Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Mustaqil davlatlar hamdo`stligi



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

 
14.4. Mustaqil davlatlar hamdo`stligi 
Sobiq Ittifoq o`rniga mustaqil davlatlarning paydo bo`lishi mavjud iqtisodiy 
aloqalarning uzitlishiga olib kelib, bu juda salbiy xolatlarni yuzaga keltirdi. Faqat 
shuning sababi bilan 1/3 dan 
½
gacha pasayishi yuz bergan. 
MDH avvalo uch yangi mustaqil mamlakatlar – Rossiya, Ukraina va 
Belorussiya o`rtasida tuzilib, 1991 – yil oxirida Boltiq bo`yi respublikalaridan boshqa 
barcha sobiq SSSR respublikalari qo`shiladi. 
MDH risola bo`yicha tashkiliy tarkib topib, bir necha kengashlar tuziladi. Shu 
bilan ijrochi sekretariat mavjud. MDHning yuqori organlari faoliyati bir ovozlik 
tamoyiliga asoslangan. Shu bilan birga qabul qilingan yechimlar ijrosini nazorat 


339
qiluvchi mexanizm tuzilmagan. Juda ko`p miqdorda tarmoqlar darajasidagi organlar 
mavjud. Bular hamkorlikning aniq sohalari bilan shug`ullanadilar.
MDH tuzilgandan keyin 90 – yillar ichida mingga yaqin birgalikdagi 
yechimlar qabul qilingan. Ammo asosan ular qog`ozda qolib ketmoqda. Buning 
sabablari ko`p. Eng muhimi a’zo mamlakatlarning o`z mustaqiligini biron qismidan 
voz kechmayotganligidadir. Ma’lumki, busiz real integratsiya bo`lishi mumkin emas. 
MDHning samarasizligi to`g`risida fikrlar ko`p, xattoki bu g`oya umuman 
keraksizligi to`g`risida ham tanqidiy mulohazalar bo`lgan. Lekin bu tashkilot mavjud 
va uning o`ziga yarasha ijobiy tomonlari ham ko`p. Bunga munosabat oldingi salbiy 
xolatlarning ta’siri, mustaqilikning yangiligi, tajriba kamligi, qisman ishonchsizlik 
mavjudligi, g`arbga intilish kabilar albatta o`z kuchini ko`rsatadi.
Integratsiyalashuv kerak, kerak ayniqsayaqin mamlakatlar o`rtasida va eski 
birgalik an’analari MDHni takomillashuvi, mavjud sharoitlarga mos xolda ish 
yuritish va muammolarni hal qilib borish va o`zaro manfaatdorlikni e’tiborga olgan 
tarzda ish tutish yo`llarini axtarish talab etiladi. 
Mustaqillikning mustahkamlanib borishi, milliy iqtisodiyotlarning tiklanishi 
va rivojlana borishi sari bunday integratsiyaga muxtojlik ortib boradi. Lekin 
MDHdan boshqa mamlakatlarga eksport qilish qiyinchiliklarga duch kelib boradi. 
Bunda mahsulotlar sifati, xarajatlar darajasining yuqoriligi, xalqaro savdodagi 
raqobatbardoshlikning kuchliligi buning asosiy sababidir. Rivojlanishni ta’minlash 
bilan birga eski uzilib qolgan iqtisodiy aloqalarni tiklash, MDH mamlakatlari 
o`rtasidagi savdoni jonlantirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. 
Mintaqaviylik, ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni tiklash 
harakatlari ham mavjud. Shu bilan birga bo`lib turayotgan iqtisodiy, moliyaviy 
inqirozlar ham o`z ta’sirini o`tkazib turibdi. Ammo mintaqalar bo`yicha MDH ichida 
bo`layotgan kelishuvlar ham yomon natijalar bermayapti. Bu kelishuvlar turli 
darajada va turli sohalar bo`yicha amalga oshirilmoqda. Bunda eng intensivi Rossiya 
va Belorussiya o`rtasidagi kelishuvdir. Xatto bu ittifoq tuzish yo`nalishi mazmunini 
olmoqda. Chunki Belorussiya rivojlangan mashinasozlik, ayniqsa og`ir mashinasozlik 
tarmoqlariga egaki, buning iste’molchisi asosan Rossiyadir. Shuningdek, xomashyo 


340
va yonilg`i Belorussiyada juda kam bo`lib, bu Rossiyaga bog`liqdir. Tashqi iqtisodiy 
aloqalarda bu ikki mamlakatning bir-biriga bog`liqligi kuchlidir. Shu bilan birga buni 
to`la amalga oshirish uchun salbiy ta’sir etuvchi muammo va sabablar ham ko`p.
1995 – yildan boshlab Rossiya, Belorussiya, Qozog`iston, Tojikiston o`rtasida 
boj ittifoqi shakllana boshladi. Keyinroq bunga Qirg`iziston ham qo`shildi. Ittifoq 
yagona boj xududini tashkil etish va uchinchi mamlakatlar bilan savdo tartiblarini 
umumlashtirgan xolda oddiylashtirishni ko`zda tutadi. Lekin bu ham oson bo`lmay, 
yaxshi natijalar berish darajasiga ko`tarila olgani yo`q. 
Boj ittifoqi 1996 – yilda “To`rtlar ittifoqi” (Rossiya, Belorussiya, 
Qozog`iston, Qirg`iziston) bilan to`ldirildi. Bu milliy, gumanitar sohalar bo`yicha 
hamkorlikni ham o`z ichiga oladi. Iqtisodiy bilan ijtimoiy hamkorlik masalalari 
integratsiyasi ham ko`zda tutilgan. Lekin buning ham natijasi juda past.
Mintaqaviy manfaatdorlik asosida Markaziy Osiyo mamlakatlari – 
Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Turkmaniston o`rtasida hamkorlik ittifoqi 
tuzilgan bo`lib, asosiy ko`zlangan masalalar iqtisodiy va mudofaa sohalariga 
taalluqlidir. An’anaviy iqtisodiy aloqalar asos bo`lgan. Aytaylik, Qirg`iziston va 
Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston gazi, ko`miri bilan ta’minlanib kelgan. G`alla 
Qozog`iston 
tomonidan 
ta’minlanib 
turgan. 
Qishloq 
xo`jalik 
texnikasi 
O`zbekistondan ta’minlangan va h.k. Umumiy transport xizmatlari mavjud bo`lib 
kelgan. 
Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Moldoviyalar o`rtasida yaqinlashuvga 
moyillik bo`lib, buning asosida transport yo`lagi xosil qilish yotadi. Bunda neft va 
gaz mahsulotlari eksportini uyushtirish asosiy maqsad hisoblanadi.
MDH ichida bunday kelishuvlarning bo`lishi albatta ob’ektivlikka ega va 
umumiy integratsiya bilan bog`liq bo`lishi mumkin, xattoki uni rag`batlantirish ham 
turgan gap. 
MDH mamlakatlari o`rtasidagi integratsiyalashuvning rivojlanishi ko`p 
jixatdan o`tkazilayotgan islohatlar natijasi, iqtisodiy salohiyat, mamlakatlar 
boshqaruvidagi siyosat kabilarga bog`liqdir. Ammo bularning ichida eng ta’sirlisi 
Rossiya iqtisodiy taraqqiyoti, tizimiy islohatlar natijasidan iboratdir. 


341
Iqtisodiy aloqalarning keskin qisqarishi, tovar aylanishini kamayishi eski 
mehnat taqsimotlarining samarasizligidan bo`lsa, bunga siyosiy yondoshuv 
qo`shimcha bo`lib hisoblanadi. Lekin o`zgarishlar muvaffaqiyati yana bu 
mamlakatlar o`rtasidagi integratsiyaga ehtiyoj tug`dira boshlayapti. Islohatlar 
yaqinlashuvi, mustaqillik mustahkamlanishi yana integratsiyalashuvning zaruriyatini 
tug`dirib boradi. Chunki bu davr talabi, MDH esa asosan eng yaqin bir-biriga qo`shni 
mamlakatlar bo`lib, o`zaro integratsiyasiz to`laqonli rivojlantirishni amalga oshirish 
mumkin bo`lmaydi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish