Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Yevropa Ittifiqigacha bo`lgan bozor iqtisodiyoti rivoji davrlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

13.2. Yevropa Ittifiqigacha bo`lgan bozor iqtisodiyoti rivoji davrlari 
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi 1945-1957 yillar ichida yevropada 
xo`jalikni tiklash davri boshlangan. Iqtisodiyotga urush juda katta talofatlar keltirgan 
va yevropaning tashqi savdo kapital eksporti va importiga katta zarar keltirilgan edi. 
Natijada AQSHga qaram bo`lib, dollar hukmronligi ta’minlangan edi. “Marshall 
rejasi” deb atalmish tadbir ostida katta xajmli yordam amalga oshirildi. Bu reja 
bo`yicha 12,3 mlrd. dollar AQSH tomonidan ajratilib, o`z davrida juda katta 
xajmdagi mablag` edi. Asosan bu yordamni Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya 
mamlakatlari oladi. L. Erxard islohati amalga oshiriladi. 
Amaliyot shuni ko`rsata boshlaydki, o`z kuchlarini birlashtirishgina yangi 
raqobat sharoitida yashash, chidash imkonini bera oladi. “Marshall rejasi” asosida 
olinadigan yordamdan foydalanish va uni taqsimlash uchun 1949 yilga kelib Fransiya 
tashabbusi bilan yevropa Kengashi tuziladi. 1950 – yili Fransiya tashqi ishlar vaziri 
Robert Shuman Germaniyaga murojaat etib, tinchlik tamoyili asosida munosabat 
qurishni taklif etadi. So`ngra bu kegayib, rivojlanadi va “Shuman rejasi”ga aylanadi. 
Buning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 
-ziddiyatlar va ixtiloflar bilan bo`linish o`rniga tinchlik sevar yevropani 
qurish; 
-yagona yevropani qurishdagi ketma-ketlik, boj ittifoqi tuzish bosqichidan 
yevropada iqtisodiy valyuta Ittifoqlari tuzishga 
o`tish; 
-iqtisodiy 
integratsiya 
asosida 
yagona 
yevropa qurishni boshlash; 
-integratsiya 
va 
umumiy 
institutlar 
tizimining huquqiy negizini shakllantirish. 
Xo`jalikni tiklashda muvaffaqiyatlar qo`lga 
kiritilib, rivojlanishga asos solina boshlaydi. Bundan 
2002 yil d
а
v
о
mid
а
t
о
v
а

а
yirb
о
shl
а
sh h
а
jmi bo`yich
а
Е

m
а
ml
а
k
а
tl
а
ri 
ichid
а
r
е
spublik
а
mizning 
eng 
yirik 
s
а
vd
о
sh
е
rikl
а
ri: Buyuk Brit
а
niya 
(302,0 mln. 
А
QSh d
о
ll
а
ri), GFR 
(250,8 
mln. 
А
QSh 
d
о
ll
а
ri), 
It
а
liya 
(123,8 
mln. 
А
QSh 
d
о
ll
а
ri), B
е
l giya (95,5 mln. 
А
QSh d
о
ll
а
ri), Fr
а
ntsiya (91,5 
mln. 
А
QSh d
о
ll
а
ri), Nid
е
rl
а
ndiya 
(68,5 mln. 
А
QSh d
о
ll
а
ri) d
а
vl
а
ti 
bo`ldi.


315
keyingi davr 1957-1974 yillarni o`z ichiga olib, ekstensiv rivojlanish bilan 
tavsiflanadi. Sanoat, qishloq xo`jaligi, tashqi savdolarda o`sish boshlanib, o`sish 
ko`rsatkichlari AQSHga nisbatan yuqori bo`ladi. Davlat nazorati amalda bo`lib, 
davlat buyurtmalari sezilarli xajmda bo`ladi. yevropadagi ekstensiv o`sish jamg`arish 
normasining yuqoriligi, asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyaning ko`paya borishi, 
kapital ta’minlanish va mehnat unumdorligining o`sib borishini bildiradi. Ishlab 
chiqarishga arzon import xomshayoni jalb qilish, nisbatan arzon ish kuchining 
mavjudligi qo`shimcha ish joylari tashkil etilib, ishlab chiqarish xajmi kengayib 
borish imkonini beradi. Bir qancha iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha, ya’ni 
YAIMning jon boshiga to`g`ri kelishi, ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi 
bo`yicha AQSH darajasiga yaqinlashadi. Lekin texnologiya rivoji bo`yicha orqada 
qoladi. Buning sababi ITTKIni moliyalashtirish imkonining pastligi bo`lib, AQSH 
darajasida bu sohaga sarmoya ajratishning yevropada hali imkoni yo`q edi. yevropa 
fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini uyushtirish bo`yicha AQSHdan orqada bo`lib, 
o`zining texnologik rivojini yarata olmagan edi. Lekin iqtisodiy integratsiya bo`yicha 
ancha ilg`orlashga ulgurgan edi.
Keyingi davr 1974-1985 yillarni o`z ichiga olib, iqtisodiy inqiroz va 
investitsiyaning biroz sustlashuvi bilan tavsiflanadi. 70 – yilar o`rtasidagi inqiroz 
to`laqonli bo`lib, 80 – yilga kelib sanoat ishlab chiqarishda tushkunlikka ulanib 
ketadi. Ekstensiv o`sish o`zining cheklanganligini bildira boshlaydi. Endi iqtisodiyot 
tuzumiy o`zgari shlarni talab etishi sezila boshlaydi. O`tgan inqirozlar tashqi 
aloqalardagi salbiy tomonlarning mavjudligi o`z ta’sirini kuchaytirgani muhim 
sabablardan ekanligini bildiradi. Endi yevropa uchun integratsiyani davom ettirish 
asosiy bo`lmasdan iqtisodiyotni saqlash muammosi oldinga suriladi. 
70 – yillar o`rtalaridan boshlab iqtisodiy tuzumiy o`zgarishlarni amalga 
oshirishga kirisha boshlanadi. Asosiy sanoat fondlari yangilanib, amortizatsiya 
normalari ko`tariladi. yevropa TMKlari o`z ishlab chiqarish bazalarini ish kuchi 
arzon bo`lgan chet mamlakatlarga ko`chira boshlashadi. Bu an’anaviy sanoat 
tarmoqlariga taalluqli bo`lib, o`z vatanlarida ilm sig`imli murakkab ishlab chiqarishni 
kengaytira boshlaydilar. Yangi materiallar, biotexnologiya kabi tarmoqlar va xizmat 


316
ko`rsatish sohasi ustivor tarmoqlar hisoblanadi. Aholi bandligida ham o`zgarishlar 
yuz beradi. 
Iqtisodiy integratsiyada jonlanish yuz berib, bir qancha umumiy tashkilotlar 
paydo bo`ladi.
1984 – yildan umumiy qishloq xo`jalik islohati amalga osha boshlaydi. Ilmiy 
texnik rivoji dasturi kiritiladi. Bundan keyingi davr 1985-1992 yillarni o`z ichiga 
olib, bunda integratsiyani kuchaytirish va uzoq davom etayotgan iqtisodiy ko`tarilish 
yuz beradi. Bu davrda iqtisodiy birlashuv sohasida yeI tomon katta qadamlar 
qo`yiladi. 
Iqtisodiy rivoj sohasidagi siljishlar jahon iqtisodiyotidagi G`arbiy 
yevropaning mustahkamlanishiga olib keladi. ITTKIga suyangan holda texnologik 
qoloqlikni oldini olish bo`yicha bir necha yirik ishlar amalga oshiriladi. 1985 – yildan 
uzoq davom etgan iqtisodiy rivojlanish intensiv ravishda bo`lib, to 1990 yillargacha 
davom etadi. Bu davr G`arbiy yevropa iqtisodiyoti uchun quyidagilarga xos bo`ladi: 
- inflyatsiyaning susayishi; 
- valyuta kurslarining muntazamligi; 
- YAIM o`sishi; 
- tashqi savdo aylanishining kengayishi. 
Ishlab chiqarishda sifat o`zgarishlar yuz beradi. Rivojlanish asosida ITR 
yotadi. Ilm sig`imli ishlab chiqarish, mahsulot sifatini ko`tarish, ishlab chiqarish 
xarajatlarini pasaytirish hisobiga moddiy sig`imli ishlab chiqarishni qisqartirish yuz 
beradi. Fan va texnika taraqqiyoti bo`yicha maxsus birgalikdagi dastur asosida ish 
olib boriladi. Xizmat ko`rsatish sohasi juda tez rivojlanadi. Bunda ayniqsa 
dasturlashtirish, logistika, konsalting, injenering katta o`rin egallaydi. Ilg`or 
texnologiya asosida ishlab chiqarish tarmoqlar tuzumida o`zgarishlar amalga oshadi. 
Shaxsan elektronika ishlab chiqarish xajmi oshadi, shuningdek mashinasozlik va 
kimyo sanoati o`sadi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish