324
kursini ta’minlovchi mexanizm hisoblanar edi. Shu yili ekyu paydo bo`lib, u umumiy
pul birligidan iborat edi.
Evro pulining muomalaga kiritilishi uchun eng boshlang`ich yirik tadbir VTE
(valyuta tizimi evolyutsiyasi)ning ishlab chiqilishi bo`lgan. Chunki yevro uchun
sharoitlar evolyusion usul bilan yaratilishi talab etilar edi. VTEga o`tish uchun
yagona yevropa puli bo`lgan yevroni muomalaga kiritish
va yevropa Markaziy
Bankini tuzishdan iborat edi. Buning uchun avvalo 1989-1980 yillarda VTEning
qurilish va rivojlanishi strategiyasi ishlab chiqilgan.
VTEga qo`shiladigan har bir mamlakat quyidagi shartlarni bajarishi zarur
bo`lgan:
-VTEga
kiruvchi
mamlakatlardagi
inflyatsiya
darajasi
boshqa
mamlakatlardagi ko`rsatkichga nisbatan 1,5 foizdan yuqori bo`lmasligi;
-foiz birligi 2 foizdan yuqori bo`lmasligi;
-davlat byudjeti yetishmovchiligi YAIMning 3 foizidan oshmasligi;
-yo`l qo`yiladigan davlat qarzi YAIMning 60 foizidan yuqori bo`lmasligi;
-ikki yil davomida mamlakat milliy valyutasi devalvatsiya qilinmasligi va
almashuv kursi valyuta tebranishi yo`l qo`yiladigan darajada bo`lishi.
VTE qurilishida uch bosqich belgilanadi: 1) 1990 – yil 1 iyul, 1993 – yil 31
dekabr – yevropa yagona bozori shakllanishini tamomlash va valyuta
konvergentsiyasi chegaralarini ishlab chiqish; 2) 1994 – yil 1 yanvar, 1998 yil 31
dekabr – valyuta
ittifoqining institusional, ma’muriy va yuridik negizini yaratish; 3)
1999 – yil 1 yavar, 2002 yil 30 iyul – yagona yevropa valyutasi yevroni bosqichma-
bosqich harakatga kiritish.
Evroni kiritish ham uch fazadan iborat bo`ladi: 1998 – yili zarur tayyorgarlik
ishlarini bajarish; 1999-2001 yillar muomalaga yevroni o`zisiz kiritish va jahon
moliya bozorida yevro asosidagi
harakatlarni amalga oshirish; 2002 – yili yevroni
chop etish va milliy valyutalar qatorida muomalga kiritib, 2002 – yil 1-iyulgacha
barcha milliy valyutalarni yevroga almashtirish.
Evropada yagona valyuta tizimining amalga oshuvi va yevroning pul birligi
sifatida katta iqtisodiy hududda muomalaga kiritish yirik ustunliklarni tug`diradi.
325
yevro yirik kuchli pulga aylanish va dollarning real raqobati bo`lishi kutiladi. U shu
bilan birga valyuta xatarligini qisqartiradi va valyutalar almashuvi bilan bog`liq
bo`lgan xarajatlarni kamaytiradi. Birinchi bosqichda yevro 11 ta mamlakatda
muomalaga kiritiladi, so`ngra bularning soni ortib boradi.
Iqtisodchilar yeIga
qo`shilgan 11 mamlakatda pul almashtirishni sinovdan o`tkazib, boshlang`ichdagi
1000 dollar provardida 500 dollar bo`lib qaytganini ta’kidlaydilar. yevro kiritilishi
bilan bu xarajatlar minimumlashadi.
Bundan tashqari yevro shu mamlakatlarni qudratli bozorga birlashtiradi va o`z
iqtisodiy salohiyati bo`yicha AQSH bilan har tomonlama raqobatbardoshga
aylantiradi. Raqobatbardoshlikda kompaniyalar, fuqarolar imkoniyatini ko`taradi.
yevropada yirik xajmda qo`shilish, birlashish jarayoni davom etmoqda. Bular yevro
vositasi bilan juda arzonga tushadi, chunki bu jarayonlarni
moliyalashtirish
soddalashtirilib yengillashtiriladi. Endi G`arbiy yevropaliklar uchun boshqa
mamlakatlarga borsa valyuta konversiyalash va u yerlarda tovar sotib olishning
zaruriyati bo`lmaydi.
Bundagi eng qiziq tomoni yevroning dollarga nisbatan yuzaga keladigan kurs
darajasi qanday holatda bo`lishidir. Boshida yevro dollarning hokimiyatiga qanday
ta’sir ko`rsatadi, kuchli valyuta aylana oladimi deb o`ylangan. Lekin 1999 – yilning
yarmida aksincha uning dollar paritetigacha pasayishi yuz beradi. Bu yevro avvalo
o`z ishonchini to`la oqlay olmagan bo`lsa, shu bilan
birga yevroning pasayishi
yevropa uchun foydali bo`ladi. yevroning silliq pasayishi AQSHga eksportni
taqdirlaydi va yevropa eksporti foydasiga xizmat qiladi.
Evro integratsiya rivoji va yagona bozorning yuzaga kelishi bilan birga
yevropada ilgari hech bo`lmagan darajada davlat tartiblashtiruvining keskin
qisqarishi va iqtisodiyotning tuzumiy o`zgarishiga olib keladi. Bu albatta
yevropaning AQSH kabi iqtisodiy salohiyat darajasiga yetkazishi bilan uning
kapitalizm rivoji modeliga o`xshatadi. Bir qutbli global tizim ham o`zgarib, ikki
qutblilikka aylanishi mumkin.
VTE yevroning kiritilishi bilan birga bank tizimida ham katta o`zgarishlarga
olib keladi. yevropada baholar muntazamligini ta’minlash,
umumiy kredit-pul
326
siyosatini qo`llash maqsadida yevropa Markaziy banki va milliy markaziy
banklarning mustaqilligi to`g`risida kelishiladi. Shu bilan G`arbiy yevropada valyuta-
pul tizimi reallashadi. Yaponiyaning bir qancha iqtisodiy susayishi bilan yeI va
AQSH, demak dollar va yevro o`rtasidagi munosabatlar kelajagi aktuallashadi.
Hozirgi vaqtga kelib yevro dollarga nisbatan qudratliroq bo`lmoqda va o`z
kursini ko`tarib, obro`si va ta’sirini kuchaytirmoqda. yevro ham bir qancha
muammolarga ega. Chukni uning qadrini saqlab qolish oson emas, u o`ziga xos
xususiyatlarga ega. yevro mamlakatlararo valyuta bo`lgani uchun markaziy byudjetga
ega emas va yeIda turli soliq tizimlari mavjud, byudjet xarajatlari turli xilda. Ish
kuchi safarbarligi mamlakatlar o`rtasida
faol darajada emas, nafaqalar tizimi ham
turlicha va hk. Lekin aytish mumkinki, bu va bunga o`xshash muammo va masalalar
o`z yechimini topishi kerak va albatta o`z hosilini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: