13.4. Integratsiyalashuv jarayoni bosqichlari
EIning eng boshlang`ich davrida yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi yotadi
(EKPB). yevropa birlashmasiga asos solgan, buning dastur va rejalarini tuzgan, uning
asosiy tamoyillarini belgilashda faollik qilib, umuman bularni birlamchi shakllarini
320
amalga oshirishda katta ishlarni bajargan fransuz Shuman va Monnelardir. Katta
iqtisodiy-siyosiy bilim va tajribaga ega bo`lgan Monne va bu ishlarda
tashabbuskorlik hamda boshliq bo`lgan Shumanlar axvol va vazifalarni yaxshi bilan
xolda ish tutishgan.
Ular yuz bergan xolat va yevropaning ikkiga bo`linib qolganligi sababli
“Sovuq urush” bo`lib, bunda Germaniya alohida rol o`ynashini chuqur tushungan
tarzda to`g`ri yo`l tutganlar. Bunda G`arbiy Germaniya siyosati amerikacha siyosat
manfaatidan kelib chiqib, G`arbiy yevropa ham shunday xolatda bo`lib, AQSHga
bo`ysunar edi.
Albatta asosiy muammo Germaniyaga borib taqalsa, ikkinchi tomondan
mamlakatlar mustaqilligiga zarar yetkazmaslik zarur edi. Chunki ular endi zulmdan
qutilib, o`z milliy davlatligini qo`lga kiritgan bo`lib, siyosiy mustaqillik, suverenlikni
chegaralovchi har qanday harakat milliy g`ururga ta’sir etishi turgan gap edi.
Bungacha ham yevropa mamlakatlarini birlashtirishga urunishlar bo`lgan, aytaylik,
1948 yili Buyuk Britaniya boshliq yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tuzilgan edi.
Lekin u faqat tavsiya darajasidagi faoliyat bilan chegaralangan. 1949 yilda esa
yevropa Kengashi tuzilgandek bo`lib, u ham maslahat vazifasi bilan shug`allangan,
xolos.
Fransiya va Germaniya birlashmasida siyosiy integratsiyani uzoq kelajakka
mo`ljallgan xolda iqtisodiy integratsiyaga e’tibor qaratish, eng yirik va aniq iqtisodiy
muammolarni belgilagan xolda harakat qilish va bularni bajarishda millatdan yuqori
mexanizmlarni ishlatish, yagona bojxona tartiblarini ishlab chiqish, bu muammolarni
umumdavlatlar negizida xal qilish iqtisodiy soha bilan birga yevropa xalqlari uchun
siyosiy-ruhiy ahamiyat kasb etishi kabilar muhim bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu sohada
memorandum va aniq takliflarga oid xujjatlar tuzilib, Fransiya hukumati
muhokamasiga kiritiladi. Bundan oldin Monne Germaniya kan
ц
leri Adenauer bilan
uchrashib, uning roziligini oladi. Kan
ц
ler bu xajjatni qo`llamasdan iloji ham yo`q edi.
Chunki g`olib mamlakat eng teng munosabatlar uchun, teng iqtisodiy hamkorlikka
qo`l cho`zgan edi.
321
1951 – yilda yevropa ko`mir va po`lat birlashmasini ta’sis etish to`g`risidagi
shartnmomaga olti davlat qo`l qo`yadi va u 1952 – yilda shu davlatlar tomonidan
radifikatsiya qilinadi. Shartnoma muxlati 50 yil bo`lib, Birlashma shtab kvarturasi
Lyuksemburgda joylashadi. Germaniya va Fransiya tomonidan tuzilgan bu
shartnomaga Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Italiya ham qo`shiladi.
Bu birlashma haqviqatdan ham davlatlarga bog`liq bo`lmay mustaqil ish
yuritish asoslari yaratilgan bo`lib, buni boshqaruvchi organlari faqat Parlament
assambleyasiga itoat etishi va moliyaviy asosi mamlakat hukumatlari ajratmasi emas,
balki iqtisodiy faoliyatga bog`liq bo`lgan soliq hisobidan tarkib topadi. Shu bilan
birga davlatlar tengligi tamoyili asos qilib olinadi.
Bu birlashmaning keyingi rivojlanish bosqichi atom energetikasini
birlashtirish bo`lib, bunda Belgiyaning tashabbusi kuchli bo`ladi. yevropa
birlashmasining faollashuviga Suvaysh kanali va Vengriya voqealari ham turtki
bo`ladi. 1957 – yilda Rimda bo`lib o`tgan olti mamlakat vakillari uchrashuvida
yevropa iqtisodiy birlashmasi to`g`risidagi shartnomaga qo`l qo`yiladi. yeKPB va
yevroatom bu iqtisodiy birlashmaning “birinchi qavati” xizmatini ado etadi. yevropa
Iqtisodiy birlashma (EIB)ning yuqori boshqaruv organi etib Birlashma komissiyasi
belgilanadi. Parlament assambleyasi yevropa parlamentiga aylantiriladi. Bu
birlashmaning shtab va kvartallari Bryussel va Lyuksemburgda joylashadi.
Rim shartnomasida birlashmaning faoliyati qishloq xo`jaligi, savdo
sohasidagi umumiy siyosat, bojxona qoidalarini tartiblashtirish, ijtimoiy masalalar,
ilmiy-texnik tadqiqot va ta’lim, atrof-muhit, “uchinchi dunyo”, mamlakatlar bilan
hamkorlik siyosatlari hisobiga kengayib boradi, deb qayd qilinadi. Shu bilan yevropa
iqtisodiy yaqinlashuv, kuchli integratsiyalashgan bozorni shakllantirish yo`liga o`tgan
edi. yeIB boshqa mamlakatlar uchun ochiq ekanligi aytiladi.
1972 – yilga kelib, yeIBga Daniya, Irlandiya va Buyuk Britaniya davlatlari
ham qo`shildi. Keyinroq, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya ham qo`shiladi. 1975 –
yilda Rim sessiyasida yevropa kengashi yevropa parlementiga to`g`ri saylovlar
o`tkazish to`g`risida qaror qabul qiladi. Bu parlament markazi etib Strasburg
belgilanadi. Shu yili kelishilgan xolda yeIBni rivojlantirish to`g`risidagi birlashma
322
a’zolari muhokamasiga takliflar kiritiladi. Bunda iqtisodiy va valyuta hamda
mintaqaviy siyosatlar, umumiy sanoat siyosati kabi sohalar bo`yicha takliflar
kiritiladi. Avvalo 1979 – yilda yevropa valyuta tizimini kiritish to`g`risida kelishuv
yuz beradi.
1984 – yilgi yevropa parlamenti yevropa Ittifoqi to`g`risida loyihani qabul
qiladi. 1991 – yildagi Maastrix sessiyasi yevropa Ittifoqini e’lon qiladi. Bu o`zgarish
ketma-ketlik asosida amalga oshib, 1999 – yilgacha davom etishi kerak edi. Birinchi
bosqichda kapital harakatini nazorat etishning bekor qilinishi ko`zda tutiladi. Ikkinchi
bosqich 1994-1997 yillarni o`z ichiga olib, bunda iqtisodiy ko`rsatkichlarni
yaqinlashtirish va nisbatan orqada bo`lgan Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va
Irlandiya mamlakatlari iqtisodiy darajasini ilg`orlar darajasiga ko`tarish ko`zda
tutiladi. Yangi yevropa valyuta instituti (EVI) tuziladi.
Uchinchi bosqichda Markazin yevropa banki ta’sis etiladi va yagona pul –
yevro qabul qilinadi hamda muomalaga kiritiladi.
EIda davlatlararo birlashtiruvchi mazmundagi yechimlar ustunlik qiladi.
Lekin davlatlardan ustun mexanizm mazmunidagi qattiq yechimlar ustunlik qiladi,
deb bo`lmaydi. Integratsiya rivoji va kengashida bunday davlatlardan yuqori
elementlar ko`paya borishiga qaramasdan baribir milliy davlatlik ustunlik qilib, buni
yevropa davlatlari konfederatsiyasi darajasida tushunish mumkin. Chunki siyosiy va
iqtisodiy masalalarning xal qilinishi milliy davlatlar qo`lidadir. Faqat tashqi savdo
bundan mustasno bo`lib, u to`lig`icha yeI komissiyasi ihtiyoridadir.
EI quyidagi organlar bilan boshqariladi:
1.EI kengashi
2.EI komissiyasi – bu ijro organ
3.Evropa parlamenti
4.Evropa sudi
5.Evropa ijtimoiy fondi
6.Evropa mintaqaviy rivojlanish fondi
7.Evropa investitsiya banki
323
EI kengayib, 1995 – yili Avstriya, Shvetsiya va Finlyandiya qo`shiladi.
Keyingi yillarda qo`shilish talabi o`zgarmoqda. Chunki Kipr (greklar) va
Sloveniyadan tashqari mamlakatlar o`tuvchi va sobiq sotsialistik yo`nalishdagilar
bo`lib, ularda bozor mexanizmlari endi harakatga kelib, har tomonlama G`arbiy
yevropa mamlakatlaridan farqlanadi. Shu bilan birga iqtisodiy taraqqiyot jixatidan
turli darajadadirlar.
EIga qo`shiladigan nomzodlar ikki darajada bo`lib, bularning o`rtasida ham
taraqqiy xolat turlichadir. Birinchi navbatdagi Sloveniya, Kipr, Chexiya, Vengriya,
Polsha, Estoniya bo`lsa, navbatdagi Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya, Litva,
Latviyalarga nisbatan taraqqiyot darajasi yuqoriroqdir. Shuning uchun ham ularning
to`la qo`shilish jarayoni va vaqti ancha uzoq bo`ladi.
EIning kengayishi iqtisodiy erkinlik xajmini yer yuzida oshirish bilan siyosiy
muammolarning yengillashuvi, hal qilinishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |