Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Umumjahon iqtisodiy tashkilotlar



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

14.5. Umumjahon iqtisodiy tashkilotlar 
Iqtisodiy globallashuv va integratsiyaning kuchayib borishi jahon iqtisodiyoti 
va jahon iqtisodiy munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan hamda jahon davlatlari
jamoatchiligi xal qilishi kerak bo`lgan muammolar ko`payib bormoqda. Bunday xolat 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni yuzaga keltirib, faoliyatini kuchaytirmoqda. Chunki 
bunday muammolarni tezlik bilan oldini olish choralarini qo`llash talab etilib, avvalo 
buning institusional tuzumlari, doimiy harakatda bo`lish talab etiladigan 
mexanizmlarni yaratish ayni muddaodir. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning maqsadi 
esa xuddi shulardan kelib chiqadi.
Xalqaro iqtisodiy tashkiotlar ikki xil bo`lib, birinchisi davlatlararo bo`lsa, 
ikkinchisi nodavlat xalqaro tashkilotlardir. Birinchisida bevosita davlatlar yoki 
hukumatlar ishtirok etsa, ikkinchisida kompaniyalar, firmalar, ilmiy jamiyatlar 
kabilar qatnashadi. Davlatlararo tashkilotlar haqiqiy xalqaro huquqiy shakllar 
hisoblanadi, nodavlat xalqaro tashkilotlar esa bunday statusga ega emas. Bu esa 
davlatlar siyosatiga ma’lum darajada ta’sir etadi.
Hozirgi vaqtda nodavlat xalqaro tashkilotlar soni 7000 dan oshib ketdi. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni 5 turga bo`lish mumkin: 
- xalqaro universal tashkilotlar; 
- mintaqa va mintaqalararo xalqaro tashkilotlar; 
- jahon bozorining ayrim segmentlarida harakat qiluvchi iqtisodiy tashkilotlar; 
- yarim shaklan birlashma turidagi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar; 


342
- turli savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy, tarmoqli va maxsus iqtisodiy, 
ilmiy-texnik tashkilotlar. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar yetakchisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT) tizimidir. Bu birinchi turga kirib, uning bevosita iqtisodi bilan 
shug`ullanuvchi bo`lagi Assambleyaning Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashidir (GA/IIK). 
Bundan tashqari Xalqaro savdo markazi (XSM), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), 
Xalqaro rekonstruksiya va rivojlanish banki (XRRB), Xalqaro taraqqiyot 
assosatsiyasi (XTA), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK), Xalqaro valyuta fondi 
(XVF), Ko`ptarmoqli investitsiyani kafolatlovchi agentlik (KIKA), Umumjahon 
savdo tashkiloti (UST) kabilar BMT tizimidagi iqtisodiy rivojlanish sohasida faoliyat 
ko`rsatuvchi umumjahon tashkilotlar hisoblanadi.
BMTdagi yetakchi iqtisodiy tashkilot IIK 54 a’zoga ega va yilda 2 marta 
sessiyaga yeg`iladi. Bu BMT iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini umumlashtiruvchi 
organdir. Bu organ rahbarlagida bir necha mintaqaviy komissiyalar faol ko`rsatiladi. 
Bulardan eng yiriklari yevropa iqtisodiy komissiya (EIK) 55 davlat – a’zoga ega, 
Osiyo va Tinch Okean BMT iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi – 49 davlat a’zo. 
Xuddi shunday G`arbiy Osiyo komissiyasiga – 53 davlat a’zo. Lotin Amerika va 
Kariyb basseyni komissiyasiga – 41 davlat a’zo. Bu komissiyalar qoshida komitetlar 
mavjud. Har bir komissiyaning ijrochi organi bo`lib sekretoriat hisoblanadi.
Mintaqalararo, davlatlararo tashkilotlar mavjud bo`lib, shulardan biri -
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotidir (IHRT). Tashkilot 1961 – yili tuzilib, 
Parijda joylashgan. U ikki xil qaror qabul qiladi: biri a’zolar uchun majburiy bo`lsa, 
ikkinchisi ihtiyoriy mazmunda bo`ladi, lekin aksariyat xollardagina bajariladi. 
Buning a’zolari asosan rivojlangan mamlakatlardir.
Bu tashkilotning asosiy vazifasi iqtisodiy tahlil va shu asosda 1,5 yillik 
prognoz tuzishdan iborat. Shu bilan birga xo`jalikni makro va tarmoqlar xajmida 
tartiblashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda tashqi savdoni boshqarish, 
moliyaviy yordam sohasida siyosatni umumlashtirish ishlari bajariladi. 


343
Keyingi vaqtlarda bu tashkilotda to`g`ri investitsiyalarni tartiblashtirish 
bo`yicha ko`p tomonlama kelishuvga katta e’tibor qaratilmoqda. Bundagi asosiy 
maqsad erkin investitsiya bozorini ta’minlashdir. 
Bu tashkilotning 150 dan ortiq maxsus komitetlari mavjud. Masalan, 
Rivojlanishga ko`maklashuv komitetiga 21 davlat a’zo bo`lib, bunga yevropa 
komissiyasi ham kiradi. Uning asosiy vazifasi rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam 
ko`rsatishni umumlashtirish va boshqarishdir. Bu komitet yordam samarasini 
ko`tarish, yordam olayotgan mamlakatlarda hayotiy iqtisodiy tizimni yaratish va uni 
jahon iqtisodiyotiga qo`shilishiga ko`maklashishni qo`llaydi. 
Bu xalqaro iqtisodiy tashkilotning avtonom va yarim avtonom organlari ham 
mavjud.
Ko`p tomonlama xalqaro savdo-iqtisodiy tashkilotlar faoliyati ahamiyatlidir. 
Bunday tashkilotlardan biri Umumjahon savdo tashkilotidir (UST). Bu 1947 – yilda 
tuzilgan tarif va savdo bo`yicha general kelishuvining vazifasidir. Bunga a’zo 
davlatlar o`rtasidagi o`zaro tashqi savdo munosabatlari tamoyillari, huquqiy norma va 
qoidalari bo`yicha ko`p tomonlama kelishuv bo`lib, 23 davlat a’olari qo`l qo`ygan 
edi. U 40 yildan ortiq faoliyat ko`rsatib, savdo masalalari bo`yicha markaziy organ 
bo`lgan. Bu tashkilot o`z xususiyati bo`yicha takomillashib boradigan kelishuvning 
huquqiy normalarini rivojlantirib boruvchi, tashqi iqtisodiy aloqalar sharoiti 
o`zgarishi bo`yicha tashkiliy shakllarini moslashib borish qobiliyatiga ega edi. 
Buning asosiy maqsadi xalqaro savdo munosabatlarini erkinlashtirish va 
rivojlantirishga har tomonlama ko`maklashuvdan iborat bo`lgan. Bunda bojxona 
to`siqlariga barham berish, halqaro savdoda kamsitishga yo`l qo`ymaslik, turmush 
darajasini ko`tarish, xomashyolardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish va savdo 
ayriboshlashni o`sishini ta’minlash kabilarga erishish asosiy yo`llanma hisoblangan. 
Bu tashkilot aosisda 1995 – yildan boshlab UST faoliyat ko`rsata boshlaydi. 
Unga 128 mamlakat a’zo bo`lib, yana 30 mamlakat kuzatuvchi sifatida a’zolik uchun 
kelishuvlar o`tkazmoqda. USTning esa asosiy vazifasi savdoni yanada erkinlashtirish 
va savdo qoidalarining yanada takomillashuvini ta’minlashdan iborat. Bunda tashqi 


344
savdo bilan bog`langan investitsiya bo`lib, uning uchun ko`p tomonlama qoida ishlab 
chiqish muhim o`rin egallaydi.
BMTning savdo va rivojlanish bo`yicha konferentsiyasi (YuNKTAD) 
General Assambleya organi sifatida 1964 yilda tuzilgan. Unga 186 davlat a’zo. U 
Jenevada joylashgan. Uning aossiy vazifalari xalqaro savdoni rag`batlantirish, 
ayniqsa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasidagi savdoga e’tibor 
berish, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojiga taalluqli masalalar bo`yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish kabilardan iborat. Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tuzilishi bilan 
buning keragi bormi yoki yo`qmi degan masala qo`yilib, ularning faoliyat sohalari 
aniqlangan edi. Kelishuv bo`yicha YuNKITAD o`z faoliyatini jahon iqtisodiyoti 
rivojlanishiga qaratilgan hamda umumiy savdo-siyosiy tamoyillarni ishlab 
chiqarishga qaratsa, UST o`z diqqatini sof savdo masalalariga qaratishi lozim topildi. 
Xalqaro bojxonalar tashkiloti (XBT) 1952 – yilda tashkil topib, bojxona 
hamkorligi kengashi sifatida ish tutadi. Unga 139 davlat a’zo bo`lib, uning asosiy 
vazifasi yagona bojxona qoidalarini ishlab chiqish va tadbiq qilishdan iboratdir. Bu 
bilan tovarlar va shaxslarning bojxona chegaralaridan erkin o`tishi, bojxonalarning 
esa nazorat va fiskal vazifalari bilan aniq ta’minlangan bo`lishligi talab etiladi. 
Xalqaro savdo palatasi (XSP) nodavlat xalqaro iqtisodiy tashkilotlaridan 
bo`lib, 1919 – yilda tashkil topgan va Parijda joylashgan. Bu nodavlat Xalqaro 
tashkilotlari ichida eng obro`lilaridan bo`lib, 6 ming xususiy kompaniyalar va 1,5 
ming milliy tadbirkorlar ittifoqini birlashtiradi. Bular 110 rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarga taalluqli. Tadbirkorlikni qo`llashda va shakllanishida 
hissasi katta bo`lib, ular uchun savdo, investitsiya, ochiq bozorlar, kapitalning erkin 
harakatini ta’minlashga taalluqli vazifalarni bajaradi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta-moliyaviy va kredit tashkilotlarining 
o`rni o`sib bormoqda. Bular, birinchidan, valyuta-xisobot munosabatlarining 
bajarilishida zaruriy tartiblashtirish va ma’lum doimiylikni ta’minlash, ikkinchidan, 
mamlakatlar o`rtasida valyuta xisobot munosabatlarini o`rnatishda forum vazifasini 
bajarishi, uchinchidan, jahon xo`jaligining muhim muammolarini o`rganish, tahlil 
etish va rivojlanishi bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqishlardan iboratdir.


345
Bunday tashkilotlarning eng yetakchilaridan biri Xalqaro valyuta fondi 
(XVF)dir. U 1944 – yilda tuzilib, Vashingtonda joylashgan, 182 ta mamlakat a’zo. 
1997 – yilda XVFning resursi 28,8 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu a’zo mamlakatlar 
badali hisobiga shakllanadi. XVF tomonidan kredit Fond tomonidan qarzdor 
mamlakatlar milliy valyuasiga erkin almashinuvchi valyuta (EAV)ni sotish hisobiga 
bo`ldai. kreditli qoplashda esa uning aksicha, ya’ni milliy valyutani EVA hisobiga 
sotib olish amlaga oshadi. Kredit summasi EAVning ustav fondi kvatasi bilan 
belgilanadi. Masalan, AQSH kvotasi – 18,2 %ga, Rossiyaniki – 2,99%ga teng.
XVF o`z faoliyatida maxsus iqtisodiy siyosatning amalga oshuvini shart deb 
belgilaydi. Aytaylik, byudjet kamomadini pasaytirish, kredit foizini inflyatsiya 
darajasidan yuqoriga ko`tarish kabilar shart sifatida qo`llanilishi mumkin. XVF 
krediti xususiy kapital uchun o`ziga xos ko`rsatkich vazifasini bajarishi mumkin. 
Chunki kredit olinayotganda valyuta zahiralarining jamg`arilishini majburiyat qilib 
olinadi. Bu esa xususiy kreditlarning qarzini to`lay olishini ta’minlaydi. 
Xalqaro rekonstruksiya va rivojlanish banki (XRRB) yoki umumjahon banki 
ham Vashingtonda joylashgan bo`lib, unga 180 mamlakat a’zo bo`lib kirgan. Ustav 
kapitali 142 mlrd. dollarni tashkil etadi. A’zo mamlakatlar o`zlarining ustav 
kapitalidan kvotalarning 20 foizini to`laydi, shundan 2 foizi almashtiriladigan valyuta 
va 18 foiz milliy valyuta bilan to`lanadi. Har bir a’zo mamlakatning vaziri bu bank 
Boshqaruvchilar kengashining a’zosi hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assosatsiyasiga (XRA) 160 davlat a’zo va u ham 
Vashingtonda joylashgan. Maqsadlari bo`yicha UJBga o`xshab ketadi. Faqat 
moliyaviy manbaalar va kredit shartlari bilan farqlanadi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi ham Vashingtonda joylashgan. Shu bilan birga 
bir necha mamlakatlarda o`z byurolari mavjud. Bunga 174 davlat a’zo. Bu faqat 
bevosita korxonalarni moliyalashtiradi. Asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
faoliyat ko`rsatadi. Davlatlar kafolatisiz ishtutadi. U dunyoda xususiy kapital qo`yish 
loyihalarini to`g`ridan-to`g`ri moliyalashtiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Investitsiyalarni kafolatlovchi ko`p tomonli agentlik (IKA)kA hozir 134 
davlat a’zo. Vashingtonda joylashgan. Buning maqsadi chet investitsiyalarni, ayniqsa 


346
rivojlanayotgan mamlakatlarda, rag`batlantirish va bir mamlakatda boshqa mamlakat 
investitsiyasini, sug`urtani ishga tushgan xolda kafolatlashdan iborat. 
IKKA siyosiy va maslahat xizmatlari Departamenti orqali maslahat va 
reklama xizmatlarini tavsiya etadi. Infrastrukturani rivojlantirish bo`yicha chet 
investitsiyasini jalb etish bo`yicha o`z xizmatlarini taklif etadi.
Shuningdek, Xalqaro hisoblar banki (XHB), yevropa rekonstruksiyalash va 
rivojlantirish banki (ERRB) kabilar mavjud bo`lib, bular ham shu sohadagi 
xizmatlarni uyushtirish, ayniqsa xususiy banklarga yordam berish, milliy banklar 
faoliyatini umumlashtirish ishlarida ahamiyatlidir.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish