy tuzumiy o`zgarishi ikki
tomonlama zaruriyatga aylanadi. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish bilan
belgilansa, ikkinchidan O`zaro iqtisodiy yordam kengashidan chiqish bilan
belgilanadi. Bu mamlakatlar ilgari sobiq SSSR boshliq iqtisodiy birlashmada bo`lib,
ishlab chiqarish sharqiy mamlakatlarda, sobiq sotsialistik iqtisodiy mamlakatlar bilan
301
birlashgan xolda va ularning talabi asosida shakllanar edi. Bundan tashqari ishlab
chiqarishning texnik-texnologik darajasi nisbatan past darajada edi. Bozor
munosabatlariga o`tish esa bunga qo`shimcha ravishda tuzumiy o`zgarishlarni talab
etadi.
Tuzumiy o`zgarish va bozor xo`jaligiga o`tish avvalo yangi texnologiyaga
asoslanish, progressiv tarmoqlarni yaratish, raqobatbardoshlikni ta’minlash,
zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga moslashuvlar bilan ifodalanadi. Bozorga
o`tishdan oldin bu mamlakatlar uchun og`ir sanoat va mashinasozlik asos bo`lib
hisoblanib, sanoat ishlab chiqarishining YAIMdagi hissasi yuqori bo`lgan. Masalan,
Ruminiyada – 61, Bolgariyada – 58, Chexoslvovakiyada – 57, Polshda – 52,
Vengriyada – 36 foizga to`g`ri kelgan. 90 – yillar oxiriga kelib esa, 25 dan 33,2
foizga, qishloq xo`jalik 6,6 dan 12 foizgacha, qurilish 7 dan 11 foizgacha to`g`ri
keladi.
Sanoatning YAIMdagi qisqarishi birinchi navbatda og`ir sanoat tarmoqlariga
to`g`ri keladi. Buning sababi avvalo norentabel korxonalar hisobiga bo`lsa, so`ngra
talabning kamayishidir. Chunki mahsulot ishlab chiqarish sobiq SSSR va boshqa
O`zaro iqtisodiy yordam kengashi mamlakatlariga qaratilgan bo`lsa, endi bu tub
o`zgaradi. Shu bilan birga xomashyo manbaalari ham o`zgarib, davlat dotatsiyalari
to`xtaydi.
Ayniqsa yuqori texnologiyali elektronika kabi tarmoqlar katta zarbaga duch
keladi. Bundagi asosiy sabab G`arbiy mahsulotlarning ancha arzonligi va
raqobatbardosh bo`ladi. Sanoatda eng raqobatbardoshli tarmoqlar to`qimachilik,oziq-
ovqat, yog`ochga ishlov berish, bosmaxona kabilar hisoblanib, bular talabli
iste’molga ega bo`ladilar. Bundan tashqari bu tarmoqlar katta investitsiya talab
etmaydi va arzon ishchi kuchi mavjudligi bilan G`arb mahsulotlariga raqobatbardosh
bo`la oladi. Lekin baribir bu tarmoqlar ham kengaya olmagan va boshqalarga
nisbatan kamroq qisqargan, xolos.
Shu bilan birga bir necha tuzumiy o`zgarishlar yuz berishi sezilib, tuzumiy
tarmoqlarning bir-biriga yaqinlashuvi, tenglashuvi kabi xodisalar amalga oshadi.
Qo`llanilayotgan texnika asta-sekin muntazam energiya tejamli bo`lib boradi. Yangi
302
xil ishlab chiqarishlar yuzaga keladi va buning hisobiga ishlab chiqarishning
to`xtovsiz tabaqalashishi yuz beradi. Sanoatning diversifikatsiyalashuvi kuchayib,
ishlab chiqarishlar o`rtasida o`zaro ayriboshlash rivojlanadi.
Avvalo mashinasozlikda tuzumiy o`zgarishlar amalga oshirilib, umuman
investitsiya o`sadi va ayniqsa ITKTI (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-tajriba
ishlari)ga kapital xarajatlar ko`proq sarf etiladi. Texnika va texnologiyaning o`sishi
sababli an’anaviy sanoat tarmoqlari asoslari va tuzumlari o`zgaradi. Yangi ilm
sig`imli tarmoqlar paydo bo`ladi. Masalan, avtomatika ishlab chiqarish,
radioelektronika, EHM, robot texnika kosmik va lazer texnikasi kabilar shular
jumlasidandir.
Metallurgiyada sifat o`zgarishi yuz berib, sifatli po`lat chiqarish, ijara
buyumlarining tejamlilarini ishlab chiqarish o`sadi. Bu sohada ayniqsa Chexiya va
Polsha ko`p samarali ishlarni amalga oshiradi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida tub
o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, Polshada 1995 – yildan boshlab ko`mir qazish
sanoatida keskin o`zgarishlar berib, qoloqlikdan chiqariladi. Chunki u ancha yillardan
beri tushkunlikda davom etar edi.
Qishloq xo`jaligini olsak, agrar siyosatning bu mamlakatlardagi eng muhim
vazifalari mahsulot yetishtirishning muntazam o`sib borishini amalga oshirgan xolda
aholini ular bilan to`la ta’minlashdan iboratdir. Qishloq xo`jaligida bandlik 25 foizni
tashkil etib, u YAIMning 8 foizini ta’minlaydi. Bu mamlakatlar agrosanoat
kompleksida asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining 20-30
foizgachasi banddir. Ijtimoiy yalpi mahsulotning 25-40 foizgachasi shu tarmoqqa
to`g`ri keladi.
Hozirgi vaqtda bu mamlaktalar qishoq xo`jaligida agrar ishlab chiqarishning
tuzumida faol ravishda o`zgarishlar davom etmoqda. Narx-navoni to`la va qisman
erkinlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning to`la erkinligini ta’minlash asosida
bozor munosabatlari muntazam ravishda rivojlanmoqda. yerga bo`lgan egalik,
xo`ajiklar tuzumi o`zgarib bormoqda.
Qishloq xo`jaligida bozor munosabatlariga o`tish bu mamlakatlarda deyarli
o`z asosi bo`yicha bir xilda davom etmoqda. Ammo tezligi, nodavlatlashtirish xajmi,
303
xususiylashtirish shakllarini tanlashda farqlar mavjud va ba’zi xollarda bu farqlar
ancha kattadir.
Aytaylik, Vengriyada yerga egalikni xususiylashtirish bilan birga dehqon-
fermer xo`jaliklarining shakllanishi qo`llanilmoqda. Ammo ayni vaqtda ularni
qo`llash va kooperativ mahsulotlarini xarid qilish, norentabel ishlayotgan
xo`jaliklarni o`zgartirish, faoliyatini to`xtatish kabilarga e’tibor susaymoqda.
Polshada oilaviy va individual shaklli xo`jalik qishloqda asos bo`lib kelgan va
mahsulot xosil qilishning 75-80 foizi shunga to`g`ri kelgan. Agrar siyosatda
norentabel xo`jaliklar faoliyatini to`xtatish, yer bozorini jonlantirish, qishloq xo`jalik
infratuzilma va servisga e’tibor berish, ayniqsa mahsulotni qayta ishlash va qishloq
xo`jaligiga xizmat ko`rsatish kabilarga doimo e’tibor qaratiladi.
Chexiya va Slovakiyada esa vaqtincha foydalanilmayotgan yerlarni ishga
solish, fermer xo`jaliklarini soliqdan ozod qilish tufayli qo`llash kabilardan
foydalaniladi. Umuman yirik xo`jaliklar asos bo`lib qolmoqda. Qishloq jlylarda
xo`jalik turlarini ko`paytirish taqdirlanadi.
Bu mamlakatlarda islohatlarning boshidanoq iqtisodiy o`sishga xos soha
xizmat ko`rsatishdir. Bu asosan moliya va aholiga maishiy xizmat ko`rsatish
tarmoqlariga xosdir.
Bu mamlakatlarda aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatishning YAIMdagi hissasi
rivojlangan mamlakatlar darajasida bo`lib, 1993 – yildayoq Polshada – 21,
Vengriyada – 22,5, Chexiyada – 14,6 foizga teng bo`lgan. Ijtimoiy ta’minotga
bo`lgan ajratma bu mamlakatlarda dunyo bo`yicha eng yuqori darajadagilardir.
Markaziy va Sharqiy yevropa mamlakatlarida ijtimoiy xarajatlar darajasi
diqqatga sazovorligi juda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |