Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Investitsiya xususiyatlari



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

11.4. Investitsiya xususiyatlari 
 
Islohat davrida ochiqlik siyosati chet kapitalga ham taalluqli bo`lib, bu Xitoy 
iqtisodiy o`sishida katta o`rin egallaydi. 80 – yillardayoq chet investitsiyasining 
doimiyligi ta’minlangan bo`lsa, 90 – yillarga kelib, uning xajmini keskn o`sishi va 
investitsiya tuzumining o`zgarishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1979-1982 yillarda 
hammasi bo`lib chet kapitali 12,46 mlrd. dollar bo`lib, bundan faqat 1,17 mlrd. dollar 
to`g`ri investitsiya edi. 1993 – yilga kelib, umumiy investitsiya 38,96 mlrd. dollardan 


281
27,52 mlrd. dollari to`g`ri investitsiya, 1996 – yilda 55,27 mlrd. dollardan 42,35 mlrd. 
dolari to`g`ri investitsiya edi. Ko`rinib turibdiki, keyingi yillarda chet kreditlariga 
qaraganda to`g`ri investitsiya asosiyga aylangan.
XXRning chet qarzi 1988 – yildagi 42,4 mlrd. dollardan 1998 – yili 131,0 
mlrd. dollarga yetadi. Lekin qarzni uzish koeffi
ц
ienti 10%dan oshmaydi. Xalqaro 
amaliyotda xavf chegarasi 20-25%ni tashkil etadi. Qarz tuzumi ham ancha yaxshi 
bo`lib, umumiy xajmning 85%i o`rta va uzoq muddatli kreditlarga to`g`ri keladi. 
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya tashkilotlariga ustunlik 
beriladi. Buning ichiga chet mamlakatlar kreditlarini ham qo`shish mumkin. Bunday 
qarzlarning foizi ham past, muhlati ham katta. Bunday kreditlar asosan qishloq 
xo`jaligi, energetika, transport kabilarni moliyalashtirish uchun qaratiladi. Chet 
xususiy banklarining tijoriy kreditlari keyingi yillarda ancha qisqargan. Masalan, 
1987 – yildagi 2,58 mlrd. dollardan 1996 – yili 1,49 mlrd. dollarga pasaygan. Xalqaro 
moliya tashkilotlarida esa shu vaqt ichida 0,77 mlrd. dollardan 2,99 mlrd. dolarga 
ko`paygan.
Xitoy 90 – yillar o`rtasiga kelib, AQSHdan keyingi to`g`ri chet 
investitsiyasini oluvchi mamlakatga aylandi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar ichida 
juda katta xajmli investitsiya edi. Chet tadbirkorlarni Xitoyga tortadigan narsa 
mahalliy juda arzon ish kuchidan va tabiiy boyliklardan foydalanishdir. Bunda chet 
diasporaning ham o`rni katta. Bular boshqa mamlakatlarda kapitalga ega bo`lib, bu 
yirik va juda moslashgan savdo tarmoqlari hamda jahon bozorida kata tajribaga 
egadirlar. Chetdagi xitoylar va o`z vaqtida turli sabablarga ko`ra Xitoydan ajralib 
qolgan Gonkong, Makao, Tayvan kabilarga to`g`ri investitsiyaning 60 foizi to`g`ri 
keladi. 
Bunday investitsiyaviy hamkorlik salohiyati davlatnining oqilona siyosati 
natijasidir. Chunki bularga nisbatan rag`batlantirish usullarini qo`llash, ishonch xosil 
qila bilishlikning ahamiyati kattadir. Bunday imtiyozlar soliq, boj, valyuta 
siyosatlariga taalluqlidir. Bu avvalo islohatning birinchi yillarida juda sezilarli edi. 
Chunki, Xitoy ochiq siyosat boshlangan vaqtda ham ancha xavfli hisoblanib, xo`jalik 
tizimining o`zgarishi endi boshlangan vaqtlar edi. Bir tomondan chet 


282
investitsiyasining ko`paya borishi, ikkinchi tomondan bozor isloahtlarining 
chuqurlasha va kengaya borishi natijasida xo`jalik yuritish tartiblari chet va milliy 
investorlar uchun yaqinlashib boradi. 
Chet investitsiyasining erkinlashuvi sekinlik bilan tadbiq etilib, maxsus 
imtiyozlar avvalo ustivor sohalardan boshlandi. Bular mashinasozlik, elektronika
qishloq xo`jaligi kabi tarmoqlardan iborat edi. Aksincha, moliyaviy xizmatlar va 
chakana savdoda chet investitsiyasi faqat iqtisodiy ancha rivoj topgan dengiz bo`yi 
shaharlaridan birnechasigina ruhsat berildi. 
Amalda qabul qiluvchi mamlakat eksportning o`sishi, bandlik, texnologiyani 
qabul qilish kabi maqsadlarga qaratilgan investitsiyalar turli xil chet investorlari bilan 
hamkorlik qilish tarzida amalga oshiriladi. Investorlar arzon ishchi kuchidan 
foydalanish tufayli xarajatlar tejamligidan manfaatdor bo`lganda loyihalar eksportini 
ma’qul topadilar. Shuning uchun ham sanoatning past texnologik ko`p mehnat talab 
tarmoqlari eng ko`p valyuta daromadlari keltiradi. Bunda chett investorlarining ichki 
bozorlarni egallashi ko`zda tutiladi. 
Soliq tizimi ham bir chanqa imtiyozlarni o`z ichiga oladi. Barcha chet 
investorlari ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati 10 yildan ortiq bo`lsa, foydali 
faoliyatning birinchi 2 yili ichida yarmiga qisqartiriladi. Korxona eksporterlar soliq 
imtiyozi muxlati tugugandan keyin mahsulot xajmining 70 foizgachasi eksport qilish 
sharti bilan soliqning yarmini to`laydi. Chet investorlar ishtirokidagi korxonalar 
yuqori texnologik statusga egalari soliq imtiyozi tamom bo`lgandan ikeyin yana 3 yil 
ichida yarmini to`lash huquqini saqlab qoladi. 
Xitoy tajribasida chet investitsiyasining bir qancha xil shakli tadbiq etiladi. 
Pay asosidagi aralash korxonalar va to`la chet mulkiga asoslangan korxonalardan 
tashqari ham bir necha xillari qo`llaniladi. Aytaylik, Xitoy korxonalari bilan 
subpodryad kelishuvlar, kompensasiya savdosi, kontraktli birgalikdagi korxonalar 
kabilar shular jumlasidandir. Bunday usullar ancha soda va qulay bo`lib, 
texnologiyaga ega bo`lishga olib kelmasa ham yangi ish joylari va valyuta 
daromadlariga ega bo`lish imkonini tug`diradi.


283
Investitsiya tizimida birgalikdagi tadbirkorlik zonalarini tashkil etilishi katta 
o`rin egallaydi. Bundagi Xitoycha amaliyot turlichadir. Bu 80 – yillardan boshlangan 
bo`lib, asosan dengiz bo`yi xududlaridan iboratdir. Xitoyning Sharqiy-Janubiy 
qirg`og`idagi maxsus iqtisodiy zonalarda eksportga mzljallangan sanoat bilan birga 
qishloq xo`jaligi, moliyaviy sektor, turizm va boshqa sohalarning rivojlanishi ham 
amalga oshadi. 
Bunday zonalarga qo`shimcha ravishda Xaypan orolida ham shunday zona 
paydo bo`ladi. Keyingi yillarda yana 14 ochiq shaharlar belgilanib, bular ham 
Sharqiy qirg`oqlardir. Bularda mavjud industrial kompleksdagi iqtisodiy va texnik 
rivojlanish texnologik modernizatsiyalashga asoslangan. Bunday ochiq zonalar yana 
bir qancha Sharqiy xududlarda yuzaga keldi. Bular bir qancha qishloq hamda 
tumanlar bo`lib, asosan ko`p mehnat talab qiluvchi eksportga mo`ljallangan sanoat 
rivojlanadi.
90 – yillarda yuqori texnologiyali deb atalgan zonalar paydo bo`la boshladi. 
Bular ilmiy-ishlab chiqarish saroylari bo`lib, bularga umuman yangi texnologiya 
materiallar yaratish, mayda seriyali eksperimental ishlab chiqarishlar uyushtirish 
paydo bo`ladi. Hozirgi vaqtda XXRda 52 ta shunday zonalar tashkil etilgan. 1992 – 
yildan boshlab erkin savdo zonalari tashkil etilib, bular eksport-importga 
maxsuslashgandir. Hozir bularning soni 13 taga yetdi. Bularning 12 tasi Sharqiy 
qirg`oq dengiz portlariga joylashgan va bittasi Yanizi daryosi portida o`rnashgan. 
1992 – yildan boshlab shunday zonalar chegara rayonlarda ham paydo bo`lib, 
hozircha asosan Rossiyaga yaqin yerlarda joylashgan. 
Bu zonalar rivoji asosan chet investitsiyalarga hisoblangan va shular evaziga 
taraqqiy etib, Xitoy iqtisodiyotida borgan sari katta o`rin egallab bormoqda. Hozirgi 
kunda Xitoy investitsiyasi bo`yicha birinchi o`ringa chiqqan. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish