335
1994 – yildan boshlab 15 yil ichida barcha savdo va investitsiya to`siqlarini
olib tashlab, uch milliy bozorlarni birlashtiriladi va 400 mln.dan ortiq aholi uchun
erkin savdo maydonini tashkil etiladi. Bunda 10 trln. dollardan
ortiq jami mahsulot
bir xalqaro bozorda siljishi ko`zda tutiladi. Bu jahon YAIMning 18 foizini tashkil
etishi kerak. Shunday integratsiya bu uch mamlakat o`rtasida atrof muxitni saqlash va
mehnat sohasida ham ko`zda tutiladi. Kelishuvdagi tadbirlarni bajarmaslik
jazolanishga olib keladi.
Bu mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy salohiyat bo`yicha farq katta. Aytaylik,
Kanada YAIM AQSHning 10 foiz, Meksikaniki esa 5 foizni tashkil etadi. Aholi jon
boshiga nisbatan olinsa, Kanada AQSHga nisbatan 90 foiz va Meksikada 15 foizga
teng. NAFTA bu uch davlatlar ichida qoloq hisoblangan
Meksikaga yordam
bermaydi. Aytish kerakki, Meksikaning bu kelishuvga qo`shilishi rivojlanish davrini
50 yildan 10-15 yilgacha qisqartiradi, deb baholanadi. Bunda chet kapitali miqdori,
ayniqsa AQSH kapitalining yordami yuqori bo`lishi mumkin.
90 – yillar o`rtasidayoq chet investitsiya miqdori bo`yicha Meksika Lotin
Amerikasi mamlakatlari ichida birinchi o`ringa chiqadi va yillik miqdori 8 mlrd.
dollarga yetadi. 90 – yillar oxiriga kelib mehnat haqi real 29 foizga o`sadi.
Shuningdek, NAFTA Meksikaga bir qancha majburiyatlarni yuklaydi. Qishloq
xo`jalik mahsulotlari bo`yicha Meksika AQSH va
Kanada bilan aloxida ikki
tomonlama kelishuv tuzadi. AQSH va Kanada kompyuterlariga bo`lgan 20 foiz
soliqni bekor qiladi. Bu arzon bo`lgan Yaponiya va Janubiy Korea texnikasini
Meksika bozoridan siqib chiqarishga olib kelishi kerak. 10 yil ichida avtomobillarga
bo`lgan ko`pchilik cheklanishni olib tashlashlari kerak. 1994 – yildan chet
investitsiyalarni kengaytiruvchi qonun qabul qilinadi. Chet kapitalining Meksika
banklari va sug`urta kompaniyalarida qatnashuviga yo`l ochiladi.
NAFTA AQSHga katta imkoniyat tug`dirmoqda, Amerika eksportining va
shu bilan ish joylarini kengayishi,
mehnat xajmli, material sig`imli, ekologik
qimmatga tushadigan ishlab chiqarishni Meksikaga ko`chirish kabilar AQSH uchun
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va bir qancha sanoat tarmoqlarining
raqobatbardoshligini ko`tarish imkonini beradi.
336
NAFTA orqali Amerika TMKlari Lotin Amerikasi bozorlaridagi o`z
mavqelarini kuchaytirishga umid qilmoqdalar. Shu bilan birga bu mamlakatlarda o`z
kompaniyalari uchun ish joylarini ko`paytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va
foydani kuchaytirishga harakat qiladilar.
Kanada ham bu kelishuvdan ko`p tomonlama o`z manfaatini kengaytirishga
harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, foydani ko`paytirish,
yuqori
texnikali tarmoqlarni (kompyuterlar, telekommunikatsiya, elektronika) kabilarni
kengaytirishni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda.
Qisqa vaqt ichida bu kelishuv o`z samarasini ko`rsatdi. Aytaylik, uch yil
ichidayoq, ya’ni 1994-1997 yillar ichida AQSHning Meksika va Kanada bilan tovar
aylanish xajmi 44 foizga o`sgan.
Shunga o`xshash kelishuv Janubiy Amerikada ham bo`lib, u
Merkasur
deb
ataladi. Unga: Argentina,
Braziliya, Paragvay va Urugvay davlatlari birlashtiriladi.
Bu birlashma qit’aning 45% aholisi, 50% YAIM, 40% to`g`ri chet investitsiyasi, 60%
tovar aylanishi va 33% tashqi savdo xajmini birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: